Kontent qismiga oʻtish

Iordaniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi
المملكة الأردنية الهاشمية
Al-Mamlakah al-Urdunniyyah al-Hāšimiyyah
Shior_الأردن أوّلاً,
Madhiya: السلام الملكي الأردني
(Al-Salam Al-Malaki Al-Urdunni)
Location of Iordaniya
Poytaxt Amman
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
• Rohib
Qirol Abdullah II
Abdulla al-Nussur
Mustaqillik (Millatlar Ligasi mandatidagi Britaniya maʼmuriyatidan)
• Sana
25-may, 1946
Maydon
• Butun
92,300 km2 (110-oʻrin)
• Suv (%)
0,01
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
6,259,932 (106-oʻrin)
• Zichlik 68/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$34,530 mil. (103-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$5,400
Pul birligi Iordaniya dinori (JOD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma JO
Telefon prefiksi 962
Internet domeni .jo

Iordaniya yoki Urdun[1], Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (arabcha: المملكة الأردنية الهاشمية, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 91,8 ming km2. Aholisi 7,259,932 kishi (2023). Poytaxti — Amman shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xusayn Iordaniya qiroli (boshqardi: 1952—1999)

Iordaniya — konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib (1999-yildan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoq va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.

Iordaniyaning aksar qismi sharqdan (500 m) gʻarbga tomon (1000–1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-togʻlikdan iborat. Janubidagi Ram togʻi — Iordaniyaning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning gʻarbiy qismida meridian chizigʻiga parallel holda yoʻnalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va Oʻlik dengizi (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m pastda) oʻrin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriyafalastin togʻlari qad rostlab turadi.

Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 8—14 °C, iyulda esa 24—30 °C ga toʻgʻri keladi, Hor mintaqasi hamda Iordaniyaning choʻl qismida harorat 50 °C gacha koʻtariladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqsori mamlakatning gʻarbidagi togʻlarda 500–700 mm, sharqida va Hor botigʻida 100 mm ni tashkil etadi.

Ichki suvlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doim oqib turuvchi daryolari kam boʻlib, quruqoʻzanlar va mavsumiy soylar koʻp uchraydi. Iordaniyaning gʻarbiy qismidagi togʻlarda Oʻrta dengiz qirgʻoqlariga xos nabotot xillari oʻsadi, daraxtzor va butazor koʻp. Sharqiy qismida esa, chalachoʻl va choʻl oʻsimliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. Iordaniya hayvonot olami uncha boy emas; sirtlon, choʻl tulkisi, toʻngʻiz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi koʻp. Azraq milliy bogʻi bor[2].

Mamlakat umumiy aholisining 98 % arablar; yahudiylar, armanlar, yunonlar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dogʻistonliklar, oʻzbeklar, turkmanlar ham yashaydi[3]. Rasmiy tili — arab tili. Mamlakat aholisining 90 % islom diniga, qolgan qismi xristian va yahudiy dinilariga mansubdir. Aholining 71 % shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5 % ga yaqin badaviylar boʻlib, ular koʻchmanchi hayot tarziga ega. Aholining 70 % ga yaqini xizmat koʻrsatish sohasida, 12 % ishlab chiqarish va torshon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimi[4], taʼlim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil[5].

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iordaniya muhofazalari

Iordaniya hududi 12 ta muhofazaga boʻlinadi.

Muhofaza Muhofaza
(ing.)
Maʼmuriy markazi Maydoni,
km²[6]
Aholisi,
(01.01.2012), kishi[6]
Zichlik,
kishi/km²
1 Aljun Ajlun Aljun 420 143 700 342,14
2 Aqaba Aqaba Aqaba 6 905 136 200 19,72
3 Ammon Amman Ammon 7 579 2 419 600 319,25
4 Jerash Jerash Jerash 410 187 500 457,32
5 Irbid Irbid Irbid 1 572 1 112 300 707,57
6 Maʼan Maʼan Maʼan 32 832 118 800 3,62
7 Madaba Madaba Madaba 940 156 300 166,28
8 Az-zarqa Zarqa Az-zarqa 4 761 931 100 195,57
9 Al-Balqa Balqa Es-Salt 1 120 418 600 373,75
10 Al-Kerak Kerak Al-Kerak 3 495 243 700 69,73
11 Al-Mafraq Mafraq Al-Mafraq 26 551 293 700 11,06
12 At-Tafilah Tafilah At-Tafilah 2 209 87 500 39,61
Umumiy 88 794 6 249 000 70,38

