Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Afrika

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G'arbiy Afrikadan yoʻnaltirildi)
Gʻarbiy Afrika davlatlari

Gʻarbiy Afrika — Afrika qitʼasining gʻarbiy qismi, markaziy Sahroi Kabirning janubida va Atlantika okeanıning janubiy-gʻarb qirgʻoqlarida joylashgan.Hududi tropik cho'llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to'g'ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati-Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi. Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yerda qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashuv belgilaydi. Plantatsiya xo'jaligining rivojlanishi bo'yicha katta tajribaga ixtisoslashgan. Qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong'oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo'naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog'i hisoblanadi.Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G'arbiy Afrikaning iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo'la oladi. G'arbiy Afrika tarixi va Gao kabi kuchli mintaqaviy imperiyalarga boy bo'lib, ular ham qirg'oq bo'ylab, ham ichki savdo tarmoqlarida hukmronlik qilgan. Bu imperiyalar arablar hukmron boʻlgan Shimoliy Afrika va materikning oltin, temir va fil suyagi kabi maxsus tovarlarga boy boʻlgan janubiy qismlari o'rtasidagi savdo yo'llari chorrahasida joylashgan edi.Mustaqillikka erishgandan so'ng, Kot-d'Ivuar, Gana, Nigeriya va Senegal kabi davlatlar mintaqaviy va global iqtisodiyotning muhim o'yinchilariga aylandi. Qiyinchiliklarga qaramay, bu davlatlar turli sohalarda, jumladan texnologiya, ta'lim va infratuzilmada muvaffaqiyatlarga erishdi. G'arbiy Afrika subregioni 16 ta mamlakatni o'z ichiga oladi.

Gʻarbiy Afrika davlatlari:

2021 yil holatiga ko'ra 419 million aholiga ega boʻlgan G'arbiy Afrika Afrika qit'asidagi demografik va iqtisodiy jihatdan eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biridir¹. Urbanizatsiya muhim tendentsiya bo'lib, Nigeriyadagi Lagos kabi shaharlar Afrikadagi eng yirik shahar bo'lib, aholi soni va rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi hisoblanadi. G'arbiy Afrika o'zining madaniy boyligi bilan ham mashhur. Bu mintaqaning musiqasi, raqsi, san'ati va oshxonasi jahon madaniy mozaikasiga hissa qo'shib, xalqaro e'tirofga sazovor bo'ldi. Nigeriyadagi Osun-Osogbo va Ganadagi Panafest kabi festivallar G'arbiy Afrikaning merosi va an'analarini nishonlaydi.

(1) West Africa - Wikipedia. https://en.wikipedia.org/wiki/West_Africa. (2) West African Countries - WorldAtlas. https://www.worldatlas.com/geography/west-african-countries.html. (3) FAO Subregional Office for West Africa | FAO Regional Office for Africa .... https://www.fao.org/africa/west-africa/en/ (Wayback Machine saytida 2024-05-03 sanasida arxivlangan). (4) Geografiya.10-sinf: O'rta ta'lim muassasalarining 10-sinfi va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining o'quvchilari uchun darslik (5) SH.M. Sharipov, V.N. Federko, N.I.Safarova, V.A.Rafiqov-Birinchi nashri. -T.:<<O'zbekiston milliy ensiklopediyasi>> Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.-160 b.