Kontent qismiga oʻtish

Qaragʻandi (viloyat)

Koordinatalari: 48°0′0″N 71°0′0″E / 48.00000°N 71.00000°E / 48.00000; 71.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qarag'andi viloyatidan yoʻnaltirildi)
Qaragʻandi viloyati
Қарағанды облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Qaragʻandi
Yirik shahari Qaragʻandi, Temirtau, Jezqazgʻan, Shaxtinsk
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Abdishev Baurjan Tuyteyevich
Rasmiy tillar qozoqcha (davlat tili), ruscha (rasmiy tili)
Aholi (2012)
1 358 064[1]
(8,6 % ,  (5-oʻrin)
Zichligi 3,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 44,68 %
ruslar 39,17 %
va boshqalar
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 427 982 km² (15,7 %, 1-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi
 Oʻrtacha balandligi


 1500 m
 500 m
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 721х xx-xx-xx
Pochta indeksi 100000
Internet domeni krg.kz
Avtomobil raqami kodi M,К,09
Rasmiy sayti http://www.karaganda-region.kz/
Xaritada
Qaragʻandi viloyati xaritada
48°0′0″N 71°0′0″E / 48.00000°N 71.00000°E / 48.00000; 71.00000

Qaragʻandi viloyatiQozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Maydoni 117,9 ming km2. Aholisi 1,353,804 kishi (2011). Shahar aholisi 85%. Viloyat 9 maʼmuriy tumanga boʻlingan, 6 shahar va 15 shaharcha bor. Markazi — Qaragʻandi shahri. Viloyat respublikaning markaziy qismida, Balxash koʻlining shimoli-gʻarbida joylashgan. Shimoliy tarafidan Aqmola, Pavlodar, sharqiy tomonidan Sharqiy Qozogʻiston, janubida Qiziloʻrda, Janubiy Qozogʻiston, Jambul, gʻarbiy tomonida Aqtoʻbe, Qoʻstanoy viloyatlari bilan chegaradosh.

Katta qismini Qozogʻiston past togʻlari (balandligi 300–1000 m) egallagan. Past togʻlar janubda Betpaqdala choʻliga (balandligi 300–400 m), gʻarbda esa Turon tekisligiga qoʻshilib ketgan. Iqlimi keskin kontinental va juda quruq. Iyulning oʻrtacha harorati shimolda 20,1 °C va janubda 25,1 °C, yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —16,7 °C, janubda —13 °C. Yillik yogʻin shimolda 100–280 mm. Vegetatsiya davri 160 — 200 qun.

Ichki suvlari, tuproqlari va hayvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yirik daryolari — Sarisuv va Nura. Shoʻr koʻl koʻp. Yer osti chuchuk suvlaridan keng foydalaniladi. Viloyatning shimoliy qismi kashtan tuproqli boʻlib, boshoqli oʻtlar — shuvoq choʻllari bilan band. Janubiy roqda shoʻrlangan och kashtan va qoʻngʻir tuproqlarda siyrak chala choʻl va choʻl shuvoqshoʻra oʻsimliklari oʻsadi; qumli joylarda boshoqli oʻtlardan shuvoq, shuningdek buta oʻsimliklari, choʻl oʻsimliklari bilan birga qaragʻay, qayin, togʻterak, tol oʻsadi. Chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va yirtqichlar, saygʻoq, arxar, jayron, yelik yashaydi, tuvaloq va boshqalar qushlar uchraydi. Daryo va koʻl qirgʻoqlarida suv parrandalari, qamishzorlarda qobon, ondatra yashaydi. Balxash koʻlida baliq koʻp.

Qaragʻandi viloyatida 1 353 804 (2011) kishi istiqomat qilishadi. Soʻnggi vaqtlarda bu viloyatda slovyan xalqlari kamayib borayapti, unga asosiy sabablardan biri ularning Rossiyaga koʻchib ketishi. Viloyat aholisi koʻp millatli hisoblanadi. Aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan qarang.

Milliy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Viloyat aholisining milliy tarkibi
(ushbu jadvalda[2])[3][4]:
Soni
1989-yilgi[2]
%[2] Soni
1999-yilgi
% Soni
2010-yilgi
%
umumiy 1745448 100,00 % 1410218 100,00 % 1352037 100,00 %
Qozoqlar 449837 25,77 % 529478 37,55 % 604063 44,68 %
Ruslar 817900 46,86 % 614416 43,57 % 529555 39,17 %
Ukrainlar 128547 7,36 % 78755 5,58 % 61606 4,56 %
Olmonlar 159208 9,12 % 57229 4,06 % 39582 2,93 %
Tatarlar 52769 3,02 % 39313 2,79 % 34215 2,53 %
Beloruslar 35731 2,05 % 21579 1,53 % 16566 1,23 %
Koreyslar 14672 0,84 % 14097 1,00 % 13544 1,00 %
Chechenlar 5997 0,34 % 4660 0,33 % 5585 0,41 %
Polyaklar 7239 0,41 % 5572 0,40 % 4659 0,34 %
Ozarbayjonlar 4787 0,27 % 3667 0,26 % 4288 0,32 %
Moldavanlar 5401 0,31 % 3428 0,24 % 3032 0,22 %
Mordvalar 6665 0,38 % 4097 0,29 % 2788 0,21 %
Oʻzbeklar 4478 0,26 % 2325 0,16 % 2699 0,20 %
Chuvashlar 5188 0,30 % 3091 0,22 % 2377 0,18 %
Yunonlar 3660 0,21 % 2408 0,17 % 2160 0,16 %
Litvalar 3687 0,21 % 2474 0,18 % 2082 0,15 %
boshqalar 39682 2,27 % 23629 1,68 % 18471 1,37 %

Milliy madaniyat markazlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaragʻandi viloyati boʻyicha 55-ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yurutadi. 20-ta markazda kechki maktablar ishlaydi. Har bir maktabda oʻqiydiganlarning oʻrtacha soni 25 kishini tashkil qiladi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
shahar va tumanlar aholi soni(2007 y) hududi(km kv.) markazi tashkil topgan yili -
Qaragʻandi 453 400 543 - 1934
Temirtov 171 900 300 - 1945
Balxash 73 700 5 900 - 1937
Saran 50 700 174 - 1954
Shaxtinsk 56 600 200 - 1961
Priozersk 12 800 54 - 1956
Abay tumani 54 700 6 500 Abay 1997(1973)
Buxar jirau tumani 60 700 14 600 Boʻtaqara 1938
Aqtoʻgʻay tumani 18 900 52 000 Aqtoʻgʻay 1928
Shet tumani 46 500 65 700 Aqsu-Ayuli 1928
Nura tumani 30 600 46 300 Kievka 1928
Osakarov tumani 36 800 11 200 Osakarovka 1940
Qarqarali tumani 42 500 35 500 Qarqarali 1930

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl uzunligi 581 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uzunligi 2100 km. Balxash koʻlida muntazam kema qatnaydi. 5 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, politexnika, tibbiyot, kooperativ, jismoniy tarbiya institutlari) bor. 3 teatr, tasviriy sanʼat va oʻlkashunoslik muzeylari, Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligida, asosan, mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash, shuningdek, gʻallachilik va yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dashtning shimolida lalmikor gʻallachilik bilan birga qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik va mayin junli qoʻychilik, chala choʻl va choʻllarda yaylov chorvachiligi bilan birga sugʻorib dehqonchilik (sabzavot, poliz) qilinadi. Ekin maydonlariga gʻalla (bahori bugʻdoy), arpa, ozuqa ekinlari ekiladi. Jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, yilqi, choʻchqa, parranda boqiladi. Balxash koʻlidan baliq ovlanadi; choʻl va togʻlarda ovchilik qilinadi.

Asosiy sanoat tarmoqlari: koʻmir va rangli metallurgiya (mis, molibden rudasini qazib olish). Shuningdek, temir va marganets rudalarini qazib olish rivojlangan. Qora metallurgiya mahalliy ruda asosida ishlaydi. Ogʻir mashinasozlik (jumladan, koʻmir sanoati uchun mashinalar), qurilish materiallari (sement, gʻisht, ohaktosh) ishlab chiqarish, kimyo, yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal) va oziq-ovqat (goʻsht, moysir va sut, un, qandolat mahsulotlari va boshqalar) sanoat tarmoqlari rivojlangan. Qaragʻanda metallurgiya kombinati, konshaxta jihozlari, mashinasozlik, sintetik kauchuk, metall konstruksiyalari zavodlari, Saran, Abay, Shaxtinsk, Jezqazgʻan konmetallurgiya kombinatlari, mis eritish va taʼmirlashmexanika zavodlari, Balxashda toshkoʻmir sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Oqtovda sement zavodi, Aqchatov, Oqjal, Qayraqti, Qaragʻaylida polimetall rudalarini boyitish kombinatlari va konlari mavjud.