Kontent qismiga oʻtish

Turkiston (viloyat)

Koordinatalari: 43°0′0″N 68°30′0″E / 43.00000°N 68.50000°E / 43.00000; 68.50000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Janubiy Qozogʻiston viloyatidan yoʻnaltirildi)
Turkiston viloyati
Түркістан облысы

Gerb
Gerb
Viloyat
Tegishli Janubiy Qozogʻiston
Maʼmuriy markazi Turkiston
Yirik shahari Turkiston
Kentau
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Oʻmirzaq Shoʻkeyev
Aholi (2019)
1 983 967[1]
(10,74 % ,  (2-oʻrin)
Zichligi 17,00 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar 76,02 %
oʻzbeklar 16,97 %
ruslar 1,76 %
tojiklar 1,86 %
boshqalari 3,36 %[2]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 117 249 km² (4,3 %, 13-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 725х xx-xx-xx[3]
Pochta indeksi 16 xxxx[4]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Rasmiy sayti http://turkistan.gov.kz/ru/
Xaritada
Turkiston viloyati xaritada
43°0′0″N 68°30′0″E / 43.00000°N 68.50000°E / 43.00000; 68.50000

Turkiston viloyati (qozoqcha: Түркістан облысы, Türkıstan oblysy) — Qozogʻiston Respublikasi janubidadagi viloyat. 2018-yildan buyon Turkiston viloyati deb qayta nomlandi. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan (1962—64 y-yilarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasining bir qismi, 1964-yildan 1992-yil 6-maygacha Chimkent viloyati). Maydoni 117,3 ming km2. Aholisi 2 621 523 kishi (2012), asosan qozoqlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, ozarbayjon, tojik va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi 19-iyun 2018-yildan buyon turkiston shahri. Viloyat tarkibida 13 ta tuman[5], 4 ta shaharcha, 7 ta shahar, 13 ta kent, 171 ta qishloq okrugi, 932 ta qishloqlari bor. Toshkent — Aris — Orenburg , Almati — Oris — Orenburg temir yoʻl magistralining bir qismi oʻtgan. Muhim avtomobil yoʻllari: Chimkent — Toshkent, Chimkent — Taraz, Chimkent — Turkiston — Qiziloʻrda, Avialiniyalar Chimkentni Toshkent, Moskva, Bishkek, Almati, shuningdek, viloyat tumanlari bilan bogʻlaydi. Janubiy qozogʻiston viloyatida oliy oʻquv yurtlari, 2-teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, Sariogʻoch balneologik kurorta bor.[6]

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Turkiston shahri,
  2. Oris shahri,
  3. Kentov shahri,
  4. Boydibek tumani, markazi — Shayan
  5. Qazigʻurt tumani, markazi — Qazigʻurt
  6. Paxtaorol tumani, markazi — Mirzakent
  7. Ordabasi tumani, markazi — Temirlanovka
  8. Oʻtror tumani, markazi — Shavildir
  9. Sayram tumani, markazi — Oqsuvkent
  10. Sauran tumani, markazi — Choʻrnoq
  11. Sariagʻash tumani, markazi — Sariagʻash
  12. Soʻzoq tumani, markazi — Shoʻlaqoʻrgʻan
  13. Toʻlebiy tumani, markazi — Lenger
  14. Tulkibosh tumani, markazi — Turar Risqulov
  15. Chordara tumani, markazi — Chordara
  16. Jetisay tumani, markazi — Jetisay[7]
  17. Keles tumani, markazi — Abay[7]
A.
Chimkent shahri

Janubiy Qozogʻiston viloyatida respublika aholisining 15 %-i yashashadi (2011). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 22,36 kishidan toʻgʻri keladi. Respublika boʻyicha tabiiy oʻsish boʻyicha (1000 kishiga 22,6 chaqaloqdan keladi) va aholi sonining tabiiy oʻsishining eng yuqori koʻrsatkichiga (32,5-ming kishidan oshdi) yetdi.

Millatlar tarkibi:[8][9]
Aholi soni
1989-yil
% Aholi soni
1999-yil
% Aholi soni
2009-yil
%
Barchasi 1823528 100,00 % 1978339 100,00 % 2469357 100,00 %
Qozoqlar 1017470 55,80 % 1340889 67,78 % 1785992 70,24 %
Oʻzbeklar 285042 15,63 % 332202 16,79 % 401630 17,50 %
Ruslar 278473 15,27 % 162098 8,19 % 136538 5,96 %
Ozarbayjonlar 27049 1,48 % 24732 1,25 % 28956 1,26 %
Tojiklar 19593 1,07 % 21370 1,08 % 29742 1,17 %
Tatarlar 34615 1,90 % 23672 1,20 % 21429 0,88 %
Turklar 11051 0,61 % 18665 0,94 % 20995 0,87 %
Koreyslar 11430 0,63 % 9780 0,49 % 9717 0,40 %
Kurdlar 6306 0,35 % 6661 0,34 % 8399 0,34 %
Ukrainlar 33033 1,81 % 13039 0,66 % 7948 0,33 %
Olmonlar 44526 2,44 % 5261 0,27 % 5788 0,15 %
Uygʻurlar 3752 0,21 % 3258 0,16 % 3485 0,16 %
Forslar 2511 0,14 % 2312 0,12 % 2860 0,12 %
Chechenlar 3573 0,20 % 2260 0,11 % 2465 0,10 %
Qirgʻizlar 1435 0,08 % 985 0,05 % 2007 0,08 %
Yunonlar 20856 1,14 % 1685 0,09 % 1036 0,06 %
Boshqurtlar 2401 0,13 % 1211 0,06 % 995 0,04 %
boshqa millatlar 20412 1,64 % 8259 0,83 % 8264 0,34 %

Hududi Shimoliy tarafidan Qaragʻandi, Sharqiy tarafida Jambil, gʻarbiy tarafidan Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh, janubida Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegaradosh. Janubiy Qozogʻiston viloyati Turon past-tekisligining sharqiy qismi va Tyan-Shanning gʻarbiy tarmoqlarida joylashgan. Hududining koʻp qismi tekislik (balalandligi 200– 300 m). Chekka janubda Mirzachoʻlning shimoliy qismi, shimolda Betpaqdala choʻli bor. Viloyatning markaziy qismida Qoratov tizmasi (eng baland joyi 2176 m), janubi-sharqida Talas Olatovining gʻarbiy chekkalari, Qorjontov (2824 m) va Ugom (4238 m) tizmalari qad koʻtargan.

A.
Chimkent aeroporti.

Viloyat iqtisodining rivojlanishiga temir yoʻl xizmatining ulushi katta. Asosiy temir yoʻl tarmoqlari: Orenburg — Toshkent, Turkiston — Sibir temir yoʻli. Temir yoʻlning umumiy uzunligi 443 km.dan oshadi, xizmat koʻrsatish postlari Shengeldi — Oris va Turkiston — Oris — Tulkibosh stansiyalarning oraliqlari. Avtomabil yoʻlining umumiy uzunligi 5200 km, unung 800 km.dan ortigʻi respublikalik, 4470 km asosiy ahamiyatga ega yoʻllar. Viloyatdagi katta avtomagistrallar: Almati — Toshkent, Chimkent — Qiziloʻrda, Chimkent — Juantoʻbe. Havo yoʻllarida „Chimkent auejayi“ AAQ xalqarolik jonli va tranzitlik aviareyslari foydalanishga qulay. Viloyatdan Buxoro — Chimkent — Almati gaz quvuri, Omsk — Pavlodar — Chimkent neft quvuri oʻtadi.

Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq va quruq, qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi. Iyulning oʻrtacha harorati shimol va janubi-gʻarbida 28 °C, janubi-sharqida 16— 24 °C. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda — 9 °C, janubda — 2 °C. Yiliga 100–400 mm dan 1000 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 230—290 kun. Yirik daryosi — Sirdaryo va uning irmoqlari Keles, Quruqkeles, Aris. Shimolda Chu daryosi oqib oʻtadi. Sirdaryoda Chordara suv ombori qurilgan. Doʻstlik, Aris va Turkiston magistral irrigatsiya kanallari mavjud. Sirdaryo qayirida chuchuk suvli koʻllar, Chu daryosi quyi oqimida shoʻr koʻl koʻp. Tekisliklarda qumli va qumoq-qoʻngʻir va boʻz-qoʻngʻir tuproqlarda boshoqli shuvoq hamda shoʻra, qora va oq saksovul, yulgʻun oʻsadi. Sirdaryo va Chu daryolari qayirida oʻtloq, shoʻrlangan tuproqlarda qamish oʻsadi. Togʻlarda vertikal mintaqalar — choʻl zonasidan alp oʻtloqlari va muzliklargacha uchraydi. Choʻlda kemiruvchilar (yumronqoziq, qumsichqon, qoʻshoyoq), togʻlarda togʻ takasi va togʻ qoʻyi (arhar), qoplon, ayiq, qushlardan tasqara, toʻqaylarda boʻri, tulki, oq sichqon, sassiqkoʻzan, qobon, qirgʻovul, koʻllarda gʻoz, oʻrdak, choʻlda sudraluvchilardan ilon, toshbaqa, kaltakesak yashaydi.

Viloyat iqtisodida kon sanoati va qishloq xoʻjaligi xom ashyolarini qayta ishlash sanoati bilan birga intensiv obikor dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Energetikasi asosan tabiiy gaz (Oʻzbekiston), toshkoʻmir (Qaragʻanda), mahalliy qoʻngʻir koʻmir (Langar) va mazutda ishlaydi. Kon sanoati (Kentov shahri va Achisoy hamda Bayjonsoy shaharchalarida polimetall konlari va boyitish fabrikalari), rangli metallurgiya (Chimkentda qoʻrgʻoshin eritish fabrikasi), mashinasozlik (pressavtomatlar, kardan vallari, avtotraktor detallari ishlab chiqarish, ekskavator zavodlari), kimyo va farmatsevtika (chorva mollariga beriladigan antibiotiklar, fosforli tuzlar zavodlari), yengil (ip gazlama kombinati, paxta tozalash va qorakoʻl teri zavodlari, paypoq-trikotaj, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari), oziq-ovqat (moy ekstraksiya, sut va meva konserva, vino zavodlari) sanoati tarmoqlari rivojlangan. Sement, gʻisht, keramzit, neftni qayta ishlash zavodlari bor. Janubiy Qozogʻiston viloyati obikor dehqonchilik, paxtachilik, tokchilik va bogʻdorchilik regioni. Qishloq xoʻjaligida galla ekinlari, texnika ekinlari, yem-xashak ekinlari, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachilikda yaylov qorakoʻlchiligi, mayin junli va goʻsht-moy qoʻychiligi, goʻsht-sut qoramolchiligi rivojlangan. Qoʻy, echki, qoramol, yilqi, tuya va parranda boqiladi.

  1. „Численность населения Республики Казахстан по полу в разрезе областей, городов, районов и районных центров и поселков на начало 2019 года“. Комитет по статистике Министерства национальной экономики Республики Казахстан. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-avgust.
  2. „Численность населения РК по отдельным этносам 2019 г.“. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
  3. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
  4. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-sentyabr.
  5. население Южно-Казахстанской области 2012 года, 2012-02-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-05-29
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. 7,0 7,1 Указ Президента Республики Казахстан «Об изменениях в административно-территориальном устройстве Южно-Казахстанской области» от 5 июня 2018 года № 698
  8. Агентство Республики Казахстан по статистике. Архив (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Национальный состав населения Республики Казахстан и его областей (том 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  9. Численность населения по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на 1 января 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-03-04