Hozirgi Iordaniya hududida dastlab xanaaneylarning somiy qabilalari yashagan. Mil. av. 1 ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1ming yillik oxirida qad. arab davlati — Nabateya podshohligi vujudga keldi. Mil. 2-asrning 30-yillaridan Iordaniya Rim, 4-asrdan Vizantiya imperiyalari, 7-asrdan Arab xalifaligi qoʻl ostida boʻldi. Iordaniyada sekin-asta arab tili va islom dini tarqala boshladi. 11 — 15-asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. 16-asrning boshidan 1918-yilgacha Iordaniya Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qoʻzgʻolonchi vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. Soʻng hozirgi Suriya hududi bilan birga amir Faysal qoʻl ostiga oʻtdi (1918). 1920-yildan Iordaniya Britaniya mandatidagi Falastinga qoʻshildi. 1921-yil Iordan daryosining sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan amir Abdulloh rahbarligida Transiordaniya amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati oʻrnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan konstitutsiya qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi davrida Transiordaniya Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga aylantirildi. 1946-yil 25-mayda Transiordaniya Iordaniya nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdullox. esa uning podshohi deb eʼlon qilindi. 1948—49 yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida Nablus, Bayt-Lahm, Quddusning sharqiy qismi Iordaniyaga qoʻshib olindi. 1967-yil iyunida Isroil Iordaniya urushi natijasida mamlakatning iqtisodiy jiqatdan eng rivojlangan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qoʻshinlari bosib oldi. Iordaniya — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil 13-fevralda oʻrnatilgan[7]. Milliy bayrami 25-may — Mustaqillik kuni (1946).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniya Xalqbirligi demokratik partiyasi, 1991-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943-yilda tuzilgan, 1951-yilgacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan; Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Base), 1947-yilda tashkil topgan, umumarab Baʼs partiyasining mintaqa boʻlimi; Islom harakati fronti, 1991-yilda asos solingan. Iordaniya kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1954-yilda tashkil topgan[8].

Iordaniya dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib borayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, asosan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmat, suv va elektr tarmogʻi, transport, kommunikatsiya va irrigatsiya tarmoklari kiradi. Iordaniya iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va sayyohlik sohalari jadal surʼatlarda rivojlanayotir. Iordaniya fosfat va ishqor (potash), mis va marganets zaxiralariga va unchalik yirik boʻlmagan neft konlariga ega. Mamlakatda konchilik, energetika, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan.

Iordaniya iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27 % ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, energetika, yoqilgʻi, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Iordaniya yuqori sifatli fosforit katlamlariga ega boʻlib, uning zaxirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga oʻrtacha 6—7 mln. tonnadan koʻproq (2000-yilda 10 mln. tonna) fosforit qazib olinadi. Iordaniya dunyoning bu qimmatli xom ashyosiga ega boʻlgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammondan 35 km uzoqlikda boʻlgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning cheklanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti boʻyicha u dunyoda AQSh va Marokashdan keyin 3-oʻrinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna boʻlib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kalsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga toʻgʻri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Iordaniyada mis rudasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganets (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bulardan tashqari, uning yeri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarflanadi va bir qismi eksport qilinadi. Iordaniyada kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada maʼdanli oʻgʻitlar zavoddi ishlaydi. Yiliga 200 ming tonna ftorli alyuminiy eritadigan, 300 tonna uran oksidi ishlab chiqaradigan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, shampunlar hamda yiliga 7 mln. tonnadan ortiq sement ishlab chiqariladi. Roshadiya, Azraq, Holidiya, Fuheysa va boshqa joylarda sement zavodlari mavjud. Neft mahsulotlari zavodlarida yiliga 4—5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bunday zavodlarning eng yirigi Az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiysi, Oʻlik dengiz atrofi, Azraq, Ruseyfa, Sarxon, Rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor.

Metallni qayta ishlash sanoati keyingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura zavodi, yiliga 10— 12 ming tonna quvur, 8—10 ming tonna alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Iordaniyada sovitkich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari ishlab turibdi.

Iordaniyada dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, toʻqimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniya iqtisodiyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5 — 6 % haydaladigan yerlardir. Bu yerlardan yiliga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon bermaydi. Qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotning 10 % ni tashkil etadi. Unda aholining 8—10 % mashgʻul. Qishloq xoʻjaligi yerlari, asosan, Iordan daryosi boʻylari va Transiordaniya yasei tepaliklari atrofida joylashgan boʻlib, sitrus mevalar, olxoʻri, olma, shaftoli, karam, bodring, baqlajon, qovun, pomidor, tamaki kabilar yetishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qoʻy va echki boqiladi, biroq yem-xashakning yetishmasligi, yaylovlarning kamligi bu tarmoqning rivojlanishiga imkon bermaydi.

Iordaniyada avtomobil, temir yoʻl, suv va havo transporti keng rivojlangan. Avtomobil transportida Ammon — Aqaba, Ammon — Quddus, Ammon— Damashq, Mafraq — Iroq chegarasi yoʻnalishidagi yoʻllar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 9 ming km. Temir yoʻl transportida esa Ammon — Suriya chegarasi, Ammon — Alhosa, Alhosa — Aqaba, Maon — Rasnaqab kabi oʻnlab temir yoʻl liniyalari mavjud. Temir yoʻl uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakatdagi yagona Aqaba portining mavqei katta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (Isroil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari oʻtgan[9].

Iordaniya chetga asosan fosfat, fosfatli va kaliyli oʻgʻitlar, ishqor, sement, marmar, akkumulyatorlar, toʻqimachilik buyumlari, parafin, lok, boʻyoqlar, tozalash moddalari (soda va sovunlar), qandolatchilik mahsulotlari, mevalar, poliz ekinlari, kimyoviy mollar chiqaradi. Chetdan mashina, asbob-uskuna, neft va neft mahsulotlari, don, goʻsht va sut mahsulotlari oladi. Ularning 15—20 % ni bugʻdoy, bugʻdoy uni, shakar, goʻsht, sut mahsulotlari, 10 — 15 % ni neft va neft mahsulotlari, 25—30 % ni mashina, asbob-uskuna, elektr jihozlari va mebel tashkil etadi. Iordaniya iqtisodiyotida sayyohlik salmoqli oʻrin egallaydi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Arab davlatlari (asosan, Saudiya Arabistoni, Iroq, Kuvayt), AQSh, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston va boshqalar. Pul birligi — iordan dinori.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniyada 6 yillik boshlangʻich va 6 yillik oʻrta taʼlim bepul va majburiydir. Oʻquv yurtlari asosan davlatga qaraydi. Xususiy maktablar ham mavjud. Aholining 75 % savodli (mustaqillikdan ilgari 80 % savodsiz boʻlgan). Maorifga har yili mamlakat byudjetining 8—10 % sarflanadi. Mamlakatda Ammon va Irbid universitetlari, bir qancha institut va kollejlar bor. Ularda oʻqish pulli. Ammonda ilmiy tadqiqotlar kengashi, Podshohlik ilmiy jamiyati, Iordaniya arab tili akademiyasi mavjud. Ammonda universitet kutubxonasi, Xalq kutubxonasi, arxeologiya muzeyi, Badiiy galereya, Mozaika muzeyi, Islom muzeyi, Xalq muzeyi ishlaydi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iordaniyada 1909-yildan boshlab gazeta chiqa boshlagan. Iordaniyada nashr etiladigan asosiy gazeta va jurnallar: „Al-Axbor“ („Yangiliklar“, kundalik gazeta, 1975-yildan), „Axbor al-Us bua“ („Xafta yangiliklari“, haftalik gazeta, 1959-yildan), „Jordan tayme“ („Iordaniya vaqti“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1975-yildan), „Al Yaqza al-Arabiya“ („Arab uygonishi“, arab tilidagi gazeta, 1991-yildan), „Al Aqso“ (Quddusdagi masjidning nomi, haftalik jurnali, 1970-yildan), „Nido al Vatan“ („Vatan chaqirigʻi“, haftanoma). Iordaniya axborot agentligi hukumatning rasmiy agentligi boʻlib, 1965-yil tashkil etilgan. Iordaniya Xoshimiylar Podshohligi radioeshittirish va telekoʻrsatuv xizmati davlatga qarashli boʻlib, 1959-yilda tashkil qilingan. Radioeshittirishlar arab, ingliz, ispan va ivrit tillarida olib boriladi. Iordaniya telekoʻrsatuviga 1968-yilda asos solingan.

Iordaniya adabiyoti 19-asrgacha umum arab adabiyoti tarkibida rivojlandi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Yusuf Ziyovuddin al-Xolidiy, Naxliya Zarriq, Xalil Baydos, Xalil al-Sakkokiniy va boshqaning maʼrifatparvarlik faoliyati kuchaydi. Birinchi „Adabiy jamoa“ (toʻgaraklar)lar paydo boʻldi. Bu davrda isteʼdodli publitsistlar yetishib chiqdi. 20-asr 1-yarmida Mustafo Vaxba at Till va Ibrohim Tukan sheʼriyatda, Najoti Sidqiy prozada milliy ozodlik gʻoyalarini ifodaladilar. Iskandar alhuri al-Baytajali asarlarida, Muhammad ashshariki, Husni Fariz, Muayyad Ibrohim al-Eroniy sheʼrlarida chuqur ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatiga bagishlangan sheʼr, hikoya, qissalar paydo boʻldi. Mahmud Sayfiddin al-Eroniy, Iso Annauri, Muhammad Adib al-Amiriy proza janrida asarlar yozishdi. Keyingi yillarda Samira Aʼzam, Abd al-Karim al Karmi (Abu Salma), Muin Bsisu, Nazxat Salom, Ismoil Abd al-Rahmon kabi yozuvchilar, Fariz al-Buhayri, Burhoniddin al-Abushiy kabi shoirlar, Fadva Tukan va Salma al Jausi kabi shoirlar lirikada samarali ijod qildilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati juda qadimgi boʻlib, dunyodagi eng koʻhna shaharlar ham Iordaniya hududida joylashgan. Bu yerlarda soʻnggi paleolit (Kilva qoyalaridagi rasmlar), neolit (xom gʻishtdan qurilgan uylar va tosh istehkomlarning krldiklari), eneolit va jez davriga oid yodgorliklar (tosh saganalar, guvala uylar, diniy inshootlar, toshtaroshlik, sopol va zeb-ziynat buyumlari) saqlangan. Mil. av. 4-asrdan eʼtiboran Filadelfiya (hozirgi Ammon), Geras (hozirgi Jerash) shaharlarini loyihalash va qurishda qadimgi meʼmorlik va tasviriy sanʼat anʼanalariga suyanildi. Mil. av. 9-asrga oid meʼmoriy va tasviriy sanʼat yodgorliklari bu oʻlkada Misr, Bobil, Ossuriya mada-niyatining taʼsiri kuchli boʻlganini koʻrsatadi. Rim hukmronligi davrida ulugʻvor ehrom, teatrlar, Vizantiya hukmronligi davrida cherkov, monastirlar qurilgan, koshinkorlik sanʼati avj olgan. Islom dini tarqalishi munosabati bilan mayejidlar qurildi, eski ibodatxonalar mayejidlarga aylantirildi (Qubbat as-Saxra, al-Aqso mas-jidi va boshqa). 8-asrda Mshatta, Xirbet al-Mafjar, Kusayr-Amra kabi hashamatli saroylar barpo etildi. Umaviylar hukmronligi davrida imoratlarni qadama naqshlar bilan bezash va turli suratlar chizish udum boʻldi. 12—14-asrlarga oid qalʼalar, qoʻrgʻonlar saqlanib qolgan. Iordaniyada 20-asrdan zamonaviy maʼmuriy va jamoat binolari koʻrila boshladi.

Tasviriy sanʼat uncha rivoj topmagan. Xalq sanʼatida badiiy matolar, kashta, gilam, guldor gazlamalar, sopol, charm, yogʻoch buyumlar tayyorlash rivojlangan.

Oʻzbekiston — Iordaniya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Urdunda xalq qoʻzgʻaldi“.
  2. BBC — Weather Centre — World Weather — Country Guides — Jordan, 2006-02-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2006-02-12 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 4 (yordam)
  3. The New Iraqi Diaspora, Hii Dunia, January 2007
  4. Doors closing on fleeing Iraqis
  5. Charlie Rose — A conversation with King Abdullah II of Jordan, 2008-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-13 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 13 (yordam)
  6. 6,0 6,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Department of Statistics
  7. Talia Einhorn The Status of Palestine/Land of Israel and Its Settlement Under Public International Law, Nativ A Journal of Politics and the Arts Vol. 1 / 2003 (Wayback Machine saytida 2011-09-01 sanasida arxivlangan)
  8. „Law No. 6 of 1954 on Nationality (last amended 1987)“ (En.). National Legislative Bodies, Jordan. Qaraldi: 9-mart 2011-yil.
  9. dv.ee — Eesti Energia начинает строить электростанцию в Иордании, 2013-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-13 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 6 (yordam)