Kontent qismiga oʻtish

Konstantinopol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konstantinopol - Vizantiya imperiyasi poytaxti bo'lgan shahar. 324— 330 yillarda Konstantin I tomonidan asos solingan va imperator sharafiga "Konstantinopol" — "Konstantin shahri" deb nom qoʻyilgan. 330 yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa (Konstantinopolga) koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib kelinishi Konstantinopolning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. 4-salib yurishi davri (1202—1204)da salibchilar tomonidan talandi. Konstantinopol 1204—1261 yillarda Lotin imperiyasi poytaxti bo'lgan. 1261-yil vizantiyaliklar genuyaliklar bilan ittifoq, tuzib, shaharni qaytarib oladilar. 1453-yil 29-mayda uni Usmonli Turklar sultoni Sulton Mehmet Fotih egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirdi, keyinchalik Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya davlati poytaxti boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil