Osiyo Olimpiya Kengashi
Turi | Sport Federatsiyasi |
---|---|
Sanoat | Sport |
Ishga tushgan sanasi | 1982-yil |
Joylashuvi | Quvayt |
Prezidenti | Ahmad Al-Fahad Al-Ahmad As-Saboh |
Vebsayti | ocaasia.org |
Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) tan olgan, Milliy Olimpiya qoʻmitalaridan tashkil topgan, beshta qitʼalararo assotsiatsiyadan biri. Osiyo Olimpiya Kengashi — bu 45 ta mamlakatni oʻz ichiga qamrab olgan Osiyo mamlakatlarida Olimpiya harakatini boshqaruvchi organ hisoblanadi.
OOK — Osiyodagi MOQlari faoliyatini tashkil qilish, ishtirokchi mamlakatlarning xalqaro nufuzini koʻtarish, butun Osiyo qitʼasida sportni targʻib etish, shuningdek, yoshlarda jismoniy barkamollik, ahloqiy sifatlarini sport musobaqalari va sport tadbirlari orqali, oʻzaro hurmat, doʻstlik va halol oʻyin sifatlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo Olimpiya Kengashi, Osiyodigi mamlakat aʼzolarining sport faoliyatini muvofiqlashtiradi, muntazam ravishda Osiyo oʻyinlari (yozgi, qishki, sohil sporti, jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari) ni tashkil qilishni kafolatlaydi, shuningdek, Osiyo qitʼasida Olimpiya harakatini idealini targʻib qilishdagi bosh organ hisoblanadi. Osiyo Olimpiya Kengashi nafaqat hududiy oʻyinlar tashkilotchisi, balki xalqaro musobaqalar, aʼzo mamlakatlar oʻrtasida bahsli muammolar yuzaga kelganda, ularni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organdir. OOK ning bosh qarorgohi Quvaytda joylashgan.
OOK ning tashkil qilinish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo Olimpiya Kengashi tashkil qilinishi 1948-yili Londondagi 14-Olimpiya Oʻyinlari davomida, Osiyo mamlakatlari ishtrokchilari, Osiyo oʻyinlari sport assotsiatsiyasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishdi. 1949-yil Nyu-Delidagi assambleyada Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasi maqomi ostida tashkil qilindi. Osiyo Oʻyinlari Federatsiyasining 1981-yil 26-noyabrdagi yigʻilishida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ni tashkil qilishga kelishib olindi. Yigʻilish mobaynida OOKning Ustavi va asosiy tamoyillar qabul qilindi va 1982-yilda Nyu-Delidagi Osiyo oʻyinlaridan keyin kuchga kirishi tasdiqlandi. Rasmiy ravishda Osiyo Olimpiya Kengashi 1982-yil 16-noyabrda Nyu-Delidagi Bosh Assambleya davomida tashkil qilingan. Xuddi shu yili Osiyo Olimpiya Kengashi, Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi eʼtirofiga sazobor boʻldi. 34 ta davlat OOK ning birinchi aʼzo mamlakatlari sifatida qayd qilindi.
OOK ramzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo Olimpiya Kengashi ramzi rasmiy ravishda 2006-yilning 2-dekabrida OOKning 25-Bosh Assambleyasida tasdiqlandi. U oʻzida qizil rangdagi 16 ta porlab turgan quyosh nurini, markazda oq rangdagi aylana, quyosh atrofida Ajdar va Lochin aks ettirligan, pastki qismda „Osiyo Olimpiya Kengashi“ yozuvi joylashtirilgan. Ajdar — Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlari ramzi boʻlib, omad, boylik, muvaffaqiyat, davlat, mardlik, poklik, joʻshqinlik ramzi hisoblanadi. Lochin — togʻli hududlar ramzi boʻlib, Himolay, Janubiy va Markaziy Osiyo xalqlari ramzi hisoblanadi. U aniqlik, nafosat, kuch, ziyraklik, tezlik, iroda va chiidamlilik sifatlarini oʻzida mujassam etadi.
OOK shiori:
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Doimo olgʻa“ - "Ever onward"
OOK bayrogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osiyo Olimpiya Kengashi bayrogʻi Osiyo Olimpiya Kengashi emblemasi tikilgan oq matoni oʻzida namoyon etadi. Osiyo Olimpiya Kengashining barcha ramzlari OOK ning mulki hisoblanadi, ulardan Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti ruxsatisiz foydalanish mumkin emas.
OOK aʼzo mamlakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Osiyo Olimpiya Kengashiga aʼzo mamlakatlar koʻrsatilgan. Toʻrtinchi qatordagi birinchi yil Milliy Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan yilini bildirsa, ikkinchisi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan yilni bildiradi. Misol Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga 1992-yil asos solingan, 1993-yil XOQ tomonidan tan olinilgan.
Mamlakat | Kod | Milliy Olimpiya qoʻmitasi | Tashkil topgan yil/ Tan olingan yil |
Manba |
---|---|---|---|---|
Afgʻoniston | AFG | Afgʻoniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1935/1936 | [1] |
Bruney | BRN | Bahrayn Olimpiya qoʻmitasi | 1978/1979 | [2] |
Bangladesh | BAN | Bangladesh Olimpiya Assotsatsiyasi | 1979/1980 | [3] |
Butan | BHU | Butan Olimpiya qoʻmitasi | 1983 | [4] |
Bruney | BRU | Bruney Milliy Olimpiya Kengashi | 1984 | [5] |
Kambodja | CAM | Kambodja Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1983/1994 | [6] |
Xitoy Taypeyi | TPE | Xitoy Taypeyi Olimpiya qoʻmitasi | 1960 | [7] |
KXDR | PRK | Koreya Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi | 1953/1957 | [8] |
Gonkong | HKG | Sports Federation and Olympic Committee of Hong Kong, China | 1950/1951 | [9] |
Hindiston | IND | Hiundiston olimpiya Assotsatsiyasi | 1927 | [10] |
Indoneziya Indoneziya | INA | Indoneziya Olimpiya qoʻmitasi | 1946/1952 | [11] |
Iroq | IRQ | Iroq Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1948 | [12] |
Eron | IRI | Eron Islom Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1947 | [13] |
Yaponiya | JPN | Yaponiya Olimpiya qoʻmitasi | 1911/1912 | [14] |
Iordaniya | JOR | Iordaniya Olimpiya qoʻmitasi | 1957/1963 | [15] |
Qozogʻiston | KAZ | Qozoqiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1990/1993 | [16] |
Koreya Respublikasi | KOR | Koreya Olimpya qoʻmitasi | 1946/1947 | [17] |
Quvayt | KUW | Quvayt olimpiya qoʻmitasi | 1957/1966 | [18] |
Qirgʻiziston | KGZ | Qirgʻiziston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1991/1993 | [19] |
Laos | LAO | Laos Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1975/1979 | [20] |
Livan | LBN | Livan Olimpiya qoʻmitasi | 1947/1948 | [21] |
Malayziya | MAS | Malayziya Olimpiya Kengashi | 1953/1954 | [22] |
Maldiv | MDV | Maldiv orollari Olimpiya qoʻmitasi | 1985 | [23] |
Mongoliya | MGL | Mongoliya Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1956/1962 | [24] |
Myanma | MYA | Myanmar Olimpiya qoʻmitasi | 1947 | [25] |
Nepal | NEP | Nepal Olimpiya qoʻmitasi | 1962/1963 | [26] |
Ummon | OMN | Ummon Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1982 | [27] |
Pokiston | PAK | Pokiston Olimpiya qoʻmitasi | 1948 | [28] |
Falastin | PLE | Falastin Olimpiya qoʻmitasi | 1995 | [29] |
Xitoy | CHN | Xitoy Xalq Respublikasi Olimpiya qoʻmitasi | 1910/1979 | [30] |
Filippin | PHI | Fillipin Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1911/1929 | [31] |
Qatar | QAT | Qatar Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1979/1980 | [32] |
Saudiya Arabistoni ] | KSA | Saudiya Arabistoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1964/1965 | [33] |
Singapur | SIN | Singapur Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1947/1948 | [34] |
Shri Lanka | SRI | Shiri-Lanka Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1937 | [35] |
Suriya | SYR | Suriya Olimpiya qoʻmitasi | 1948 | [36] |
Tojikiston | TJK | Tojikiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1992/1993 | [37] |
Tailand | THA | Tailand Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1948/1950 | [38] |
Sharqiy Timor | TLS | Sharqiy Timor Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 2003 | [39] |
Turkmaniston | TKM | Turkmaniston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1990/1993 | [40] |
Birlashgan Arab Amirliklari | UAE | Birlashgan Arab Amirliklari Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1979/1980 | [41] |
Oʻzbekiston | UZB | Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi | 1992/1993 | [42] |
Vyetnam | VIE | Vietnam Olimpiya qoʻmitasi | 1976/1979 | [43] |
Yaman | YEM | Yaman Olimpiya qoʻmitasi | 1971/1981 | [44] |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
- OOK rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2018-09-06 sanasida arxivlangan)
- Olympic.uz Olimpiyskiy Sovet Azii (Wayback Machine saytida 2012-12-25 sanasida arxivlangan)