Kontent qismiga oʻtish

Oʻskemen

Koordinatalari: 49°57′0″N 82°37′0″E / 49.95000°N 82.61667°E / 49.95000; 82.61667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻskemen

qozoqcha: Өскемен
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
49°57′0″N 82°37′0″E / 49.95000°N 82.61667°E / 49.95000; 82.61667
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Sharqiy Qozogʻiston Viloyati
Hukumat
 • Akim Jaqsiliq Muqashuli Oʻmar
Asos solingan 1720
Maydon 210 km2 (81 kv mi)
Markazi balandligi 506 m
Aholisi
 (2012)
309 534[1]
Milliy tarkib ruslar 53,20 %
qozoqlar 42,50 %
olmonlar 1,24 %
ukrainlar 1,13 %
tatarlar 1,09 %
ozarbayjonlar 0,23 %
koreyslar 0,23 %[2]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 7232
Pochta indeks(lar)i F0*****
Avtomobil kodi F, 16
Oʻskemen xaritada
Oʻskemen
Oʻskemen

Oʻskemen (qozoqcha: Өскемен) — Sharqiy Qozogʻiston viloyatining markazi. Shahar poydevori 1720-yili Irtish va Ulbi daryosining yoqasida qurilgan. Qozogʻistonning sharqiy qismida joylashgan, maydoni 54,4 ming ga yerni egallaydi. Iqlimi kontinental. Shahar aholisi 309 534 kishini tashkil qiladi. Hozirgi kunda Oʻskemenda 76,8 ming nafaqadagilar (umumiy aholi sonining 23,9 % tashkil qiladi), uning 2476 — Ulugʻ vatan urushi faxriylari.

Oʻskemen shahri — mustaqil Qozogʻistonning chiroyli shaharlarining biri. Davlat amali QR Qomusiga binoan qonunni, ijro etish sud organlari prinsiplariga asoslangan. Shahardagi qonunni Maslixat amalga oshiradi. Uning tarkibida 25 deputat bor. Sud mansabini Oʻskemen shahar sudi va arbitraj sudi amalga oshiradi.

Shahar aholisining soni 2012-yil 1-fevraldagi maʼlumot boʻyicha 321 ming kishini tashkil qiladi. Shahar aholisining soni kamayib bormoqda, buning asosiy sababi slavyan xalqlari chet ellarga koʻchib ketishidir. Hozirgi kundagi shahar aholisining milliy tarkibi quyidagi jadvalda berilgan:[3]

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi dinamikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
yil aholi oʻsishi
1720 114
1725 141
1825 1304
1840 2101
1855 3471
1861 3334
1897 8721
1900 12676
1907 13164
1920 17200
1939 21100
1959 150400
1970 230400
1979 274400
1989 324500
1993 341800
2005 302200
2007 298830
2009 314812
2011 318812

Rangli metallurgiya (qoʻrgʻoshin,rux, titan,magniy kombinatlari), mashinasozlik va metallsozlik (konshaxta jixozlari), kondensatorlar, priborlar ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Sement, gʻisht, uysozlik, temirbeton buyumlar zavodlari, qurilish materiallari kombinati ishlab turibdi. Oziq-ovqat (goʻsht, sut, vino kombinatlari, moyekstraksiya va pivo zavodlari), yengil sanoat korxonalari bor. Shahar yaqinida Oʻskemen suv ombori, Oʻskemen GES qurilgan.

XVII asrlarda rus hukumati Irtish daryosi yoqalab yuqori oʻsish uchun bir necha qadamlar tashladi. Bu voqealarning bir necha sabablari bor:

  • Rossiyaning sharqiy chegaralarni qarmogʻida ushlash;
  • Sharqiy davlatlar bilan savdo aloqalarni kengaytish;
  • Oltoyning boyligiga ega boʻlish.

Qamalni Ulbining Irtish daryosiga quyiladigan qismida tashkil etish rejalandi. Otryadning komandiri gvardiya mayori Ivan Mixaylovich Lixarev imperator Pyotr I-ga „raport“ yozdi. 1720-yilgi 12-17-avgust oylari qamalning qurulishi boshlandi. I.M. Lixarev podpolkovnik Stupinning boshqaruvi bilan 363 kishidan iborat garnizon qoldirdi. Qurulishga injener Letranje bosh-qosh boʻldi.

Vaqt oʻtishi bilan qamalning atrofida aholi yashay boshladi. Qishloq boʻlib, undan keyin stanitsa boʻldi. Stanitsa 1804-yildan keyin shaharcha deb atala boshladi. 1868-yili Oʻskemenga shahar mavqeyi berildi. Shaharda savdo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlana boshladi. Keyinchalik yengil sanoat rivojlana boshladi, temir yoʻl qurulishi boshlandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida ogʻir sanoat rivojlandi[4].

Sharqiy Qozogʻiston viloyati Jambul nomidagi drama teatri

Shaharda:

„Yubileyniy“, „Exo“ kinoteatrlari.

Jambul nomidagi drama teatr.

3-ta madaniyat uyi va istirohat bogʻi mavjud

Shahar madhiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named stat.kz
  2. Национальный состав населения Республики Казахстан, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
  3. «Экспресс К» — ежедневная общественно-политическая республиканская газета, 2012-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-25 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 13 (yordam)
  4. Поездка по Восточному Тарбагатаю летом 1864 года Карла Струве и Григория Потанина