Kontent qismiga oʻtish

Saljuqiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saljuqiylar sulolasidan yoʻnaltirildi)

Saljuqiylar (1038-1308) — Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola. Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.

Sirdaryoning quyi oqimi – Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan.Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chaqirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, asta-sekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat:

Saljuqiy sultonlar roʻyxati
Ismi Hukmronlik davri Yillarda Hududi
Togʻrulbek 1038–1063-yillar 25 yil Xuroson
Alp Arslon 1063–1072-yillar 9 yil Xuroson
Malikshoh 1072–1092-yillar 20 yil Xuroson
Mahmud 1092–1094-yillar 2 yil Xuroson
Barqiyoruq 1094–1104-yillar 10 yil Xuroson
Malikshoh II 1104–1105-yillar 1 yil Xuroson
Gʻiyosiddin Muhammad 1105–1118-yillar 13 yil Xuroson
Sanjar 1118–1157-yillar 39 yil Xuroson
Kavurbek 1041–1073-yillar 32 yil Kermon
Kermonshoh 1073-yil 1 yil Kermon
Xusayn 1073–1074-yillar 1 yil Kermon
Sultonshoh I 1074–1085-yillar 11 yil Kermon
Turonshoh I 1085–1097-yillar 12 yil Kermon
Eronshoh 1097–1101-yillar 4 yil Kermon
Arslonshoh I 1101–1141-yillar 40 yil Kermon
Muhammadshoh I 1141–1156-yillar 15 yil Kermon
Toʻgʻrulshoh 1156–1167-yillar 11 yil Kermon
Bahromshoh 1167–1168-yillar 1 yil Kermon
Arslonshoh II 1168-yil 1 Kermon
Turonshoh II 1168–1174-yillar 6 yil Kermon
Muhammadshoh II 1174–1187-yillar 13 yil Kermon
Muborak 1187-yil 1 yil Kermon
Tutush 1074–1095-yillar 21 yil Shom
Ridvan 1095–1113-yillar 18 yil Shom (Halab)
Dukak 1095–1104-yillar 9 yil Shom (Damashq)
Alp Arslon Arxas 1113–1114-yillar 1 yil Shom (Halab)
Sultonshoh 1114–1117-yillar 3 yil Shom
Maxmud 1118–1131-yillar 13 yil Iroq
Dovud 1131–1132-yillar 1 yil Iroq
Toʻgʻrul I 1132–1133-yillar 3 yil Iroq
Masʼud 1133–1152-yillar 19 yil Iroq
Malikshoh 1152–1153-yillar 1 yil Iroq
Muhammad 1153–1159-yillar 6 yil Iroq
Sulaymonshoh 1159–1161-yillar 2 yil Iroq
Arslonshoh 1161–1177-yillar 16 yil Iroq
Toʻgʻrul II 1177–1194-yillar 17 yil Iroq
Sulaymon I 1077–1086-yillar 9 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon I 1086–1107-yillar 21 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Malikshoh I 1107–1116-yillar 9 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud I 1116–1156-yillar 40 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon II 1156–1188-yillar 32 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Malikshoh II 1188–1192-yillar 4 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav I 1192–1200-yillar 8 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Sulaymon II 1200–1204-yillar 4 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon III 1204–1205-yillar 1 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kaykovus I 1210–1219-yillar 9 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Alouddin Kayqubod 1219–1236-yillar 17 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav II 1236–1245-yillar 9 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kaykovus II 1245–1247-yillar 2 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Qilich Arslon IV 1257–1265-yillar 8 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayxusrav III 1265–1283-yillar 18 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud II 1283–1296-yillar 13 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Kayqubod 1296–1307-yillar 11 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
Masʼud III 1307–1038-yillar 1 yil Koʻniya (Anatoliya, Rum)
  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil