Balxash (shahar)
Qiyofa
Balxash — (qoz. Балқаш) Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi shahar (1937-yildan), Balxash koʻlining shim. sohilidagi pristan. Balxash (shahar) stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1999). Rangli metallurgiyaning yirik markazi. Balxashda rangli prokat, mexanika zavodlari, kon-metallurgiya, baliqkonserva va qurilish materiallari kombinatlari, goʻsht sanoati korxonalari, yirik elektrostansiya, Qozogʻiston Fanlar akademiyasi botanika bogʻi, oliy oʻquv yurti, kimyo-metallurgiya texnikumi, tibbiyot bilim yurti bor. Shahar 1937-yilda mis kombinati qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |