Kontent qismiga oʻtish

Fuke Jan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

FUKE (Fouquet) Jan (taxminan 1420 Tur — 1481.8.11) — fransuz rassomi, Fransiyada Ilk Uygʻonish davri sanʼati asoschilaridan. 1440—45 yillar Parijda yashagan. 1445—47 yillar orasida Rimda boʻlgan (A. Filaretedan emal texnikasini, L.Alberti asarlarini oʻrgangan), Mazachcho va F. Anjelikolardan ilhomlangan. 1475-yildan qirol saroyida rassom. F.ning diniy va tarixiy mavzudagi kitob miniatyuralarida voqealar real tasvirlangan, asarlari mayin koloriti, mahorat bilan qoʻllangan perspektivasi bilan ajralib turadi ("Katta fransuz xronikalari", J. Bokkachchoning "Taniqli erkak va ayollar hayoti", fransuz tilida, 1458). F. yaratgan portretlar oʻta hayotiyligi bilan ajralib turadi (Karl VII; kansler G.Jyuvanel dez Yursen va boshqalar). Shuningdek, F. nafis koloriti va rasmi bilan ajralib turuvchi diniy kompozitsiyalar ("Madonna goʻdak bn" diptixining chap boʻlagi, taxminan 1451, Nafis sanʼatlar qirollik muzeyida, Antverpen va boshqalar) muallifi hamdir.