Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Qozogʻiston

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(G'arbiy Qozog'istondan yoʻnaltirildi)
  Gʻarbiy Qozogʻiston

Gʻarbiy Qozogʻiston - Qozogʻiston Respublikasining gʻarbiy hududida joylashgan iqtisodiy va geografik mintaqasi hisoblanadi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda joylashgan. U 4 ta viloyatdan iborat: Atirau viloyati, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati[1], Aqtoʻbe viloyati va Mangʻistau viloyatlaridan tashkil topgan. Viloyat shimolda Rossiya Federatsiyasi bilan, janubda Oʻzbekiston va Turkmaniston respublikalari bilan chegaradosh, gʻarbini esa Kaspiy dengizi suvlari yuvib turadi, sharqda Respublikaning Ulitov, Qoʻstanay va Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni: 736 241 km² (taxminan Fransiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlarining umumiy yer maydoniga teng). Joylashuvi: gʻarbda Volga deltasining sharqiy chekkasidan janubi-sharqda Turon pasttekisligigacha, shimolda Ural janubiy qirlarigacha, janubda Ustyurt platosi va turkman choʻllarigacha davom etadi. Gʻarbiy Qozogʻiston aholisi 3 000 412 (2022). Aholi zichligi – 3,99 kishi/km² (mamlakatdagi eng past darajaga ega).

Ma'muriy bo'linishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Qozogʻiston 4 ta viloyatni oʻz ichiga oladi[2][3].

Qozogʻistonning ma'muriy bo'linishi
Viloyat Ma'muriy markaz Maydoni, km² Aholi soni (01.05.2022-yil holatiga ko'ra)
Aqto'be viloyati Aktobe 300 629 909 673
Atirau viloyati Atirau 118 631 671 721
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati Uralsk 151 339 666 972
Mangistau viloyati Aktau 165 642 748 471

Aholi bo'yicha mintaqadagi shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy Qozogʻiston mamlakatning eng yirik neft va gaz qazib olinuvchi hududi sanaladi. Dunyodagi eng yirik neft va gaz konlari ushbu hududlarda o'zlashtirilmoqda: Tengiz, Karachaganak, Qashagan konlaridan neft va gaz qazib olinmoqda.

Gʻarbiy Qozogʻiston noyob mineral-xomashyo bazasi – uglevodorod xomashyosi (neft, gaz va gaz kondensati), xrom, nikel, titan, fosforitlar, rux, mis, alyuminiy, koʻmir kabi foydali mineral resurs zahiralariga ega.

Mahalliy xomashyo asosidagi kimyoviy toza xrom tuzlari Aqto'be xrom birikmalari zavodida ishlab chiqariladi. "Ferrosplav" OAJ metall xrom va uglerodsiz ferroxrom ishlab chiqaradi. Atirau neftni qayta ishlash zavodi turli markadagi benzin, dizel yoqilgʻisi va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatini yildan yilga oshirib bormoqda. Qozogʻiston gazni qayta ishlash zavodi Janao'zen.shahrida joylashgan.

Aqtoʻbe lak-boʻyoq zavodi, shuningdek, kimyo zavodi (Qozogʻiston) ishlab chiqarishni kengaytirishda davom etmoqda. Gʻarbiy Qozogʻiston rayonida mashinasozlik ("Ural zavodi" "Zenit" OAJ - kemasozlik, " Aktyubrentgen " OAJ - rentgen apparatlari ishlab chiqarish), metallga ishlov berish, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanmoqda. Qishloq xoʻjaligi rivojlangan (chorvachilik, goʻsht-sut, non mahsulotlari, baliqni qayta ishlash oziq ovqat tarmoqlari).

Kaspiy dengizidagi eng yirik port – “Aqtau xalqaro dengiz savdo porti” Respublika davlat korxonasi hisoblanadi. Daryo va dengiz portlari tarmogʻi - Atirau, Bautino, Kurik. Rivojlangan temir yo'l va avtomobil yo'llari tarmogʻiga ega sanaladi. 4 ta xalqaro aeroport (Aqto'be, Atirau, Aktau, Uralsk) mavjud. Viloyatning kichik aholi punktlarida - viloyat ahamiyatga ega shaharlarda - Janao'zen, Emba, Shalkar va boshqalarda aeroportlar mavjud. “Kaztransoyl” AJ, “KazTransGaz ” OAJ, Kaspiy quvurlari konsorsiumining rivojlangan neft va gaz quvurlari tarmogʻi, shuningdek, Qozogʻiston Yagona energetika tizimining elektr uzatish liniyalari mavjud.

Bank tizimi ikkinchi darajali respublika banklarining hududiy filiallari tarmogʻidan iborat ("Kazkommertsbank" AK, "BTA Bank" AK, "Xalq bank" AK va boshqalar), shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Milliy bankining filiallari ham Gʻarbiy Qozogʻsiton rayonida mavjud.

Viloyatda qisqa muddatda iqtisodiyotning eng yirik obyektlari – Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Burlin tumanida gazni qayta ishlash zavodi, Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati – Ostona gaz quvuri qurilishi, Beyneu – Jezqazgʻon gaz quvuri kabilar, sanoat rivojlanishi istiqbollari hisoblanadi.

  • Qozogʻistonning Yevropa qismi
  • Страны и народы. Республики Закавказья. Республики Средней Азии. Казахстан, 1984 — 365—380-bet.