Kontent qismiga oʻtish

Fyodor Semenovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fyodor Semenovskiy
Tavalludi 1901-yil
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 24-oktyabr 1941-yil
Smolensk viloyati, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 19201941
Unvoni korpus komissari
Qoʻmondonlik qilgan 20-armiya (SSSR)

Fyodor Alekseyevich Semenovskiy (1901-yil, Toshkent1941-yil, Smolensk viloyati) – Sovet harbiy qoʻmondoni, korpus komissari (1939), fuqarolar va Ulugʻ Vatan urushlari qatnashchisi. 1941-yilda nemislar tomonidan asirga olingan va komissar sifatida otib tashlangan[1].

Fyodor Semenovskiy 1901-yilda Toshkentda xizmatchi oilasida tavallud topgan. Maktabda 4-sinfni tugatgach, shahar chaqiruv komissiyasida xizmatchi boʻlib ishlagan. 1920-yil iyun oyida ixtiyoriy ravishda Qizil Armiya safiga qoʻshildi. Fyodor 1925-yilgacha Turkiston frontida bosmachilar bilan boʻlgan jangda batalyon siyosiy instruktori boʻlib qatnashgan va ikki marta yaralangan[1].

Urush tugagandan soʻng, Fyodor Alekseyevich harbiy komissarlikda instruktor boʻlib ishlagan. 19301936 yillarda miltiq korpusining siyosiy boʻlimi kotibi, 19361938-yillarda Uzoq Sharqdagi 20-oʻqchi diviziyasining harbiy komissari boʻlib faoliyat yuritgan. Semenovskiy 1938-yilda Uzoq Sharq Qizil Bayroq armiyasi shtab-kvartirasining komissari, keyin esa ushbu armiyaning harbiy kengashi aʼzosi boʻlib xizmat qilgan. Fyodor 1938-yil 7-oktyabrda SSSR Mudofaa xalq komissari huzuridagi Harbiy kengash aʼzosi etib tayinlandi. 1939-yil mart oyida Orlov harbiy okrugi harbiy kengashi aʼzosi etib tayinlandi.

Fyodor Semenovskiy Ulugʻ Vatan urushi boshida 20-chi armiya harbiy kengashining aʼzosi etib tayinlandi. Belorussiya SSRdagi janglarda va Smolensk jangida qatnashdi. 1941-yil 20-iyulda armiya Smolensk yaqinida qurshab olindi. Semenovskiy qamaldan qochishga urinib, 1941-yil 24-oktyabrda qoʻlga olindi. Asirga olingan kuni uni otib oʻldirishdi[1]. U Klyuchiki qishlogʻi yaqiniga dafn qilindi. 1966-yil iyul oyida Semenovskiyning suyak qoldiqlari Vyazmaga general-leytenant Yefremov qabri yoniga qayta dafn qilindi[2].

Fyodor 1938-yil va 1941-yilda ikki marra Qizil Bayroq ordeni sohibi boʻlgan[3]. Bundan tashqari Qizil Armiyaning XX yillik medali va „Xasan janglari ishtirokchisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

1938-yil Brigada va Diviziya komissari boʻlgan. 1939-yilda Korpus komissari boʻlib xizmat qilgan[4].

  1. 1,0 1,1 1,2 Фёдор Свердлов.. Советские генералы в плену — 61—63-bet. 
  2. „ЗАТЕРЯННЫЕ РОДНИКИ. В среднем течении реки Угра“. 2009-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-may.
  3. „Справка РГВА № И-2291 от 29.12.2009 г.“. 2015-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-avgust.
  4. „Список присвоения высших офицерских званий в РККА (1935—1939)“. 2013-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-avgust.