Kontent qismiga oʻtish

Janaoʻzen

Koordinatalari: 43°18′0″N 52°48′0″E / 43.30000°N 52.80000°E / 43.30000; 52.80000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Janaoʻzen

qoz. Жаңаөзен
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
43°18′0″N 52°48′0″E / 43.30000°N 52.80000°E / 43.30000; 52.80000
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Mang'istau viloyati
Hukumat
 • Akim Trumov Serikbay Oʻtelgenovich[1]
Avvalgi nomlari Noviy Uzen
Iqlim turi keskin kontinental
Aholisi
 (2013)
103,598[2]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 72934 [3]
Pochta indeks(lar)i 161100 [4]
Avtomobil kodi R, 12
Janaoʻzen xaritada
Janaoʻzen
Janaoʻzen

Janaoʻzen —(qozoqcha: Жаңаөзен) Mang'istau viloyatidagi shahar[5]. Viloyat markazi — Aqtau shahridan janubi-sharqgacha 150 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 103,598 kishi (2013).

Shahar poydevori 1968-yil shu joydagi yirik „Oʻzan neft konining“ ochilishi bilan qurilgan. 1973-yil 20-martda Janaoʻzen viloyat ahamiyatiga ega shaharga aylandi.

Janaoʻzen Qozog'istondagi yirik neft-gaz qazib olish markazi boʻlib hisoblanadi. Bunda neft va gaz oladigan va ularni qayta ishlaydigan „Oʻzenmunaygaz“ Aj birlashgan tashkilot bor. Ularning eng kattasi „Qazaqgazmunayoʻndeu“ zavodi.

2013-yili 1-iyuldagi statistika boʻyicha shahrda (atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda) 127,5 ming kishini tashkil qildi. Jami viloyatning 17 %. Aqtovdan Janaoʻzengacha masofa 150 km. Shahar aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Shaharda katta salmoqqa ega boʻlgan millatlar: qozoqlar, ruslar, ukrainlar, qoraqalpoqlar.

Janaoʻzen voqeasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yil shahar aholisi, chetdan kelgan ishchilarning qozoqlar ustidan kulib[6], kamsitganligiga norozilik bildirib qoʻzgʻalonga chiqishdi. Kavkaz millatining vakillarini maxsus samalyotlar bilan koʻchirdi. Aholining qoʻzgʻaloni „Vityaz“ maxsus harbiylarning kuchi bilan bosildi[7][8].