Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Grigoryev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vasiliy Vasilyevich Grigoryev [1816.15(27)3- 1881.19.(31). 12] - sharqshunos.

Rossiya FA muxbir aʼzosi (1853), sharq adabiyoti dri (1863). Grigoryev Rossiyada birinchi boʻlib Sharq tarixi boʻyicha universitetda maʼruzalar qilgan. Rus tarixchilari orasida birinchilardan boʻlib Oʻrta Osiyo xalklari tarixi va madaniyatini oʻrganishga kirishgan.G. — 200 ga yaqin asar muallifi. Ilmiy ishlari orasida saqlar, Yunon-Baqtriya podsholigi, arab sayyohi Abu Dulafning Movarounnahrga sayohati, Xiva, Buxoro va Qoʻqon xonliklari haqidagi asarlari ilmiy qimmatga ega. Grigoryev ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bir qatorda 35 yildan ortiq (1844 — 80) Tashqi ishlar vazirligida xizmat qilgan, jumladan Oʻrta Osiyo xonliklari va qirgʻizlar bilan ish olib boruvchi Orenburg chegara komissiyasi (1854 — 1863) va Davlat matbuot ishlari Bosh boshqarmasi (1874 — 1880) boshligʻi boʻlib ishlagan. Grigoryev oʻzining maʼmuriy faoliyatida podsho Rossiyasining siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil