Kontent qismiga oʻtish

Vizantiya imperiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vizantiyadan yoʻnaltirildi)
„Sharqiy“ Rim imperiyasi
lotincha: Imperium Romanum, Romania
grekcha: Βασιλεία Ῥωμαίων

imperiya

395 — 1453



Vizantiya imperiyasining bayrogʻi Paleologlar gerbi

555-yilda Justinian I hukmronligi ostidagi Vizantiya imperiyasi.
Poytaxti Konstantinopol
Til(lar)i Lotin, Yunon
Dini 380-yilgacha Rim butparastligi.
Pravoslavie (313-yilgi Milan ediktidan so`ng tolerant; 380-yildan davlat dini)
Pul birligi Solid, Dukat, Vizantiya tangasi
Maydoni 4 500 000 km² (6-asrda Justinian I hukmronligi ostida)
Aholisi 26 mln.dan (565-yil) 5 mln.gacha (1282-yil)
Boshqaruv shakli Absolyut avtokratiya
Sulola 20 dan ortiq sulolalar
Imperator
 - 330-337 Constantine I Buyuk

Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi (lotincha: Imperium Romanum; grekcha: Βασιλεία Ῥωμαίων) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (IV-XV asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon yarim orolining katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit orollari kirgan.

Poytaxti — Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili IV-VI asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan.

527-565-yillarda Imperator Yustinian I hukmronligi davrida maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazilgan. Markaziy davlat mustahkamlangan va kuchli armiya vujudga keltirilgan. Bu esa Yustinianga 533-534-yillarda Shimoliy Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, janubiy-sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini bergan. VI asrning soʻnggi oʻn yilligi va VII asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. VI asr oxiri VII asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etgan. VII asrning 70-yillarida Vizantiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasida qadimiy bulgʻorlar davlati — Bulgʻoriston barpo boʻlgan.

636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shimoliy Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar Vizantiya hududining anchagina qismini bosib oldi. VIII-IX asrlarda Vizantiya hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq X asrda yirik yer egaligi kuchayib, Vizantiya shaharlari VII-IX asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. X asr oʻrtalarida Vizantiya arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris orollarini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda Vizantiyaning taʼsiri kuchaydi. Vizantiya Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018-yil).

XII asr boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari Vizantiya hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga Vizantiya yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261-yilda Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog Vizantiya imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq Vizantiya oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453-yilda Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. XV asrning 60-yillari boshida Vizantiya imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. Vizantiya Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Vizantiyada antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va XII asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. VII asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan.

Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. Vizantiyada monastir maktablari ham bor edi. IV-VI asrlarda qadimgi davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. 425-yil Konstantinopolda barpo etilgan oliy maktab (auditoriy) boshqa oliy maktablarni siqib chiqardi. Konstantinopol auditoriysi davlat muassasasi, uning prof.lari davlat xizmatchilari hisoblanar, poytaxtda dars berish faqat ularga ruxsat etilgan. IX asr oʻrtalariga kelib, Magnavr oliy maktabi ishlay boshladi.

Bu maktab oliy dunyoviy amaldor va din peshvolarini tayyorlar edi. XII asr oʻrtalarida Konstantinopolda yuridik va falsafiy maktablar davlat muassasasi sifatida ochildi. XII asrda oliy maktabda tibbiyot fani ham oʻqitila boshladi. 1204-yildan keyin Vizantiyada oliy maktab tugatildi. Monastirlar huzuridagi maktablar davlat maktablarini tobora siqib chiqaraverdi. Bunday maktablar, odatda, muallimning vafotidan keyin yoki u quvgʻinga uchragach, yopilib qolardi. Vizantiyaning qadimgi kutubxonalari ilk davrdan nari oʻtmadi. Iskandariya kutubxonasi 391-yilda vayron etildi. Konstantinopol kutubxonasi (356-yilda asos solingan) 475-yilgi yonginda kuyib ketdi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi davr kutubxonalari haqidagi maʼlumotlar kam boʻlsa ham, imperator, patriarx, monastirlar kutubxonalari, oliy maktablarning va xususiy shaxslarning kutubxonalari boʻlganligi maʼlum. Texnikasi Vizantiyaga antik davr qishloq xoʻjaligi texnikasi (hoʻkizga qoʻshiladigan omoch va pichan yiqqich, sunʼiy sugʻorish tizimi) hamda hunarmandchiligi meros boʻlib qolgan. Bu hol Vizantiyaning dehqonchilik, zargarlik, shoyi toʻqish, hashamatli inshootlar qurish, kemasozlik (IX asrdan boshlab qiyalama yelkandan foydalanilgan) va boshqa sohalarda XII asr gacha Yevropada ilgʻor davlat boʻlib qolishiga imkon berdi; IX asrdan boshlab sirkor keramika, shisha tayyorlash (qadimgi usullar boʻyicha) rasm boʻldi.

Hunarmandchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biroq, vizantiyaliklarning ota meros anʼanalarini saqlab qolishga intilishi texnika taraqqiyotiga ozmi-koʻpmi toʻsqinlik qildi. XII asr dan boshlab Vizantiya hunarmandchiligining Gʻarbiy Yevropa hunarmandchiligi (shishasozlik, kemasozlik va hokazo)dan orqada qolishiga sabab boʻldi. XIV-XV asrlarga kelib esa, Vizantiya toʻqimachiligi italyan toʻqimachiligi bilan raqobat qila olmay qoldi. Matematika va tabiiy faylar. Vizantiyada matematikaning jamoatchilik oʻrtasidagi nufuzi oʻrta asrlarning asosiy fanlari hisoblangan falsafa va notiqlik sanʼatiga nisbatan juda past boʻlgan. IV-VI asrlardagi Vizantiya matematiklari asosan qadimgi allomalarning asarlarini sharhlash bilan mashgʻul boʻlishgan: Feon (IV asr) Yevklid va Ptolemey asarlarini chop qildirgan va sharhlagan, Ioann Filopon (VI asr) Aristotelning tabiatshunoslikka doir ilmiy asarlarini sharhlagan, Yevtokiy Askalon (VI asr) esa Arximedning shunday ishlarini sharhlash bilan shugʻullangan.

Baʼzi masalalarda Vizantiya fani antik davr faniga nisbatan bir oz ilgari siljidi: Ioann Filopon jismlarning tushish tezligi ularning ogʻirligiga bogʻliq emas, degan xulosaga keldi; Ayo Sofiya ibodatxonasini qurib mashhur boʻlgan meʼmor va muhandis trallik Anfiliy oʻt oldiruvchi koʻzgular ishiga doir yangi talqinini taklif qildi. IX asrga kelib tabiiy fanlar borasida bir oz yuksalish kuzatildi. Ixtirochi Lev Matematik birinchi marta harflardan algebraik timsollar sifatida foydalandi. Maʼlumotlarga koʻra, XII asrda arab raqamlarini joriy qilishga urinish boʻlgan boʻlsa kerak. Soʻnggi Vizantiya matematiklari sharq faniga juda qiziqishgan. Trapezund olimlari (Grigoriy Xioniad, XII asr uning izdoshlari Grigoriy Xrisokokk va Isaak Argir,XIV asr) arab va fors matematikasi va astronomiyasini oʻrganishgan. Sharq fani merosining oʻrganilishi Feodor Melitinnotaning „Uch kitobdagi astronomiya“ (1361) majmua asarining yaratilishiga yordam berdi. Kosmologiya sohasida vizantiyaliklar anʼanaviy tasavvurlarga rioya qilishgan. Ulardan baʼzilari Bibliyada keltirilgan dunyoqarashlarga ishongan boʻlsa, boshqalari Yerning sharsimonligi haqidagi taʼlimot Bibliyaga zid emas, deb hisoblaganlar. Ilmi nujum inson taqdirini osmon yoritqichlarining harakati bilan bogʻlangani uchun pravoslav ilohiyotchilari tomonidan qattiq tanqid qilindi va taʼqibga duchor boʻldi. XIV asrda Nikifor Grigora taqvim (kalendar)ni isloh qilishni taklif etdi, quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Bu taklif va bashoratlar astronomiya kuzatuvlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan.

Vizantiyada geografiyaning boshlanishiga fem (viloyat)lar, shaharlar, yepiskop boshliq maʼmuriy birliklarning rasmiy tavsiflari asos boʻldi. taxminan 535-yilda Iyerokl 64 fem va 912 shaharning tavsifini oʻz ichiga olgan „Sinekdem“ toʻplamini tuzdi. Bu toʻplam keyingi davrlarda yozilgan geografik asarlar uchun zamin boʻldi. 10-asrda Konstantin Bagryaiorodniy Vizantiya femlari tavsifini oʻz davri anʼanalari asosida tuzib chiqdi. Shu bois uning asaridagi koʻp maʼlumotlar oʻsha davrdagi mavjud maʼlumotlarga gshd. Savdogarlar, ziyoratchilarning sayohat tavsiflari ham oʻsha geografik adabiyotlar toifasiga mansub. IV asrda yozilgan muallifi nomaʼlum sayohatnomada Oʻrta dengiz batafsil bayon qilingan, portlar orasidagi masofalar koʻrsatilgan, muayyan joyda ishlab chiqarilgan tovarlar haqida gapirilgan va hokazo. Quyidagilarning sayohat tavsiflari saqlangan: savdogar Kosma Indikoplovning (6-asr) „Xristian topografiyasi“ asari (bunda umumkosmologik tasavvurlardan tashqari bevosita kuzatuv taassurotlari, Arabiston, Afrika va boshqa joylardagi turli mamlakatlar va xalqlar haqida aniq maʼlumotlar mavjud), Ioann Fokning (12-asr) Falastinga, Andrey Livadinning (XIV asr) Falastin vaMisrga, Kanan Laskarisning (XIV asr oxiri yoki XV asr boshi) Olmoniya, Skandinaviya va Islandiyaga sayohatlari tavsiflari. Vizantiyaliklar geografik haritalar tuzishni ham bilganlar.

Tibbiyoti Vizantiyada rivojlangan tibbiyot mavjud boʻlgan. IV asrda pergamlik shifokor Oribasiy tibbiy ensiklopediya yaratgan, shifokor Nikshba jarroxlik boʻyicha darslik yozgan. Konstantinopolda maxsus jarrohlik va ayollar kasalliklari boʻlimlari boʻlgan kasalxonalar tashkil etilgan, ularning huzurida tibbiyot bilim yurtlari ochilgan. Simeon Sif ovqatning xossalari haqida kitob yozgan (11-asr). Nikolay Mireps farmakopeyaga oid qoʻllanma tuzgan (13-asr). Ioann Aktuariy tibbiyotga doir asarlarida oʻzining amaliy mushohadalarini bayon etgan. Falsafasi imperiya qaror topishi va xristianlik tarqalishi tufayli (VI-VII asrlardan) paydo boʻla boshladi. Uning taraqqiyotida rasmiy cherkov aqidalari 6-n dunyoviy fan, falsafiy fikr vakillarining qarashlari oʻrtasidagi kurashning taʼsiri bor. Yunon cherkovining peshvolari Prokopiy (465—525), vizantiyalik Leontiy (475—543), Ioann Damaskin bu falsafaning oʻtmishdoshlari boʻlganlar. Vizantiya falsafasi asosan Platon — Aristotel gʻoyalari hamda asarlarini tushuntirish va tarqatishdan iborat edi; u „Kutubxona“ toʻplami (857 yilgacha)ning muallifi Fotiy (820—891)dan boshlanib, Mixail Psell (1018—78) va Nikifor Vlemmid (1272-yil v. e.) ijodida oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Keyin Italiyada Uygʻonish davrida qayta rivojlandi. Bunda V. Vissarion (1403—72), trapezundlik Georgiy (1396—1484) va boshqalarning xizmati kattadir. Vizantiya falsafasidagi irratsional oqim Simeon (1025—92) mistikasi va Nikolay Kavasila (14-asr) gʻoyalarida namoyon boʻldi. Vizantiya falsafasi oʻrta asr sxolastikasi, Italiya Uygʻonish davri va slavyan mamlakatlari, Gurjiston, Armanistondagi falsafiy fikrning rivojlanishiga katta taʼsir oʻtkazdi. Vizantiyada tarix fani bir muncha rivojlangan. Kesariylik Yevseviy qad. zamonlardan mil. 324 yilgacha boʻlgan dunyo tarixini, jumladan, Shim. Qora dengiz boʻyining tarixini bayon etishga harakat qilib koʻrdi. Kesariylik Prokopiy va Agafiy imperator Yustinian davridagi Vizantiya tarixini yoritdilar. 6— 10-asrlarda jahon tarixi voqeanavisligi Ioann Malala, Feofan Ispovednik, Feofilakt Simokatta, Georgiy Amartol kabi tarixchilarning asosiy tarixiy janrlari boʻldi. 11—12-asr oʻrtalarida vizantiyalik tarixchilar (Lev Diakon, Nikita Xoniat va boshqalar) oʻzlari shohid boʻlgan voqealarni qalamga olishga intildilar. 13-asrdan Vizantiya tarix fani inqirozga yuz tutdi. Huquqshunosligi. Vizantiya madaniyatiga xos anʼanaviylik va izchillik Vizantiya huquqshunosligida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlanadi. Rim huquqini muntazam tartibga solish, fuqarolik huquqi majmualarini tuzish bilan Vizantiya huquqshunosligiga asos solindi. Ulardan eng muhimi Corpus juris civilis („Kanonik huquq majmuasi“)dir (6-asr) — Vizantiya huquqshunosligi ayni shu majmuaga tayandi, huquqshunoslar vazifasi asosan shu majmuani talqin qilish va qayta bayon etishdan iborat boʻlib qoldi. 6—7-asrlarda Corpus juris civilis qisman lotin tilidan yunon tiliga tarjima qilindi. Mazkur tarjimalar Vasiliki qurama toʻplamining asosini tashkil etadi, undan koʻpincha hoshiyalardagi izohlari bilan birga qayta-qayta nusxa koʻchirildi. Vasilikilarga ilova tarzida xilmaxil maʼlumotnoma — qoʻllanmalar, shu jumladan „sinopsislar“ tuzilgan, ularda maqolalar huquqqa oid ayrim masalalar boʻyicha alifbo tartibida joylashtirilgan. Vizantiya huquqshunosligida Rim huquqidan tashqari cherkov soborlarining qaror (qoida)lariga asoslangan cherkov fatvolari huquqi ham oʻrganilgan. Konstantinopolda oliy huquq maktabi tashkil etilgach, 11-asrda sud qarorlari toʻplami — „Pir“ („Tajriba“)da Konstantinopol sudining tajribasi umumlashtirildi. 12-asrda Vizantiya huquqshunoslari (Zonara, Aristin, Valsamon) cherkov soborlari qoidalari talqin etilgan bir necha kitob chiqarib, unda cherkov fatvolari huquqi bilan Rim huquqini muvofiqlashtirishga urinishdi. Vizantiyada notariat ham tashkil qilingan, 13—14-asrlarda ayrim femlarning mahkamalari hujjatlar uchun mahalliy xizmat daftarchalari tuzib chiqqan.

Vizantiya Adabiyoti oʻziga xosligi, yangi shakl va janrlarning boyligi bilan ajralib turadi. Uning tarixi 3 asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davrda (4—6-asrlar) u antik adabiyot anʼanalarini davom ettirdi, ayni vaqtda unga xristian dini mafkurasi taʼsir oʻtkazdi (shoirlar Nonna, 4—5-asrlar, Agafiy, Pavel Silensiariy, 6-asr). Avliyo-anbiyolar qissasi (agiografiya) ni yaratish avj oldi. Ikkinchi davrda (7—9-asrlar) cherkov taʼsirida diniy adabiyot ustunlik qila boshladi (kritli Andrey, Ioann Damaskin, Feodor Studit). Shoirlardan Kassiya, Ioann Grammatik, Ignatiy, patriarx Fotiy dunyoviy asarlar yozishdi. Xalq ijodiyoti rivojlandi. Oxirgi, uchinchi davrda (10—15-asrlar) diniy, dunyoviy, badiiy va ilmiy adabiyotning turli janrlari rivojlandi. Imperator Konstantin VII Bagryanorodniy, Svida, Simeon Metafrasiy va boshqa shu davrning eng taniqli yozuvchilaridir. Mixail Asell, mitilenlik Xristofor (11-asr), Manuil Olobol, Manuil Fil (13— 14-asrlar) saroy adabiyoti vakillaridir. Bu davrda hajviya keng ommalashgan (12-asr).

Meʼmorchilik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vizantiya meʼmorligining rivojlangan davri 6-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Konstantinopol jahondagi yirik shaharlardan biri hisoblangan. Shahar atrofi mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralib, xandaqlar qazilgan (5-asrning 1-yarmi). Shahar markazi (Agustion maydonida Qad. Rim meʼmorligi taʼsirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, akveduklar qurilgan. Vizantiya meʼmorlik maktabida „plinfa“ (yassi keng gʻisht) koʻp qoʻllangan. Ibodatxona qurilishida bazilika uslubidan foydalanilgan. Keyinchalik bu uslub qoʻshni mamlakatlar meʼmorligiga taʼsir qilgan. Ibodat-xonalar tashqi koʻrinishi qoʻpol va ogʻir boʻlib, ichki koʻrinishi esa, aksincha, oʻta hashamdor boʻlgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; Avliyo Georgiy rotondasi, 4-asr oxirida qayta qurilgan). Konstantinopoldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi (532— 537) yuksak mahorat bilan qurilgan mahobatli inshoot boʻlib, gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosan koʻp qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo rastalari va ustaxonalar joylashgan.

7—9-asrlarda Vizantiya ibodatxona qurilishida oʻrta asr italyan meʼmorligi uslubiga xos boʻlgan renessans anʼanalari asosida inshootlarning xochsimon gumbazli mumtoz turi qoʻllangan (Nikeyadagi Uspeniya cherkovi, 7-asr; Salonikidagi Ayo Sofiya cherkovi, 8-asr). 9— 13-asrlarda binolar poygumbazidagi qalqonsimon bagʻallar tosh boʻlaklari va gʻishtdan mavjli bezakdor qilib terilib, ravoqsimon pogʻonali shaklda koshin qoplanib, rangli suratlar ishlangan [Mireleyon ibodatxonasi (turkcha Budrum jome, 930 yil), Feodor cherkovi (turkcha Kilise jome, 11-asrning 2-yarmi), Pantokrator ibodatxona majmuasi (Zeyrek jome, 12-asr) va 6.J. 14—15-asrlar meʼmoriy bezaklarida Bolqon slavyan meʼmorligi taʼsiri koʻzga tashlanadi [Salonikidagi besh gumbazli Apostol cherkovi (turkcha Souksu jome, 12—15-asrlar); pastqam P-simon shakldagi galereyali markaziy katta gumbazli xona va atrofidagi 4 burchakda joylashgan kichik gumbazli xonalardan iborat boʻlgan]. Pastki qavati bazilika shaklida, yuqori qavati esa xochsimon gumbazli koʻrinishdagi binolarning (Konstantinopoldagi Tekfur saroyi, 14-a; Mistra hukmdorlari saroyi 13—15-asrlar) intererlari bezaklarida Mistra sh. manzaralari va monastir majmualari (Afon va boshqalar) koʻrinishi aks ettirilgan.

Tasviriy sanʼati. Qad. davrdan oʻrta asrlarga oʻtish badiiy madaniyatda chuqur inqirozlarni yuzaga keltirdi; tasviriy sanʼatning ayrim turlari vujudga keldi, mavjudlari yoʻqolib ketdi. Cherkov va davlat ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan sanʼat turlari (ibodatxona tasvirlari, ikona va kitob miniatyurasi) muhim ahamiyat kasb etdi. Qadimgi ijodiy uslub oʻrniga oʻrta asrlarga xos xususiyatlar (jumladan, shartlilik) shakllandi; haykaltaroshlik inqirozga uchradi, qad. nafis shakllar yemirildi, maʼlum davrdan keyin Vizantiya sanʼatida haykaltaroshlik butunlay yoʻqolib, faqat boʻrtma tasvirlarda saqlanib qoldi. Badiiy hunarmandlik buyumlari (tosh, suyak, metall), 4—5-asrlar cherkov koshinlari (Avliyo Georgiy cherkovi, 4-asr oxiri)dagina qad. ohanglar muhim boʻlib, borliq goʻzalligini avvalgidek his etish sezilib turadi. Qad. usullar V. sanʼatida kitob miniatyuralarida takrorlandi („Iisus Navin oʻramli yozuvlari“); rang tasvirning barcha turlari diniy mavzudagi tasvirlarni ishlashga boʻysundirildi, meʼmoriy manzaralar oʻrnini mavhum hashamdor tilla zamin egalladi, tasvirlar tekis yuzali qilib ishlandi.

9— 10-asrlarda ibodatxona devoriy rasmlari doimiy bir tizimga keltirildi; devor va gumbazlar qatʼiy tartibdagi koshinkori bezaklar va freskalar bilan qoplandi, ichki bezaklarda yagona mazmunga boʻysundirilgan meʼmoriy badiiy muhit (bunga ikonalar ham kiradi) yaratildi: Ayo Sofiya ibodatxonasi (6—12-asrlar), Afina yaqinidagi Dafna monastiri (11-asr) mozaikalari, „Vladimir Momo Havosi“ ikonasi va boshqa

Kitob miniatyurasi taraqqiy etdi, bu davrda zargarlik bezagidan unumli foydalanildi, rasmlarda aniq hayotiy lavhalar, tarixiy shaxslar portretlari oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlik Galla Platsidiya maqbarasining ichki bezagi naqshli ikona va oʻymakori bezaklar (kapitel, mehrob toʻsiklari va sh.k.)da koʻzga tashlanadi. Amaliy bezak sanʼati (badiiy mato, rang-barang emal toʻsiqlar, fil suyagi va metalldan ishlangan buyumlar) yuksak darajada rivojlandi. V.ning bu davrdagi tasviriy sanʼati anʼanalari yunon oʻrta asrlar sanʼatidan oʻzlashtirilgan hamda Markaziy, Sharqiy va Jan. Yevropa mamlakatlarida bir qancha milliy badiiy maktablarning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Vizantiya dunyoviy teatri antik teatrning vorisi boʻlgan. 4-asrda Konstantinopolda 4 ta teatr bor edi, mim va pantomima (soʻzsiz, imo-ishorali) hangomalar hamda dolzarb mavzudagi tomoshalar koʻrsatilardi. Cherkov tomosha koʻrsatishni xristian diniga dushman, maʼjusiylik unsuri deb hisoblab, V.dagi antik teatr anʼanalarini yoʻqotib, aktyorlarni xristian jamoalaridan chiqarib yubordi. Teatr inshootlari buzib tashlandi, drama asarlarining qoʻlyozmalari yoʻq qilindi. Cherkov mimlarga ayniqsa shafqatsizlik qildi, ammo ularning anʼanalari xalq ommasi orasida davom etaverdi. Vizantiya cherkovi diniy targʻibot maqsadida Bibliya va ibodat rasm-rusumlari ruhidagi dramalarni avj oldirdi.

Vizantiya dunyoviy professional musiqasida saroy bayram — ibodatlarida tabrik soʻzlari koʻpchilik tomonidan qiroat bilan aytilishi (akklamatsiya), sheʼriy parchalar cholgʻular joʻrnavozligida jimjimador ohanglarda kuylanishi (evfemiya) hamda tantanali tadbirlarda kupovozli madhiya (polixromiya)larni ijro etish keng tarqalgan. Sozlardan gidravlos (suv organi), truba, simbala, keyinchalik pnevmatik organ kabilar mashhur boʻlgan. Diniy musiqada Bibliya matnlarini bir ovozda, joʻrsiz, oʻziga xos ohang bilan oʻqish (psalmodiya), 4-asrdan boshlab xalq ohanglariga yaqin boʻlgan badiha (tropar)lar, kuyi rivojlangan falsafiy lirik qoʻshiq (gimn)lar asosiy oʻrin egallagan. 5—6-asrlarda yashagan shoir va musiqachi Roman Xushxon shaklan rivojlangan asar (kondaklar)lar yaratgan. Ioann Damaskin (7— 8-asrlar) diniy madhiyalarning eng atoqli muallifidir. 9-asrgacha Yevropada peshqadamlik qilgan Vizantiya musiqasi keyinchalik inqirozga uchragan. Soʻnggi davr sanʼatkorlaridan Ioann Kukuzel (14—15-asrlar) musiqa nazariyotchisi hamda madqiyalar muallifi sifatida mashhur boʻlgan.

Vizantiyaning madaniyati, fani, sanʼati, maorifi va adabiyoti Osiyo, Shim. Afrika, Yevropadagi koʻpgina mamlakatlarning madaniy taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Shu sababli Vizantiya madaniy merosi olimlar tomonidan hamon oʻrganib kelinmoqda (qarang Vizantiyashunoslik).

Vizantiya imperiyasi, Vizantiya, Sharqiy Rim imperiyasi (3951453) — 395-yilda Theodosius Ining oʻlimidan Rim imperiyasining gʻrbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach Gʻarbiy Rim imperiyasi yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani Qadimgi Rimning tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi sifatida qoldirdi.[1][2]

„Rim“ va „Vizantiya“ni ajratish zamonaviy rasm sanalsada, boʻlinish muddatini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Shunga qaramasdan bir nechta muhim sanalar mavjud. 285-yilda imperator Diocletian Rim imperiyasi boshqaruvini gʻarbiy va sharqiy boʻlaklarga ajratdi.[3] 324-330-yillar orasida imperator Constantine I asosiy poytaxtni Rimdan Konstantinopolga koʻchirdi. Shahar „Konstantinopol“ („Constantine shahri“) yoki „Nova Roma“ („Yangi Rim“)ga aylandi.{{#tag:ref|The first instance of the designation "New Rome" in an official document is found in the canons of the First Council of Constantinople (381), where it is used to justify the claim that the patriarchal seat of Constantinople is second only to that of Rome.[4] Imperator Theodosius I davrida nasroniylik imperiyaning davlat diniga aylandi. Boʻlinishning oxirgi davri imperator Heraclius hukmronligida yangi imperiyada yangi harbiy va boshqaruv tuzilishlarini joriy etib, lotin tili oʻrniga yunon tilini davlat tiliga oʻzgartirgach boshlandi.[5] Bu oʻzgarishlarning sababi Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikadagi koʻplab yunon tilida soʻzlashmaydigan hududlar kuchayib borayotgan Arab xalifaligi tomonidan bosib olinib, imperiya faqat yunon hudularidan iborat boʻlib qolayotganligi edi. Shunday qilib Vizantiya qadimgi Rimdan lotin madaniyati oʻrniga yunon madaniyatiga va Rim butparastligidan pravoslaviega oʻtganligi bilan farq qiladi.[6]

Justinian I hukmronligi davrida (527-565-yillar) imperiya gʻarbiy imperiyaga tarixan tegishli boʻlgan Shimoliy Afrika, Italy va Rimni egallab oʻzining tarixidagi choʻqqisiga chiqqan. 6-asr oʻrtalaridagi Justinian vabosi davrida imperiya aholisining uchdan bir qismi qirilib ketib harbiy va moliyaviy muammolarga sababchi boʻldi. Shunday boʻlsa ham, imperator Maurice davrida imperiyaning sharqiy chegaralari kengaytirilib, gʻarbiy chegaralari barqarorlashtirildi. 602-yilda Mauricening oʻldirilishi imperator Heracliusning gʻalabalariga qaramasdan imperiya ishchi kuchi va resurslarini kamaytirgan sosoniylar Eroni bilan yigirma yillik urushga sabab boʻldi. Bu urushda imperiyaning kuchsizlanishi 7-asrdagi Vizantiya-Arab urushlaridagi magʻlubiyatlarga sabab boʻldi. Bu magʻlubiyatlarda imperiya katta hududlarni yoʻqotdi. Bu omadsizliklarga qaramasdan imperiya 10-asr davomida Macedonian sulolasi boshchiligida tuzalib, yana Yevropaning va Oʻrta Yer dengizining eng kuchli davlatiga aylandi. 1071-yildan soʻng imperiyaning yuragi sanalgan Kichik Osiyoning katta qismi Saljuqiy turklar tomonidan egallandi.

-XII asrdagi Komninlar restavratsiyasi imperiyaga yerlari va qudratini qaytardi. Lekin imperator Manuel I Komnin oʻlimi va Komninlar sulolasining XII asr oxirida tugashidan soʻng imperiya yana pastga shoʻngʻidi. Imperiya yoʻq qiladigan zarba 1204-yilda To`rtinchi salib yurishida Konstantinopol egallanib, vayron etilganda va Vizantiya bir-biriga raqobatchi yunon va lotin davlatlariga boʻlib yuborilganda berildi. 1261-yilda Konstantinopol va Imperiya Paleolog imperatorlari tomonidan qayta tiklanishiga qaramay imperiya avvalgi qudratini tiklay olmadi. Shunga qaramay, bu davrlar imperiya madaniyati eng yuksalgan davrlar boʻlgan.[7] XIV asrdagi toʻxtovsiz fuqarolar urushlar imperiya kuchini yoʻqotdi va uning qolgan hududlari 1453-yilda Konstantinopol qulaguncha davom etgan Vizantiya-Usmonli urushlari davomida Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olindi.

  1. Halsall, Paul „Byzantium“. Fordham University (1995). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
  2. Millar 2006, ss. 2, 15;James 2010, s. 5: „But from the start, there were two major differences between the Roman and Byzantine empires: Byzantium was for much of its life a Greek-speaking empire oriented towards Greek, not Latin culture; and it was a Christian empire.“
  3. Treadgold 1997, s. 847.
  4. Benz 1963, s. 176.
  5. Ostrogorsky 1969, ss. 105–107, 109; Norwich 1998, s. 97; Haywood 2001, ss. 2.17, 3.06, 3.15.
  6. Andoza:1a1=Millar
  7. Cameron 2006, ss. 54–61.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil