Syerra-Leone
Siyerra Leon Respublikasi Republic of Sierra Leone
| |
---|---|
Shior: Unity, Freedom, Justice (Inglizcha: Ittifoq, ozodlik, adolat) | |
Madhiya: High We Exalt Thee, Realm of the Free | |
Poytaxt | Fritaun |
Rasmiy til(lar) | Inglizcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Ahmad Tejan Kabbah | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
27-aprel 1961 |
Maydon | |
• Butun |
71,740 km2 (119-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.1 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
6,017,643 (103-oʻrin) |
• Zichlik | 83/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$5,022 mil. (156-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$835 |
Pul birligi | Leone (SLL) |
Vaqt mintaqasi | UTC+0 |
• Yoz (DST) |
UTC+0 |
Qisqartma | SL |
Telefon prefiksi | 232 |
Internet domeni | .sl |
|
Serra-Leone (Sierra Leone), Serra-Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (province)ra va Gʻarbiy viloyatga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996-yildan Axmad Tejan Kabba). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Okean sohillarining aksari qismi past, yassi, qumli. Hududning koʻp qismini LeonLiberiya qirlari (eng baland joyi — 1948 m) egallaydi, bu qirlarda temir, titan rudalari, olmos, mamlakat gʻarbida boksit konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. May oyidan sentabrgacha yogʻingarchilik, oktabrdan maygacha quruq mavsum. Eng salqin oy — avgustda oʻrtacha temperatura sohilda 24°, eng issiq oy — aprelda 27°, mamlakat ichki qududida 21—24°. Yillik yogʻin togʻlarda 4000 mm dan ortiq, mamlakat ichki hududida 2000–2500 mm. Daryolari sersuv, serostona. Asosiy daryolari: Kaba, Rokel, Jong, Seva, Moa. Tuprogʻi qizilsariq ferralit, sohilda botqoqli va allyuvial, mangrozorlarda shoʻr tuproq. Mamlakat hududining yarmiga yaqini, shimolida asosan savanna, janubida butazorlardan iborat. Hududining 5% ga yaqinini egallagan tizmalari va tepaliklarning nam sharqiy yonbagʻirlari doim yashil va aralash oʻrmonlar bilan band. Hayvonot dunyosi shafqatsiz qirib yuborilgan boʻlsada, ayrim joylarda maymun (shimpanze, babuin, makaki va boshqalar), kiyik, zebra, sirtlon, qoplon, oʻrmon ichkarisida fil, begemot, buyvollarning mitta turlari, darelarda timsoxlar saqlanib qolgan. Qush va hasharot, sohil yaqinidagi suvlarda baliq koʻp. LomaMauntins, MamuntaMayoza oʻrmon qoʻriqxonalari tashkil qilingan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi 2 asosiy etnik guruh: gʻarbiy atlantika va mande til oilalariga boʻlingan xalqdardan iborat. Rasmiy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar axoliyey 37%. Yirik shaharlari: Fritaun, Kenema, Makeni, Kondu, Bo.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syerra-Leone hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. 2 ming yil avval temirdan mehnat qurollari yasalganligi maʼlum. 7—8-asrlarda bu yerda limba yoki bulom elatlarini shim. dan kelgan mande, koranko va boshqa xalqlar sohilga surib yuborgan. 15-asr oʻrtalarida qaror topgan qabilaurugʻchilik anʼanalari 20-asr boshlarigacha davom etgan.
Yevropaliklardan birinchi boʻlib bu hududga 1462-yil portugaliyaliklar yetib kelib, unga SyerraLeone (Sherlar togʻi) nomini berdi. 16-asrda ingliz qul savdogarlari kelib, 1662-yil dastlabki qalʼani qurdilar. 18-asrda qul savdosi rasman taqiqlangach, inglizlar tomonidan ozod qilingan bir necha yuz qul "erkinlar shahri" — Fritaun manzilgohiga asos soldilar. 1808-yil Fritaun va uning atrofidagi yerlar, keyinchalik butun mamlakat Angliya mustamlakasiga aylandi. 1898-yil mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtardi. Angliya hukumati yuborgan armiya qoʻzgʻolonchilardan 2 ming kishini qirib, 100 ga yaqin qishloqni yoʻq qilib yubordi, 98 qabila boshligʻini otib tashladi. Birinchi jahon urushidan soʻng mahalliy ishchilar kasaba uyushmalarini tuza boshladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi kuchaydi. Siyosiy partiyalar tuzildi. 1955-yil davomida boʻlib oʻtgan gʻalayonlar natijasida Angliya hukumati biroz yon bosishga majbur boʻldi. 1961Y 27. aprelda Syerra-Leone Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqillikka erishdi. Syerra-Leone hukumati barcha mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, irqiy kamsitishga qarshi kurash, Afrika qitʼasidagi mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori ekanini bild’irdi. Syerra-Leone — 1961-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27-aprel — Mustaqillik kuni (1961). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 21-dekabrda tan olgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumxalq kongressi, 1960-yil tuzilgan; Xalqdemokratik partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Birlashgan inqilobiy front, 1991-yil qoʻzgʻolonchi guruh sifatida tuzilgan, 1999-yil partiyaga aylantirilgan; Milliy birlik partiyasi, 1995-yil asos solingan; Tinchlik va birlik partiyasi, 2002-yil tashkil etilgan. Syerra-Leone Mehnat kongressi, 1966-yil asos solingan.
Xujaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syerra-Leone — konchilik sanoati bir muncha rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 52%, sanoatning ulushi 16%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 32%.
Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat yer fondi 7,2 mln. gektar, shundan 4 mln. gektari dehqonchilik uchun yarokli, ammo 0,8 mln. gektar yerdan foydalaniladi, 2,2 mln. gektar yer yaylov. Sohil yaqinidagi mangrozor botqoqliklar oʻzlashtirilib, sholi ekila boshladi. Eksport uchun palma yongʻogʻi, kofe, kakao, yer yongʻoq, zanjabil, sitrus mevalar, ichki ehtiyoj uchun sholi, maniok, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, batat, shakar qamish, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan, qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash va parrandachilik rivojlangan.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Konlarda olmos, temir rudasi, boksit, rutil, oltin qazib olinadi. Ishlab chiqarish. sanoati mustaqillik yillarida tashkil etildi. Neft va qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan, qurilish materiallari, poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar, tamaki fabrikasi va pivo zavodi, kimyo, metallsozlik sanoati korxonalari, avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 237 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 84 km, avtomobil yoʻllari — 11,7 ming km. Asosiy dengiz porti — Fritaun, xapqaro aeroporti — Lungi. SL. chetga olmos, boksit, kakao, kofe doni, palma yongʻogʻi magʻzi chiqaradi; chetdan mashina va uskuna, kimyo va oziqovqat mahsulotlari keltiradi. AQSH, Nigeriya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — leone.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Mustaqillik eʼlon qilinganidan keyin 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi. Davlatga qarashli maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 7 yillik. Fritaun va uning atrofida darslar ingliz tilida, viloyatlarda koʻp tarqalgan mahalliy tillardan birida olib boriladi. Boshlangʻich maktabni tugatgan bolalar oʻrta maktabda yoki hunartexnika oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Oʻrta maktablar 7 yillik umumiy taʼlim maktablari va 3—4 yillik zamonaviy oʻrta maktablardan iborat. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va zamonaviy oʻrta maktab negizida olib boriladi; ularda oʻqish muddati 1—3-yil Fritaun va Kenemadagi texnika intlari maxsus oʻrta maʼlumot beradi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogika bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari pedagogika kollejlarida tayyorlanadi. Fritaundagi Syerra-Leone universiteta (1967)ni tugatgan mutaxassislar toʻliq oʻrta maktab va pedagogika kollejlarida dars berishi mumkin. Mazkur universitet mamlakatdagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari Dengiz biologiyasi va okeanshunoslik instituti (1966), FuraBey kolleji huzurida Afrikani oʻrganish instituti, Sanʼat, adabiyot va tarixni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi Syerra-Leone jamiyati (1918), geol. xizmati (1918) bor. FuraBey kolleji kutubxonasi (1827), J. Tomas kutubxonasi, turli viloyat va shaharlarda kutubxonalar, Fritaunda Milliy muzey mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy gazetalari: "Deyli meyl" ("Kundalik pochta", gʻukumatga qarashli ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1931-yildan), "Vi yun" ("Suhbatdosh", ingliz tilida xdftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1963-yildan), "Kronikl" ("Xronika", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983-yildan), "Progress" ("Taraqqiyot", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz.), "For pipl" ("Xalq uchun", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983-yildan). Syerra-Leone axborot agentligi (SLENA) milliy axborot agentligi, 1980-yil tashkil etilgan. Syerra-Leone radioeshittirish xizmati, qukumat mahkamasi, 1934-yil tuzilgan. Syerra-Leone radioeshittirish xizmati qaramogʻida 1963-yil telekoʻrsatuvga asos solingan.
Abadiyoti ingliz tilida 20-asr oʻrtalarida yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodiyoti unga samarali taʼsir oʻtkazgan. Mashxur adiblari — R. S. Ismon, A. Nikol, U. Konton. R. Koulning oʻz xayotidan yozgan "Kossoulik bolakay" qissasi dastlabki nasriy asarlardan b>’ldi. 50—60y.larda novella, roman, dramalar, yangicha sheʼriy uslublar paydo boʻldi. M. Sinaning "Shinavanda serjant" hajviy xikoyasi, N. Faylning davlat madhiyasi matni, "Boshpanasiz yigit" xikoyasi, F. Garti va boshqalarning hikoya, roman va sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. Kontonning "Afrikalik yigit" romanida ijtimoiy va axloqiy muammolar, irqiy oʻzaro munosabat masalasi koʻtarib chiqilgan. Ismonning "Mehribon ota" pyesasi milliy masalaga bagʻishlangan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syerra-Leone qishloklari odatda tepaliklarga qurilgan. Aksariyat turar joylarning devori loydan yoki toʻqima novdalardan tiklanib, rang-barang rasmlar solinadi, konussimon tomi poxol bilan yopiladi. Tarhi toʻgʻri burchakli, tomi palma bargi bilan yopilgan sinchli kulbalar ham uchraydi. 15—17-asrlarda portugallar kurgan bir necha qoʻrgʻon saqlanib qolgan. 18-asr oxirlarida paydo boʻlgan Fritaun, Makeni, Lunsar sh. larining qiyofasi qishloqlardan deyarli farq qilmaydi. Faqat Fritaunda ingliz viktorian meʼmorligi va zamonaviy ruxdagi binolar bor.
Syerra-Leone hududida yumshoq tosh (steatit) dan yasalgan haykalchalar (ibodat qilayotgan kishi, ot va fil ustidagi chavandoz, jonivorlar qiyofalari), yogʻoch niqoblar, fil suyagi bilan bezatilgan buyumlar topilgan. 20-asrning 2-yarmida chet ellarda oʻqib kelgan rassomlar ijodida dastgoh sanʼati vujudga keldi: M. BerniNikol mahobatli pannolar, S. LeyberBleyk realistik portretlar yaratishdi. Ganada taʼlim olgan haykaltarosh P.M.Karelo shu mamlakat badiiy maktabi anʼanalarini qabul etib, xalq sanʼati ruhida asarlar yaratdi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻochsozlik rivojlangan.
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat jarayonlari, hayotiy voqealar qoʻshiqsiz oʻtmaydi. Sevgi, mehnat, marosim, munojot qoʻshiklari keng tarqalgan. Teatrlashtirilgan raqs tomoshalariga joʻr boʻladigan qoʻshiqlar alohida turkumni tashkil etadi. Cholgʻu asboblari — kangbay deb ataluvchi 1 membranali, sangbay deb ataluvchi konussimon, xutamba deb ataluvchi qum soat shaklidagi barabanlar, fil tishidan yasalgan truba, yogʻoch nay, banjo, ksilofonni eslatuvchi balanja va boshqa Sayoq baxshi — griotlar qahramonlik, muhabbat, hajviy qoʻshik^parni ijro etib, xalq sanʼatini targʻib qiladi. 20-asr boshlarida voyaga yetgan professional kompozitorlar orasida S. KolrijTeylor ijodi ("Gayavata" oratoriyasi, "Afsonaviy balladalar" va boshqalar) alohida oʻrin oladi.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Syerra-Leoneda zamonaviy teatrning rivojlanishi xalqning oʻziga xos madaniyati qaror topishi va mamlakatdagi anʼanaviy sanʼatning tiklanishi bilan bogʻliq. Mustamlakachilik yillarida koʻpgina ingliz havaskorlik drama va musiqali drama jamoalari U. Shekspir, S. Moem, J. Jilbert pyesalarini sahnalashtirgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin maktab va liniy missiyalar qoshida afrikaliklarning havaskorlik jamoalari tuzila boshladi. 1958-yil dramaturg, rejissyor va aktyor D. Akar "SyerraLeone aktyorlari" truppasini tashkil etdi va oʻzining "Aks sadosiz vodiy" va "Tamba nidosi" pyesasini sahnaga qoʻydi. Mustaqillikka erishgach, havaskor jamoalar koʻpaydi. R.S. Ismonning "Mehribon ota", "Yangi vatanparvarlar", A. Kargboning "Jiyanining kamzuli", O. Masonning "Otasining irodasi" pyesalari tomoshabinlarga koʻrsatildi. Komediya janri rivojlandi. FuraBey kolleji qoshidagi tajriba studiyalari dramaturg, rejissyor va aktyorlarni tayyorlaydi. Havaskorlik jamoalarini birlashtiruvchi Milliy teatr uyushmasi tashkil etilgan. Fritaundagi teatrkonsert zali mamlakat teatr hayotining asosiy markazlaridan biridir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |