Kontent qismiga oʻtish

Fyurno

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fyurno — Base boʻgʻozining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Tasmaniya boʻgʻozidan shim.da, Avstraliya tarkibida. Maydoni 2,7 ming km². Eng baland joyi 777 m. Iklimi subtropik okean iklimi. Yon bagirlarida evkalipt oʻrmonlari, tekisliklarda oʻt oʻsimliklari va siyrak butazorlar bor. Qoʻychilik rivojlangan. Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1773-yilda Kuk ekspeditsiyasi tarkibidagi T. Fyurno boshchiligidagi kemalardan biri yetib borgan.