Kontent qismiga oʻtish

Fuente de Cibeles

Koordinatalari: 19°25′12″N 99°09′59″W / 19.42000°N 99.16639°W / 19.42000; -99.16639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fuente de Cibeles
en: Fountain of Cybele

Favvoraning 2009-yildagi ko'rinishi
Map
Rassom Ventura Rodríguez
Yil 1980-yil
Material Bronza
Mavzu Cybele
Oʻlchami 5.5 m × 4.7 m × 12.5 m (18 ft × 15 ft × 41 ft)
Vazni 12 tonna
Joylashuvi Mexico

Kibele favvorasi (ispancha: Fuente de Cibeles) — Madriddagi Plaza de Cibelesda joylashgan favvoraning Mexiko shahridagi bronza nusxasi, Charlz III davrida meʼmor Ventura Rodriguez tomonidan 1777-1792-yillarda qurilgan. Meksikacha versiyasi Oaxaka, Durango, Medellin va El-Oro koʻchalari Colonia Romada birlashadigan Plaza Villa de Madriddagi aylanaga joylashtirilgan.

Favvora 1980-yilda ispan va meksikalik jamoalar oʻrtasidagi birodarlik ramzi sifatida oʻrnatildi va 2011-yilda Mexiko hukumati tomonidan qayta qurish va texnik xizmat koʻrsatish dasturi doirasida qaytadan taʼmirlandi. Favvora joylashgan maydon bilan shaharning bir qator ramziy joylaridan biri hisoblanadi[1].

Madriddagi asl favvora

Favvora 1980-yil 5-sentyabrda Meksika prezidenti Jose Lopez Portillo, Madrid meri Enrique Tierno Galvan va Mexiko meri Carlos Hank Gonsales tomonidan ochilgan[2].

Favvora XIX asrda yashagan uchinchi Miraville grafinyasi oilasiga tegishli boʻlgan yerlarga kirish hududida joylashgan antiqa qatnov qismining kesishmasida yaratilgan Miravil maydoni boʻlgan hududda joylashgan[3].. Bugungi kunda bu joy Durango va Oaxaca koʻchalari kesihmasi hisoblanadi. Ushbu maydon ostida Colonia Roma favvorasi uchun ichimlik suvining asosiy manbai boʻlib xizmat qilgan quduq bor edi[3]. Ispaniya favvorasining bu nusxasi ispan muhojirlari tomonidan Meksikaga hadya qilingan.

2011-yilda Mexiko shahrining oʻsha paytdagi meri Marcelo Ebrard favvora taʼmirlanilishi kerak boʻlgan 67 ta yodgorlikdan biri ekanligini eʼlon qildi. Taʼmirlash „yoʻqolgan qismlarni qayta bunyod etish, bronza haykallarni yaxshilash, suv tizimini qayta tiklash, yashil maydonlardagi oʻtlarni qayta ekish va elektr energiyasini[4] 30 % ga tejaydigan yoritish uskunlarini oʻrnatishni“ oʻz ichiga oladi. Favvoraning qayta ochilishi 2011-yil 21-yanvarda xuddi shu mer, Ispaniyaning Meksikadagi elchisi Manuel Alabart va Federal okrug hukumatining ish va xizmatlar kotibi Fernando Aboitiz tomonidan amalga oshiriladi[4].

Haykalllar guruhining umumiy uzunligi taxminan 12,5 metr, kengligi 4,7 metr va balandligi 5,5 metr, ogʻirligi 12 tonnani tashkil qiladi[2]. U Metro Insurgentes -dan ikki blok uzoqlikda va Durango Metrobus stantsiyasidan ham ikki blok uzoqlikda, toʻrtta koʻchaning kesishmasi orasida joylashgan, bular: Oaxaca, Durango, Medellin va El-Oro koʻchalaridir.

Favvora Plaza Cibelesni tashkil etuvchi doʻkonlar va restoranlar bilan oʻralgan aylanma yoʻlning markazida joylashgan. Haftada bir marta „el tianguis de la Cibeles“ yoki „el bazar de Oro“ deb nomlanuvchi bozor tashkil etiladi[5].

Ispaniya hamjamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Favvora Meksikadagi ispan aholisi jamoasi tomonidan shaharga sovgʻa qilingan va „ikkala metropoliya, Mexiko va Madrid“ oʻrtasida birodarlik ramzi sifatida qurilgan[2].

Ispaniyaning Meksikadagi elchisi Manuel Alabart Federal okrug hukumati rahbari Marselo Ebrardga 2011-yilda Madrid va Mexiko shaharlarini yaqinlashtiruvchi „timsol makon“ deb atagan rekonstruksiya ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Federal okrugda yashovchi 40 mingga yaqin ispanlarga shahar mehmondoʻstlik ila muomala qiladi[4]. Ebrard, shuningdek, „Ispaniya va Meksika oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlaydigan“ taʼmirlashning ramziy ishining ahamiyatini alohida taʼkidlab oʻtdi[6].

Hatto Plaza Cibelesni joylashgan tuman ham Madrilen uslubi va taʼsiri bilan mashhurdir[7]. Ispaniya futbol jamoasining g‘alabalarini nishonlash uchun favvoraga muxlislar tashrif buyurishi doimiy anʼanaga aylanib ulgurgan[8][9].

Favvora toj kiygan, tayoq va kalitni koʻtarib turgan Rim maʼbudasi Cybelening ikki sher[3] tomonidan tortilgan aravada minib yurgan haykali, uning Yer va fasllar ustidan qudratining timsolini ifodalaydi. Hippomenes va uning rafiqasi Atalanta hamda maʼbuda Diananing ovchilaridan biri Zevs tomonidan sherga aylantirilgan.

  1. „Entrega GDF obras de restauración de fuente La Cibeles“ (es). Excelsior (2011-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Fuente de la Cibeles“ (es). SECTURDF. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Pineda-Blancarte. „La Colonia Roma“ (es). Recorri2 (2007-yil 22-sentyabr). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 Balboa, Berenice. „Remodelan fuente de La Cibeles en la Roma“ (es). El Universal (2011-yil 21-yanvar). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  5. „Las Cibeles“ (es). Nunet. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  6. Cabrero, Cristian. „Rehabilitada fuente de La Cibeles de México, símbolo de unión con España“ (es). Crónicas de la Emigración (2011-yil 24-yanvar). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  7. González, Alberto. „Símbolo de hermandad entre México y Madrid“ (es). El Sol de México (2012-yil 8-noyabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  8. „Arman festín en Cibeles mexicana“ (es). Terra Deportes (2012-yil 1-iyul). Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.
  9. Collazo, Jonathan. „Españoles celebran bicampeonato en México“ (es). MedioTiempo (2012-yil 1-iyul). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-noyabr.