Uchtepa (Almati viloyati)
Uchtepa qoz. Yштөбе | |
---|---|
shahar | |
45°15′32″N 77°58′43″E / 45.25889°N 77.97861°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Almati viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Qaratal tumani |
Hukumat | |
Qachondan beri shahar | 1961 |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
↗24,777[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72834[2] |
Pochta indeks(lar)i | 041000[3] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
|
Uchtepa (qozoqcha: Yштөбе) — Qozogʻistondagi shahar (1961-yildan), Almati viloyati Qaratal tumanining markazi, temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi Taldiqoʻrgʻan shahridan shimoliy-gʻarbga tomon 51 km oraliqda, Qoratol daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 24,7 ming kishi (2012). Shaharga 30-yillarning boshlarida Turkiston-Sibir temir yoʻlining qurilishiga binoan asos solingan[4].
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Korxonalaridan Uchtepada mexanik taʻmirlash, yogʻ zavodlari, kigiz uy, tikish fabrikalari, goʻsht kombinatlari, “Frunze” tajriba-xoʻjalik stansiyalari, “Paltel” MchJ-i, “Опытное” qishloq xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish mahkamalari, bosmaxona, gʻalla ombori, neft tashish avtomabil bazalari mavjud.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchtepa shahrida 4 oʻrta, sport, musiqa maktablari, bolalar bogʻchasi, 3 kutubxona, tuman kasalxonalari, tubdispanser, san-epidstansasi, 2 dorixona va boshqa mahkamalar faoliyat yuritmoqda[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-01-04
- ↑ „Almati viloyatining telefon kodlari“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-noyabr.
- ↑ СПК «Жетысу» намерена возродить единственную на постсоветском пространстве юртовую фабрику, 2015-12-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-09-27
- ↑ Jetіsu ensiklopediya. — Almati: „Aris“ nashriyoti, 2004. — 712 bet. ISBN 9965-17-134-3