Kontent qismiga oʻtish

Qoraxoniylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoraxoniylar xoqonligi 1025-yil
Taraz yaqinidagi Oysha bibi maqbarasi
Osiyo 1200-yilda
Qirg'izistonning O'zgen shahridagi Qoraxoniylar maqbarasi 11-12-asr

Qoraxoniylar, xoniylar, xoqoniylar — Qoraxoniylar davlatini 840-1212-yillarda boshqargan turkiy xoqonlar sulolasi.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Q." iborasi shartli ravishda sulola nomi sifatida qoʻllanilib, davlat hukmdorlari "qoraxon" — buyuk xon unvoni bilan yuritilgan. Shu bois sharq-shunos olim V.V.Grigoryev sulolaga "Q.", deb nom bergan va u ilmiy adabiyotlarda mustahkam oʻrnashib qolgan. Q.ning yirik vakillari: Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (859 — 955), Muso ibn Abdulkarim (955—970), Hasan ibn Sulaymon (977—992), Ahmad ibn Ali Arslonxon (998—1017; hokimiyat amalda ukasi Nasr ibn Ali qoʻlida boʻlgan, u Movarounnahrni bosib olgan), Mansur ibn Ali (1017—26), Ibrohim ibn Nasr Tamgʻachxon (1040—70), Ars-lonxon Muhammad ibn Sulaymon (1102—30). 1130-yildan saljuqiylarga, 1140-yillar boshida qoraxitoylarga qaram boʻlgan. Q.ning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohim 1212-yil Muhammad Xorazmshoh tomonidan agʻdarilib qatl qilingan.

"Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo boʻlgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.

940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi va yangi sulola tuzishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Abdulkarim Sotuk Bug'roxon Islom dinini qabul qiladi va <<Doslan Qoraxon>> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.

Sulolaning buyuk xonlaridan biri Bog'raxon edi, Islom olamida Xorun oti bilan shuxrat topgan edi. U Movarounnahr taxtini somoniy Nuhdan olib qo'yadi, uning merosxo'ri buyuk Ilekxon esa, Somoniylar davlatini yo'q qiladi.

Qoraxoniylarning poytaxtlari Bolasogun, Taraz, Qoshgʻar shaharlari boʻlgan, Gʻarbiy Qoraxoniylar davlat poytaxti esa Samarqand shahri boʻlgan. Qoraxoniylar xoqonligiga kuchayib kelaytogan Xorazmshohlar imperiyasining sultoni Muhammad Alovuddin yakun yasaydi. Yettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asrning ikkinchi yarmida turli turkiy qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari bilan ulug'langan. Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham deb yuritilgan. Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955) uning vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Yettisuv o’lkalari egallanadi.

Somoniylar davlatini qoʻshib olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr yerlarini ham butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz yengib, ikki bor (992 va 999-yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining so’nggi vakili Ismoil al-Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi.

Qoraxoniylar davlatini boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shohi Zinda majmuasi, Samarqand, 11 - 15 asrlar

XI asr o’rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo’linib ketdi: Markazi Samarqand bo’lgan, Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik; Markaziy Bolasog’un bo’lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Yettisuv va Qoshg’ar yerlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik. Qoraxoniylarning davlat boshqaruv tizimi bosh vazir devoni 􀂾 Devoni mustovfiy 􀂾 Devoni mushrif 􀂾 Devoni barid 􀂾 Devoni amid 􀂾 Devoni ushrot 􀂾 Devoni vaqf 􀂾 Voley-bek. Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil tarzda idora qilingan (masalan, Samarqand, Buxoro, Yettisuv va boshq.). Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Ayniqsa xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar bilan ko’p bor urush harakatlari olib borilgan.

Qoraxoniylar davlati XII asrda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xususan, saljuqiylarning so’nggi podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmdori Arslonxon (1102-1130)ning zaiflashib qolganligidan va mahalliy ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi. Shundan so’ng Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar. Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan bostirib kelgan Qoraxitoylar ta’siriga tushib qoladi.Faqat 1211-yilga kelib, ya’ni Xorazmshoh Alouddin Muhammad (1200-1220) davrida Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi rasmiy boshqaruvi butunlay barham topadi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida bir qator muhim o’zgarishlar yuz beradi. Birinchidan, Qoraxoniylar o’lkani zabt etgach, bu yerda ko’p asrlardan buyon hukm surib kelgan yerga egalik qilishning muhim shakli – dehqon mulkchiligini tugatib, bu mulklarni davlat tasarrufiga oladilar. Bu mulklar o’z navbatida qoraxoniylarga tobe bo’lgan sodiq amaldorlar, harbiy lashkarboshilar, davlat xizmatchilari yoki ularga yon bosgan yuqori ruhoniylar, din peshvolariga mulk qilib beriladi. “Dehqon” tushunchasi shundan boshlab amalda yerni ishlovchi, unda mehnat qilib kun kechiruvchi ijtimoiy toifa maqomiga ko’chdi. Ikkinchidan, Qoraxoniylar davriga kelib yer-mulkka egalik qilishning “iqto’” va iqtodorlik munosabatlari yanada chuqur ildiz otadi. Iqtodorlar o’z tasarrufidagi hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlar evaziga katta daromadlar olganlar. Uchinchidan, O’rta Osiyo hududlarining Qoraxoniylar davlati tarkibiga o’tishi yerli aholi etnik tarkibida ham muhim o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Qoraxoniylar hokimiyatining bu hududga yoyilishi ayni zamonda sharqiy hududlardan turkiy qavmlar, elatlarning bu yerlarga kelib, o’rnashib, o’troqlashuviga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, shubhasiz, o’zbek xalqining etnik shakllanish jarayoniga ta’sir etadi. Ayni chog’da turkiy tilning iste’mol doirasi to’xtovsiz kengayib bordi. Shu bilan birga bu tilning mahalliy xalq, elatlarning adabiy tili sifatidagi mavqei va maqomi ham tarkib topib bordi. Go’zal va nafis qadimgi turkiy, ya’ni eski o’zbek adabiyotining yuksak badiiy namunalari hisoblangan Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiylarning betakror ijodiyoti bunga yorqin dalil bo’la oladi.

Qoraxoniylar sulolasi

Bilga Kul Qodir xoqon (850 - 880)
Bozir Arslonxon (? - 910)
Ogʻulchak Arslonxon (910 - 920)
Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon (920 - 955)
Muso Bug‘roxon (955 - 958)
Sulaymon Arslonxon I (968 - 970)
Ali Arslonxon I (970 - 998)
Ahmad ibn Ali Arslonxon (998 - 1017)
Mansur ibn Ali (1017 - 1024)
Ahmad Togʻonxon II (1024 - 1026)
Yusuf Qodirxon (1026 - 1032)
Sulaymon Arslonxon II (1032 - 1040)

Sharqiy
Qoraxoniylar davlati

Sulaymon Arslonxon II (1032 - 1056)
Muhammad Bug‘roxon (1056 - 1057)
Ibrohim Bug‘roxon I (1057 - 1059)
Mahmud Toʻgʻrulxon (1059 - 1074)
Umar Toʻgʻrulxon (1074 - 1075)
Xorun Bug‘roxon II (1075 - 1102)
Jabroil Qodirxon (1102 - 1103)
Ahmad Arslonxon II (1103 - 1128)
Ibrohim Bug‘roxon II (1128 - 1156)
Muhammad Bug‘roxon III (1156 - 1180)
Yusuf Tamg‘achxon II (1180 - 1205)
Muhammad Bug‘roxon IV (1205 - 1211)

G‘arbiy
Qoraxoniylar davlati

Ibrohim ibn Nasr (1040 - 1068)
Shamsulmulk (1068 - 1080)
Xizrxon (1080 - 1087)
Ahmadxon ibn Xizrxon (1087 - 1089)
Yoqubxon‎ (1089 - 1095)
Masudxon I‎ (1095 - 1097)
Sulaymon Tamg‘achxon (1097)
Mahmudxon I‎ (1097 - 1099)
Jabroil Qodirxon (1102 - 1103)
Arslonxon Muhammad (1102 - 1130)
Nasr II (1128 - 1129)
Ahmad Qodirxon III (1129 - 1130)
Al-Xasan (1130 - 1132)
Ibrohim Bug‘roxon II (1132)
Mahmudxon II (1132 - 1141)
Ibrohim Tamg‘achxon III (1141 - 1156)
Ali II (1156 - 1160)
Masudxon I‎‎I (1160 - 1170)
Nasr III (1170 - 1171)
Muhammad Tamg‘achxon III (1171 -1178)
Ibrohim ibn Husayn (1178 - 1202)
Usmon ibn Ibrohim (1202 - 1212)

Qoraxoniylar
Farqona kagʻonligi

Nasr-tegʻin (1013)
Mansur Abul Muzaffar (1013 - 1024)
Mohammed Ain ad-Davla (1041 - 1052)
Ibrohim (1059)
Abd al-Mumin (-)
Ali (-)
al-Xasan (-)
Xuseyn Jalol (1132 - 1156)
Maxmud Togan-xon (1156 - 1164)
Ibrohim Arslan-xon (1164 - 1178)
Nasr (1178 - ?)
Mohammed (? - 1182)
Qodir-xon (? - 1209)
Maxmud (? - 1213)