Kontent qismiga oʻtish

Ushtoʻbe

Koordinatalari: 45°15′32″N 77°58′43″E / 45.25889°N 77.97861°E / 45.25889; 77.97861
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushtoʻbe

qozoqcha: үш төбе
shahar
45°15′32″N 77°58′43″E / 45.25889°N 77.97861°E / 45.25889; 77.97861
Mamlakat Qozogʻiston
Aholisi
 (2019)
22 989
Vaqt mintaqasi UTC+6:00
Telefon kodi +7 72834
Pochta indeks(lar)i 041000, 041001, 041002
Avtomobil kodi 05 (oldin B, V)
Ushtoʻbe xaritada
Ushtoʻbe
Ushtoʻbe

Ushtoʻbe (qozoqcha: үш төбеʏʃ.tøˈbʲe) — Qozogʻiston Respublikasidagi shahar, Jetisu viloyati, Qaratal tumani markazi. SemipalatinskOlmaota yoʻnalishidagi temir yoʻl stansiyasi, Taldiqoʻrgʻan shahridan 49 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Kadastr kodi — 270.

Ushtobe shahrining tarixi Qaratal viloyati tarixi bilan uzviy bogʻliq:

  • 1937-yil 29-dekabrda Ush-Toʻbe stansiyasi aholi punkti ishchilar posyolkasiga aylantirilgan.
  • 1944-yil 23-may — Qozogʻiston SSR Xalq Komissarlari Kengashining 3235-sonli qarori bilan Mashina va traktor stansiyasi negizida zavod ochilgan, keyinchalik, Ushtoʻbe eksperimental mexanik taʼmirlash zavodiga (qishloq xoʻjaligi muhandisligi va qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash) aylantirilgan;
  • 1960-yillarning oʻrtalari — Sobiq sovet davlatlari hududida yagona boʻlgan Ushtoʻbe turar joy qurilish (uy, oʻtov qurish) fabrikasi ochiladi: mahsulotlar chorvachilikda, qurilish guruxlarida, dam olish maskanlarida, shuningdek Armanistondagi fojiali zilzila (Spitak zilzilasi) paytida ishlatilgan. Butunrossiya koʻrgazma markazida zavod oʻz mahsulotlari uchun oltin medal bilan taqdirlangan. Ayni paytda 1990-yillarda zarar koʻrgan uylarni qayta qurishning noyob mexanizatsiyalashgan uslubini tiklash loyihasi amalga oshirilmoqda[1].
  • 1961-yil 20-iyunda Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining farmoni bilan Ushtoʻbe ishchi posyolkasi viloyatga boʻysunuvchi shaharga aylantirildi va hozirda Ushtoʻbe shahar kengashining markazi hisoblanadi.
  • Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yil 10-yanvardagi farmoni va viloyat ijroiya qoʻmitasining 1963-yil 17-yanvardagi qarori bilan Ushtoʻbe shahri viloyatga boʻysunuvchi shaharlar toifasiga kiritiladi (1964-yil 31-dekabrda ushbu qaror bekor qilingan).
  • Kemel Tokayev nomidagi umumtaʼlim maktabi;
  • Biken Rimova nomidagi gimnaziya maktabi;
  • Sergey Morozov nomidagi 51-sonli gimnaziya maktabi;
  • 13-sonli umumtaʼlim maktabi;
  • Ilyos Esenberlin nomidagi o‘rta maktab;
  • Maksim Gorkiy nomidagi oʻrta maktab;
  • A. S. Pushkin nomidagi oʻrta maktab;
  • Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi;
  • Bastoben servis va texnik kolleji (BSTC) (Wayback Machine saytida 2021-08-05 sanasida arxivlangan)[2];

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1930-yil yodgorligi, mahalliy kommunarlar Pronin N. va Morozov A. dafn etilgan joyda, shahar bogʻida;
  • shahar bogʻida joylashgan siyosiy qatagʻon qurbonlari xotira maydoni;
  • Shahar bogʻidagi Ulugʻ Vatan urushi yillarida halok boʻlganlar va afgʻon askarlari uchun obelisk;
  • Semirechye komsomolchilariga atalgan yodgorlik;
  • Yeskeldi bi va Balpiq bi byustlari.
  • Kemel Tokayev nomidagi maydon[3].

Mahalliy aholi orasidan chiqqan taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Borovkov Vasiliy Nikolaevich (1934—2007) — Qozogʻiston qishloq xoʻjaligida xizmat koʻrsatgan xodim. 1976—1997-yillarda Semipalatinsk oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi bosh direktori.
  • Mitchenko, Nikita Andreevich (1910—1941) — Gʻarbiy front 16-armiyasining 316-oʻqotar diviziyasi, 1075-oʻq polkining 2-bataloni, 4-rotasining oʻq otuvchisi, Qizil Armiya askari, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1942).
  • Arslan Satubaldin (1984-yilda tugʻilgan) — qozogʻistonlik futbolchi, „Aktobe“ futbol klubi darvozaboni.
  • Sergey Filimonov (1975-yilda tugʻilgan) — qozogʻistonlik ogʻir atletikachi, XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori (Afina, 2004).
  • Vladimir Sedov (1988-yilda tugʻilgan) — qozogʻistonlik ogʻir atletikachi, 2009-yilda 94 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida jahon chempioni.
  • Kosenkov Ivan Vasilyevich (1923—2015) — Qozogʻistonda yashagan soʻnggi Sovet Ittifoqi Qahramoni[4].
  • Qosimboyev Oljash (1938-yilda tugʻilgan) — oqin, „Boy-Tumar I“ va „Boy-Tumar II“ kitoblari muallifi.

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kazsilicon metallurgiya zavodi.
  • „Tamas“ MChJ — qurilish kompaniyasi.
  • Ushtoʻbe-Aydin[5] — Sut mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi.
  1. „СПК «Жетысу» намерена возродить единственную на постсоветском пространстве юртовую фабрику“. 2015-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-may.
  2. „Бастобинский сервисно-технический колледж“ (ru-RU). Портал для абитуриентов и школьников (2020-yil 5-may). 2021-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
  3. tengrinews.kz. „Сквер имени Кемеля Токаева открыли в Алматинской области“ (ru). Главные новости Казахстана - Tengrinews.kz (2018-yil 12-oktyabr). 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  4. Косенков, Иван Васильевич // Википедия. — 2018-05-14.
  5. INFORM.KZ. „ТОО «Уштобе - Айдын» в Алматинской области производит 12 видов молочной продукции (ФОТО)“ (ru). Казинформ (2016-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 24-mart.[sayt ishlamaydi]
  • Ush-Tobé // Uji — Fidel. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1956. — S. 472. — (Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 51 t.] / gl. red. B. A. Vvedenskiy ; 1949—1958, t. 44).