Qaragʻandi
Qarag'andi Қарағанды | |
---|---|
shahar | |
49°48′0″N 73°7′0″E / 49.80000°N 73.11667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Qarag'andi viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Abdishev Baurjan Tuyteevich |
Asos solingan | 1931 |
Ilk eslatilishi | 1934 |
Maydon | 550 km2 (210 kv mi) |
Markazi balandligi | 553 m |
Aholisi (2013) |
479 211[1] |
Zichligi | 846 kishi/km2 |
Milliy tarkib |
ruslar 50,57 % qozoqlar 36,25 % ukrainlar 4,80 % olmonlar 3,31 % tatarlar 3,05 % koreyslar 1,57 % beloruslar 1,16 % [2][3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7212 |
Pochta indeks(lar)i | 100000-100030 |
Avtomobil kodi | M |
|
Qaragʻandi (qozoqcha: Қарағанды) — Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻandi viloyatidagi shahar (1934-yildan), viloyat markazi. Temir yoʻl bekati. Aholisi 475 267 kishi (2012). Shahar Qaragʻanda koʻmir havzasining markazida shaxtyorlar shaharchasi sifatida vujudga kelgan. 1936-yildan Qaragʻandi viloyati markazi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — koʻmir qazib olish. Mashinasozlik zavodlari ishlab turibdi, konshaxta jihozlari va metall konstruksiyalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari, qurilish materiallari korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. Qaragʻandi bir necha massivlardan iborat, bular: Eskishahar (19-asrning 2-yarmi), Yangishahar, Moyquduq, Katta Mixaylovka, Fyodorovka va boshqalar). Hozirgi Qaragʻandining markazi — Yangishahar. Qozogʻiston Fanlar Akademiyasining boʻlimi, 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisi boʻyicha qaragʻandi viloyatida birinchi oʻrinni egallaydi — 475 267 kishi. (2012)[1] Qozogʻiston boʻyicha 4 oʻrinni egallaydi (Olmota, Ostona va Chimkentdan shaharlaridan keyin). Shahar aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]
- ruslar — 214 969 kishi (50,57 %)
- qozoqlar — 171 038 kishi (36,25 %)
- ukrainlar — 22 631 kishi (4,80 %)
- olmonlar — 15 608 kishi (3,31 %)
- tatarlar — 14 395 kishi (3,05 %)
- koreyslar — 7 423 kishi (1,57 %)
- beloruslar — 5 484 kishi (1,16 %)
- polyaklar — 2 535 kishi (0,54 %)
- chechenlar — 2 127 kishi (0,45 %)
- ozarbayjonlar — 1 502 kishi (0,32 %)
- boshqurtlar — 1 404 kishi (0,30 %)
- mordvalar — 1 029 kishi (0,22 %)
- oʻzbeklar — 1 028 kishi (0,22 %)
- moldavanlar — 809 kishi (0,17 %)
- chuvashlar — 714 kishi (0,15 %)
- litvalar — 615 kishi (0,13 %)
- yunonlar — 531 kishi (0,11 %)
- boshqalar — 7 933 kishi (1,68 %)
- Umumiy — 471 784 kishi (100,00 %)
Demografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilgi hisobot boʻyicha aholining 1000 kishiga umumiy koeffisientlari:
- tugʻulish — 16,85
- oʻlim — 13,89
- tabiiy oʻsish — 2,96
Korxonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda 01.01.07 yilgi 10371 tadbirkorlik sub’ekti roʻyxatdan oʻtgan, shulardan 92 katta, 397 oʻrta, 9882 kichik sub’ektlardir.
- Asosiy iqtisodi:
- energetika;
- oziq ovqat korxonasi.
Shaharning asosiy korxonalari: „Qaragʻandi-Jariq“ MChB, „Qaragʻandi Margarin zavodi“ AJ, „EFES Qaragʻandi pivo zavodi“ AJ HT, „Qaragʻandi konfeti“ AJ, Qaragʻandi metallokonstruktsiya zavodi „Imstal’kon“ AJ filiali, „Qaragʻandi Jilu“ MCHB. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosiy turlari:
- Elektr energiyasi;
- issiqlik energiyasi;
- margarin mahsuloti;
- pivo;
- konfetlar.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qaragʻandi hududida qishloq xoʻjaligi hosil olish uchun 10,3 ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydaniladi, shu jumladan 3,0 ming gektari — ekinzorlar. 2006-yilgi bugʻdoyga 2,9-ming gektar qishloq xoʻjalik yerlari foydalandi, uning 0,1-ming getarini sholi oʻsimliklari, 1,3-minh gektarini kartochka, 0,5-ming gektarini koʻkatlar oladi. 2006-yili 0,1-ming tonna sholi oʻsimliklar, 23,5-ming tonna kartochka, 12,5-ming tonna koʻkatlar, 0,7-ming ttonna goʻsht (tiriklay hisobda), 3,5-ming tonna sut; 1991,0-ming ta tuxum olindi. 2007-yilgi 1-yanvarda Buqa va sigirlar soni 3,0-ming ta; qoʻy va echki — 1,1-ming ta; choʻchqa — 2,4-ming ta; yilqi — 0,1-ming ta; qush — 22,8-ming tani tashkil qildi.*
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda 2006/2007 oʻquv yili boʻyicha
- 103 kunduzgi umumiy bilim dargohi faoliyat yuritadi, unda 62917-oʻquvchi oʻqiydi,
- 18 kolledjda — 23427-oʻquvchi,
- 11 kasb-hunar oʻquv joyida — 4567 oʻquvchi,
- 12 oliy oʻquv yurtlarda — 56222 student oʻqiydi.
- 26 kutubxona,
- 9 klubga oʻxshash mahkama,
- 4 madaniyat va hordiq chiqarish parki,
• 3 teatr,
- 2 muzey,
- 1 kontsert zali,
- 1 xayvonotlar bogʻi ish yuritadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Jump up to: 1,0 1,1 Численность населения РК по областям, городам и районам
- ↑ Jump up to: 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ Jump up to: 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |