Ftororganik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ftororganik birikmalar - molekulasi tarkibidagi ftor atomi uglerod atomi bilan bevosita boglangan organik moddalar. Barcha organik birikmalar sinfining ftorli hosilalari maʼlum. Toʻyinmagan Ftororganik birikmalar (ftorolefinlar)ni polimerlash yoʻli bilan oksidlanmaydigan, yonmaydigan, issiqqa chidamli moylar, gidravlik suyuqliklar, plastmassalar (ftoroplastlar), ftorkauchuklar olinadi. Ftororganik birikmalar asosida koʻpgina yangi materiallar, mas, tibbiyot uchun sunʼiy idishlar, yurak klapanlari va boshqa tayyorlanadi. Baʼzi Ftororganik birikmalar qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga karshi kurashda, zaharsiz sovitkich (freonlar) va boshqa sifatida qoʻllanadi.