Kontent qismiga oʻtish

Fukuoka hayvonot bogʻi va Botanika bogʻi

Koordinatalari: 33°34′20″N 130°23′26″E / 33.572261°N 130.390424°E / 33.572261; 130.390424
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fukuoka hayvonot bogʻi va botanika bogʻi
Asos solingan

1933-yil[1]

1953-yil (hozirgi joylashuvi)[2]
Joylashuvi Fukuoka, Fukuoka, Yaponiya
Koordinatalar 33°34′20″N 130°23′26″E / 33.572261°N 130.390424°E / 33.572261; 130.390424
Veb-sayti zoo.city.fukuoka.jp
Fukuoka hayvonot bogʻi va Botanika bogʻi


Fukuoka hayvonot bogʻida yasovchi Tsushima mushuki

Fukuoka hayvonot bog'i va botanika bog'i (yaponcha: 福岡市動植物園 Fukuoka-shi Dōshokubutsuen?) , shuningdek, Fukuoka shahar hayvonot bogʻi sifatida ham tanilgan, hayvonot bogʻi va botanika bogʻidan iborat boʻlib, 1953-yilda tashkil etilgan va Minami- koen (janubiy park) hududida (1-1, Minami-Koen, Chuo-ku, Fukuoka, Fukuoka, Yaponiya) joylashgan.

Bogʻda 1300 ga yaqin ochiq bogʻ oʻsimliklari mavjud boʻlib, ular Yaponiya hududidagina keng tarqalgan. Botanika bogʻning issiqxonasida 1200 dan ortiq oʻsimlik turlari, jumladan, orxideya, paporotnik va kaktuslar mavjud.

Fukuoka hayvonot bogʻidagi Malaya quyosh ayigʻi

Bogʻlar dastlab shaharning Sharqiy bogʻi hududi yaqinida 1933-yilda imperator Hirohitoning toj kiyish marosimi doirasida tashkil etilgan. Bu kichik 5,096 tsubo (1.685 ga) hayvonot bogʻi va botanika bogʻida 500 ga yaqin hayvon va 100 ga yaqin oʻsimlik turlari uchraydi. Hayvonot bogʻi 1944-yil 20-mayda Ikkinchi jahon urushi davrida Yaponiyadagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi sababli yopilgan. Keyinchalik yirik hayvonlar boshqa hududga koʻchiridi. Eski hayvonot bog‘i darvozasi ustunlari hali ham shahardagi boshlang‘ich maktablardan birining yonida saqlanib qolgan.

1949-yilda shahar janubiy bogʻi hududida yangi hayvonot bogʻini tashkil etilishi xususidagi hujjat tasdiqladi. Fukuoka shahar zoologiya jamiyati 1952-yilda tashkil etilgan va yangi hayvonot bogʻi uchun 28 million ¥ miqdorida mablagʻ yigʻilgan.

Hayvonot bogʻi hozirgi hududida 1953-yil 22-avgustda qayta ochildi, unda 69 turdan iborat 143 ta hayvon mavjud. Bogʻ miniatyura poyezdi va aylanish gʻildiragi boʻlgan oʻyin maydonini ham oʻz ichiga olgan.

1954-yilda hayvonot bogʻi shimolga 6,500 tsubo (21,000 m2) maydon miqdorida uzaydi. Endilikda hayvonlar kolleksiyasi 110 turga mansub 353 ta hayvonni oʻz ichiga qamrab olgan edi. 1955-yilda hayvonot bogʻi Fukuoka Iqtisodiyot va turizm vazirligining yurisdiktsiyasiga oʻtkazildi. 1956-yilda hayvonot bogʻiga qoʻshimcha 6 gektar (15 akr) maydon qoʻshildi va hayvonlar kolleksiyasi 120 turdagi 400 ta jonivorga ega boʻldi

2003-yilga kelib (hozirgi joyida ochilganining 50 yilligi nishonlangan vaqtda) hayvonot bogʻiga 40 milliondan ortiq inson tashrif buyurgan va bogʻda bu vaqtda 168 turdagi 706 ta hayvon, shu jumladan sutemizuvchilarning 57 turi, qushlarning 88 turi va sudralib yuruvchilarning 23 turi boʻlgan[3][4].

  1. „Pre-history of the zoo“. zoo.city.fukuoka.lg.jp. Fukuoka Municipal Zoo and Botanical Garden. 2011-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  2. „History of the Fukuoka Municipal Zoo (Phase 5 Part 2)“. zoo.city.fukuoka.lg.jp. Fukuoka Municipal Zoo and Botanical Garden. 2011-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  3. „Fukuoka Municipal Zoo & Botanical Garden“. fukuoka-now.com. Fukuoka Now Magazine. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 21-sentyabr.
  4. „Fukuoka Zoo in Japan“. elephant.se. Koehl D, Elephant Encyclopedia. Qaraldi: 2011-yil 22-sentyabr.