Kontent qismiga oʻtish

Gʻofur Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'ofur Rahimovdan yoʻnaltirildi)
Gʻofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov
Gʻofur
Tavalludi 22.07.1951
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Veb-sayti [www.gafurrakhimov.uz]

Gʻofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov — 1951-yil 22-iyulda Toshkentda, xizmatchi oilasida tavallud topgan. Oʻzbekiston Moliya Sanoat guruhlari rahbarlaridan biri. Oʻtgan asrning 80-90-yillarida Oʻzbekistonda taniqli „kriminal avtoritet“lardan biri boʻlib hisoblangan Gʻofur Rahimov, ayrim ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarga koʻra, keyinchalik jinoyat olamidan yiroqlashib, legal tadbirkorlik bilan shugʻullana boshlagan.

Mustaqil Oʻzbekistonning dastlabki yillari Gʻofur Rahimov keng miqyosda va bozor iqtisodiyotini barcha ustunliklarini qoʻllab ishlaydigan bir qator tijorat kompanyalarini taʼsis etdi. Oʻsha yillari uning tijorat qiziqishlari doirasiga keng isteʼmol va kunlik ehtiyoj mollari bilan savdo qilish, xalqaro tijorat aloqalarini kengaytirish kabi masalalar kirar edi. Gʻ.A. Rahimov oʻzining ish operasiyalarini oʻzi prezident hisoblangan va asosiy aksiyalar egasi boʻlgan bir qancha kompaniyalar orqali amalga oshiradi. Aynan shu kompaniyalar yillar davomida mustahkam iqtisodiyot asosida Angliya, Avstraliya, Belgiya, Germaniya, Gollandiya, AQSH, Shveysariya, Fransiya kabi davlatlarning eng mashhur firmalari bilan sermahsul hamkorlik qilib kelmoqda. Gʻ.A. Rahimov firmalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekistonga xalq isteʼmol mollari, kimyo, avtomobil va engil sanoati hom ashyolari keltiriladi. Bundan tashqari, Gʻ.A. Rahimov tomonidan turli davlat kompaniyalari bilan tashkil etilgan qoʻshma korxonalar juda samarali faoliyat koʻrsatmoqda.[1]

2007-yil boʻyicha madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlar uchun Oʻzbekiston madaniyat va sport vazirligi tomonidan mukofotlanganlar orasida mamlakat prezidentining qizlari Gulnora va Lola Karimovalar bilan bir qatorda Gʻofur Rahimov hamda Oʻzbekistondagi yana bir „kriminal avtoritet“ Salim Abduvalievlar bor boʻlgan. Oʻshanda Gʻofur Rahimov „Sportning xalqaro miqyosdagi faol targʻibotchisi“ oʻlaroq taqdirlangangan.[2]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1958 y. — sport maktab-internatida oʻqish, mutaxassislik — boks.
  • 1968 y. — Sovet Armiyasi safida harbiy xizmat.
  • 1975 y. — Palmiro Tolyatti nomli Leningrad iqtisodiyot institutida oʻqish, mutaxassislik — muhandis-iqtisodchi.
  • 1975-1986-yillar. — Oʻzbekiston Savdo Vazirligida ish faoliyati, shu vaqtning oʻzida „Dinamo“ MSJ da boks boʻyicha murabbiy.
  • 1986-1990-yillar. — AKAMP (kooperativ, hissadorlik va kichik korxonalar uyushmasi) ijtimoiy harakatida ishtirok.
  • 1990-1993-yillar. — Yevropa ishbilarmon hamkorlari bilan hamkorlikda eksport-import kompaniyasining tashkil topishi.
  • 1993-1998-yillar. — Oʻzbekiston Boks Federasiyasi vitse-prezidenti.
  • 1998-yildan — Xalqaro Havaskor Boks Federasiyasining (AIBA) Ijroqoʻm aʼzosi, AIBA Biznes-Komissiyasi Raisi.
  • 1999-yildan — Markaziy Osiyo Mintaqasidan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidenti.
  • 2001-yildan — Oʻzbekiston MOQ vitse-prezidenti, 2005-yili qayta saylangan.
  • 2002-yildan — Xalqaro Boks Federasiyasi (AIBA) vitse-prezidenti.
  • 2003-y. — Osiyo Olimpiya Kengashining Faxriy ordeni bilan taqdirlangan.
  • 2004-yildan — „Mehrjon-Sport“ Respublika Xayriya Jamoat Fondi Vasiylik Kengashi Raisi.
  • 2006-yildan — Xalqaro Boks Federatsiyasi Ijroiy vitse-prezidenti
  • 2007-2014-yillar — Osiyo boks federatsiysi Prezidenti
  • 2018-yil, 27 yanvardan — Xalqaro Boks Federatsiyasi Vaqtinchalik prezidenti

Sportdagi homiylik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport Gʻofur Rahimov hayotida doimo asosiy oʻrin tutgan. Oʻsmirlik yillari Gʻofur Rahimov sport bilan jiddiy shugʻullangan, ayniqsa boksga qiziqqan. U shuningdek, tennis va futbolni yaxshi oʻynaydi. U Oʻzbekistonlik sportchilarni yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishlarida homiylik qilgan.

G’.A. Rahimov xalqaro sport harakatida ko`zga ko`ringan rolni o`ynaydi: Markaziy Osiyo Mintaqasidan Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) vitse-prezidenti, Xalqaro Boks Federasiyasining (AIBA) vitse-prezidenti, AIBA Biznes-Komissiyasi Raisi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh Assambleyasi Ijroqo’mining 2003-yil yanvardagi qaroriga binoan OOK vitse-prezidenti G’.A. Rahimov Osiyo Olimpiya Kengashining “Olimpiya harakati rivojiga qo`shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlandi. [3]

  1. Rasmiy sayt. Tarjimai hol, 2013-01-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-27
  2. Ғофур Раҳимов ООК вице-президентлигига қайта сайланди
  3. Sport faoliyati, 2011-02-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-27