Fyodor Rusanov
Fyodor Nikolayevich Rusanov (1895.25.5, Chelyabinsk uyezdi — 1979, Toshkent) — botanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), biologiya fanlari doktori (1944), professor (1955). Omsk qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1927). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi botanika bogʻi asoschisi va direktori (1943—76), 1976-yildan ilmiy konsultant. Ilmiy ishlari Ustyurt, Mangʻishloq, Muyunqum, Kizilkum, ChuIli vodiylarining florasi, oʻsimliklar qoplami va xom ashyosini oʻrganishga bagʻishlangan. Rusanov maʼlum iqlim sharoitida oʻsadigan oʻsimliklarni iklimi boshqacha joyda oʻstirish (introduksiya) va iklimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. "Turkum kompleksi" va "Umumflora introduksiyasi" usuli shular jumlasidandir. Rusanov chatishtirish yoʻli bilan gibiskus, gokk, piramidasimon dub singari manzarali oʻsimlik navlarini yaratgan. Rusanov rahbarligida 14 jiddli "Oʻzbekiston dendrologiyasi", "Oʻzbekiston introduksiyasi" nomli 27 toʻplam chop etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gruntovoye svetovodstvo v Uzbekistane, T., 1948; Ozeleneniye v arxitekture gorodov Uzbekistana, T., 1951; Gibridnie gibiskusi, T., 1965; Teoriya i opit pereseleniya rasteniy v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |