Kontent qismiga oʻtish

Sibir

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sibir — Rossiya Federatsiyasi Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy oʻlka. Gʻarbda Ural togʻlari, sharqda Tinch okean suvayirgʻichi togʻ tizmalarigacha va shimolida Shimoliy Muz okeani qirgʻoqlaridan, janubida Qozogʻistonning sertepa dashtlari hamda Mongoliya va Xitoy chegarasigacha davom etadi. Shimolidan janubga 3500 km, gʻarbdan sharqqa 7000 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Maydoni 10 mln. km².

       Sibir Federal okrugi       Geografik chegaralari        Tarixiy Sibir

Sibir hududida Saxa (Yakutiya), Tuva, Buryatiya Respublikalari, Oltoy va Krasnoyarsk oʻlkalari, Tyumen, Kurgan, Omsk, Novosibirsk, Tomsk, Kemerovo, Irkutsk va Chita viloyatlari joylashgan.

Tabiati. Sibirning asosiy tabiiy oblastlari: Gʻarbiy Sibir tekisligi, Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Janubiy Sibir va Shimoliy Sharqiy Sibir togʻlari. Janubiy Sibir toglari tarkibiga Oltoy, Gʻarbiy Sayan, Sharqiy Sayan, Tuva Respublikasi togʻlari, Baykalboʻyi va Baykalorti kiradi. Shimoliy Sharqiy Sibir togʻlarini Yuqori Yana tizmasi va Kolima togʻlari oʻrab turadi.

Sibirning iqlimi keskin kontinental. Eng sovuq oy yanvar va eng issik, oy iyulning oʻrtacha temperaturasi orasidagi farq 35° dan 68° gacha. Deyarli hamma yerda oʻrtacha yillik temperatura 0° dan past, shimoli-sharqda —15°, —18° gacha. Qishi davomli va sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —16°, —20°dan (Gʻarbiy Sibir tekisligining janubida) —40°, —48° gacha (Saxaning sharqida). Verxoyansk va Oymyakonda ayrim kunlari —70° gacha sovuq boʻladi. Sibirning yozi birmuncha iliq, janubida esa hatto issiq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 2°-5° dan (Sibirning shimoliy sohilida) 22°—23° gacha (Gʻarbiy Sibir dashtlarida). Yillik yogin 150– 250 mm dan 1000–2000 mm gacha. Kor krplami 170 kundan 300 kungacha saqlanib turadi.

Sibirda toʻngib yotgan togʻ jinslari va tuproqlar keng tarqalgan. Asosiy daryolari: Ob (Irtish bilan birga), Yenisey va Lena. Muhim koʻlpari: Baykal, Taymir, Telets, Chani.

Tuproqoʻsimlik qoplami, asosan, shimolidan janubga oʻzgarib borib, arktika muz sahrosi, tundra, oʻrmonli tundra, oʻrmon (tayga), Gʻarbiy Sibirning janubida esa, oʻrmonli dasht va dasht zonalarini hosil qiladi. Shimolida tundra va oʻrmonli zonalarida har xil botqoq gleyli va gleylipodzol tuproqlarda yoʻsin va lishayniklar, buta va koʻp yillik oʻtlar oʻsadi. Shimolida oʻrmon (tayga) zonasi oʻsimliklari eng koʻp tarqalgan. Tayga zonasining eni ayrim joylarda 200 km ga yetadi. Oʻrmonlarda igna bargli daraxt koʻproq, sibir tilogʻochi (gʻarbida) va dauriya tilogʻochi (sharqida), oqqaragʻay, sibir kedri, qaragʻay, qoraqaragʻay; keng barglilardan qayin, togʻterak, qandagʻoch; shimoli-sharqidagi daryo vodiylarida terak, tol oʻsadi. Oʻrmon zonasidan janubida Gʻarbiy Sibir atrofida oʻrmonli dasht va dasht zonalari joylashgan boʻlib, sur tusli podzollashgan, qora tulroqlioʻtloq, yuvilgan va tipik qora tuproklar tarqalgan. Dasht va urmonli dashtlarning oʻsimlik qoplami aholi tomonidan oʻzgartirib yuborilgan. Dashtlar haydalgan, botqoklashgan oʻtloqlar pichanzorlarga aylantirilgan. Janubiy S togʻlarining etaklari dasht oʻsimliklar bilan qoplangan. Undan yuqorida togʻ taygasi boshlanadi.

Sibirning tundra zonasida har xil kemiruvchilar (asosan, lemming), sut emizuvchilardan shimoliy bugʻusi va qutb tulkisi yashaydi. Yoz boshlanishi bilan suzuvchi parrandalar (gʻoz, oʻrdak, loyxoʻrak, gaga) uchib keladi. Tayga zonasi faunasi ancha boy (tiyin, sobol, kolonok, boʻri, tulki, ayiq, los va boshqalar). Tayga zonasida qushlarning 200 ga yaqin turi, acocaFi, karqur, chil, qizilishton yashaydi. Urmonli dasht va dashtlarda dala sichqoni, olaxurjun, qoʻshoyoq, yumronqoziq, boʻrsiq, boʻri, tulki, qarsoq tulki uchraydi. Suv havzalarida ondatra, norka iqlimlashtirilgan. Daryolarida qimmatbaho baliq koʻp. Sibir Rossiya Federatsiyasining ovchilik xujaligi rivojlangan va moʻyna tayyorlanadigan muhim rayoni. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, fafit, polimetall va boshqa

Asosiy shaharlari: Novosibirsk, Omsk, Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Irkutsk, Barnaul. Aholisining koʻlchiligini koʻchib borgan ruslar tashkil qiladi. Tub aholi: xantilar, mansilar, evenklar, buryatlar, saxalar, haqaslar va boshqa

Tarixi. Odam faoliyatining izlari Janubiy Sibirda — Togʻli Oltoydan Amur daryosi havzasigacha boʻlgan hududda topilgan. Sibir xalqining madaniyati va ijtimoiy sistemasining oʻzgarishida eneolit davrida rudadan metall eritib olishning rivojlanishi katta ahamiya gga ega boʻlgan. Mil. av. 1ming yillikning oxirida Jan.Sibirda hunn kabila uyushmalariyashagan. Mil. av. 1ming yillikning 1 yarmida ularning turkiy xalqlar, 7— 8-asrlarda moʻgʻullar (mongollar) ajralib chiqqan. Turkxoqonligi, Boxay va boshqa davlatlar mavjud boʻlgan.

13-asr boshida Janubiy Sibir Moʻgʻullar davlati tarkibida. Uning gʻarbiy qismida 15-asr boshida Oltin Oʻrda parchalangach, Sibir xonligi tuzilgan. 15-asrdan Moskva davlatida Sibirga yurish boshlagan. 17-asr boshlarida Gʻarbiy S, asr oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, soʻngra Baykal koʻlidak sharqlagi yerlar va Amur darvsi boʻylarini Rossiya egallab olgan. 18-asrning 20 yillari oxiri — 30 yillari boshidaOltoy togʻ yon bagʻrida manufaktura tipidagi dastlabki metallurgiya korxonalari qurildi. Dehqonchilik rivojlandi. Ekinlar maydoni kengaydi. 19-asrning 1-yarmida Sibirda sanoatning yangi sohasi — oltin qazib chiqarish paydo boʻldi. !9-asrning 50 yillarida Rossiya tarkibiga Quyi Amur boʻylari, Ussuriy oʻlkasi, Saxalin oroli kirdi. 19-asrning 2-yarmida Sibirning shimoli-sharqiy rayonlarida oltin sanoati kengaydi. Sibir Rossiya imperiyasining kishilarni surgun va qatorgaga joʻnatadigan asosiy joyi boʻlib qoldi. 1900-yilda faqat surgun qilinganlarning soni 287,2 mingni tashkil qiladi.

Sibirning iqtisodiy taraqqiyotida 1891 — 1905-yillarda qurilgan temir yoʻl — Ulkan Sibir magistrali katta ahamiyatga ega boʻddi. 1923-yil BuryatMongol Muxtor Respublikasi (1958-yildan Buryatiya Muxtor Respublikasi), 1922-yil Yakutiya Muxtor Respublikasi va Oyrot muxtor viloyati, shuningdek, milliy okrug va tumanlar tuzildi. Sibir tarixida sibirlik oʻzbeklarning oʻrni alohida ahamiyatga egadir. Ularning asosiy qismi Oʻrta Osiyo oʻzbeklari vakillari. Sibirlik oʻzbeklarning ajdodlari Sibirga 16—17-asrlarda (asosagʻ), savdosotiq va boshqa yoʻllar bilan) borib krlganlar. 16-asr oʻrtalarida Rus davlati Astraxon, Qozon, soʻngra Sibir xonligini bosib olgandan keyin ham bu yerlarning Oʻrta Osiyo bilan qadimgi aloqalari davom etaverdi. Chunki, Rus davlati yangi bosib olgan joylarni zarur mollar, xususan, gazlama va kiyimbosh bilan taʼminlashga ega boʻlmagan. Shu bois Rossiya hukumati oʻzbek xonliklari bilan aloqa oʻrnatish va savdoni rivojlantirishga harakat qildi. Tez orada elchilik alokdlari oʻrnatilib, savdo rivojlana bordi. Bu borada Rossiya davlati faol harakat qilib oʻzbek savdogarlariga bir kancha imtiyozlar berib, ularni Sibirga jalb qilish choralarini koʻrdi. Oʻz navbatida oʻzbek xonliklari Sibirga ip va ipak gazlamalar, kiyimbosh va mollar keltirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga soldilar.

Shu tariqa Oʻrta Osiyo va Sibir oʻrtasida savdo aloqalari yaxshi yoʻlga qoʻyilib, 17-asrdan boshlab Sibirda hozirgi Oʻzbekistondan savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar va din peshvolari borib joylashdilar. Ular, asosan, Tyumen, Tobolsk, Tara va Sibirning boshqa joylariga oʻrnashdilar. Bu ishni birinchi navbatda savdogarlar, shuningdek, Semipalatinsk, Petropavlovsk va boshqa yerlarga koʻchib borganlar boshlab berdilar. Sibirdagi ichki va tashki savdo koʻproq oʻzbeklarning qoʻlida toʻplanib, ular Oʻrta Osiyo, Xitoy, Eron singari mamlakatlarning mollari bilan savdo qildilar, Sibirda birinchi boʻlib koʻnchilik va gilam toʻqish hamda bugʻdoy ekishni joriy etdilar. Sibirlik oʻzbeklar mahalliy tatarlar orasida islom diniii tarqatish va rivojlantirishda katnashdilar, masjidlar qurib, maktab va kutubxonalar ochdilar. Ular asrlar davomida oʻzlarining tili, kiyimi, milliy ovqati va urfodatlarini sak, ladilar. Umuman, oʻzbeklar Sibir hayotida muhim oʻrin egallab uning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Rossiya hukumati ularning xizmatini eʼtiborga olib imtiyozlar berish bilan bir katorda Tobolsk, Tyumen va Tarada mahalliy boshqaruv idorasi — Buxoro volost (boʻlis)larini tuzishga ijozat berdi. 1917-yildan keyin bu boʻlislar Buxoro ijroiya qoʻmitalariga aylantirildi. Vaqtlar oʻtishi natijasida oʻzbeklar iqlimlashib va mahalliylashib, avvalgi vatanlari bilan alokdlari uzildi. Sibirga ayollarga nisbatan erlar koʻproq borganliklari uchun ular tatar qizlariga uylanganlar. Garchand bundam oilalarda tugʻilganlar oʻzlarini oʻzbek deb yurgan bulsalarda, lekin, 20-asrning boshlariga kelib ularning tatarlarga aralashish jarayoni kuchaydi. Shunga qaramay 1926-yildagiumumxalq roʻyxati boʻyicha oʻzbeklarning soni 15.000 kishi hisoblanib ular oʻzlarining milliy nomini saqlaganlar. Keyingi yillarda oʻzbeklarning tatarlarga aralashish jarayoni nihoyasiga yetib ular nomi bilan yuritiladigan boʻldi.

Iqtisodiyoti. Urushdan keyingi yillarda Sibirda Angara va Yeniseyning gidroenergiya resurslari oʻzlashtirila boshladi. Irkutsk, Bratsk va Krasnoyarsk GESlar qurildi. Abakan — Tayshet va Tayshet — Lena temir yoʻllari, Tuymazidan Angarskka neft quvuri oʻtkazildi. Moskvadan Baykalgacha boradigan Transsibir temir yoʻl magistrali elektrlashtirildi. Saxa (Yakutiya)da olmos konlari topildi.

Gʻarbiy Sibirning shimolida neft va tabiiy gaz zaxiralari aniklandi va shu konlar asosida 19-asrning 60 yillarida, qisqa muddat ichida neft va gaz sanoatlariga asos solindi.

Sda qora metallurgiyaning Kuznetsk kombinati va Gʻarbiy Sibir zavodini oʻz ichiga olgan 3bazasi vujudga keltirildi. Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va boshqa shaharlardagi zavodlar gʻalla kombaynlari, traktorlar, traktor pluglari, radiopriyomnik va radiolalar, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari ishlab chikaradi. Rangli metallurgiyaning muxim markazlari: Norilsk, Belovo, Novokuznetsk, Krasnoyarsk, Bratsk, Sheloxov. Sibir va Uzok, Sharqning konchilik sanoati olmos, oltin, platina, nodir metallar, asbest, slyuda, grafit, dala shpati va boshqalarni beradi.

Sibirdagi oʻrmon sanoati korxonalarida yogʻoch, yogʻochtaxta, sellyuloza ishlab chiqariladi. Rossiyadagi yirik oʻrmon sanoati majmualari Bratsk va UstIlim hamda Lesosibirskda, sellyuloza zavodi Bay,~ kalskda barpo etildi.

Ekin maydonlari, asosan, Sibirning janubiy qismida. 1950 — 60 yillarda Sibirda qoʻriq yerlar oʻzlashtirildi (Gʻarbiy Sibirda 7 mln. ga dan ortiq). Ekin maydoni 26,7 mln. gektar. Sibirda tovar gʻalla (asosan, bahori bugʻdoy), goʻsht, mol yogʻi yetkazib beriladi. Chorvachilikda kramol, kuy va echki boqiladi. Transport yoʻli uzunligi 14 ming km [shundan yarmi elektrlashtirilgan. Baykal—Amur magistrali (BAM) uz. 3145 km] mavjud. Quvur yoʻllari (jumladan, Tuymazi — Angarsk) va yirik dengiz portlari (Dikson, Dudinsk, Igarka va boshqalar) qurilgan.

Gʻarbiy Sibir tekisligidagi Tayga manzarasi va Vassyugan daryosi.

Sibir Rossiya Federatsiyasining sharqiy qismida joylashgan ulkan hududning nomidir, maydoni 13,1 million km² (tahminan Oʻzbekiston hududidan 30 marta katta), aholi zichligi juda kam (39 million aholi yaʼni 1 km²ga 3 kishidan toʻgʻri keladi). Rossiyaning sharqida joylashgan boʻlib, sharqdan gʻarbga Ural tog'laridan Tinch okeanigacha va shimoldan janubga Shimoliy Muz okeanidan Qozogʻiston shimolida joylashgan Oltoy tog'lari, Mongoliya va Xitoy chegaralarigacha choʻzilgan. Osiyo qitʼasining shimoliy hududida joylashgan boʻlib, Sibir, Rossiyaning 77 % hududini egallaydi va atigi 27 % aholisini oʻzida mujassam etadi. Oʻzining sovuq va kontinental iqlimi va tekislik, pastekisliklar, ulkan daryolarning keng yoyilgani bilan ajralib turadi. Sibirda uzoq vaqtlar davomida chorvador va koʻchmanchi aholi yashagan boʻlib, u asta sekinlik bilan Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. Sibir XX-asrda Sovet Hukumatining mavjud energetik va togʻ-kon ressurslardan iqtisodiy manfaatlar yoʻlida foydalanish maqsadida kiritgan sarmoya va harakatlari natijasida juda ham tez rivojlandi.

  • Ziyoyev H., Sibir, Volga va Ural boʻyidagi oʻzbeklar, T., 2003.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil