Kontent qismiga oʻtish

Qadimgi Rim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qadimgi Rim

Bu andoza bir qismdan iboratdir:
Siyosat va hukumat:
Qadimgi Rim


Periode

Rim qirolligi
Mil. av. 753 — Mil. av. 509
Rim respublikasi
Mil. av. 509 — Mil. av. 27
Rim imperiyasi
Mil. av. 27 — 1453
Trapezund imperiyasi
1204 — 1461
Prinsipat
Dominat
Xronologiya

Rim konstitutsiyasi

Rim qirolligini konstitutsiyasi
Rim respublikasining konstitutsiyasi
Rim imperiyasining konstitutsiyasi
Kechki Rim imperiyasining konstitusiyasi
Qadimgi Rim konstitutsiyasining tarixi
Senat
Majlis
Magistratlar

Oddiy magistratlar
Oliy magistratlar
Unvonlar va izzatlar
Imperator
Presedent va qonun
Majlislar

Rim, Qadimgi Rim — qadimgi davlat. Rivoyatga koʻra, Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754--753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda VIII-VI asrlarda hukmronlik qilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi III asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan Rim yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu Rimni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushidan soʻng miloddan avvalgi 146-yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan Rim, Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. Rimning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi I asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab Rim imperiyaga aylangan. Milodiy II asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476-yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan.

Tarbiya va maori f. Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 5-asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Milodiy 1-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362-yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. Rim shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi.

Din va mifologiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning, Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Masalan, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi 3-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dekabrda bayram oʻtkazilgan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi 1—milodiy 1-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham topdi.

Kolizey

Ellinizm davri Yunoniston falsafasi taʼsirida rivoj topdi. Rim falsafasining ilk davri polis mafkurasining inqirozi bilan bogʻliq boʻlib, bu paytlarda tafakkur din va mifologiyadan xalos boʻldi (miloddan avvalgi 3—1-asrlar). Kar Lukretsiy (miloddan avvalgi 99 —55)ning „Narsalarning tabiati haqida“ poemasida Epikur (miloddan avvalgi 342— 270) taʼlimotini yokladi, atomistik materializmni sheʼriy shaklda tavsifladi, mayda zarralar — atomlardan tashkil topgan olam hamisha harakatda deb taʼkidladi, uning bu asari materializm rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Imperiya vujudga kelgan davr (miloddan avvalgi 1-asr — milodiy 1-asr)da imperiya va imperator shaxsiyati ilohiylashtiriddi, 4— 5-asr faylasuflari Platon va Aristotel asarlarini tashviq qildilar.

Tabiiy — ilmiy qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rim respublikasi davrining lotin ilmiy adabiyoti yodgorliklari juda ham kam. Miloddan avvalgi 1-asrda Aristotel asarlariga sharxlar yaratilgan. 1-asr oxirlarida astronomiya va matematikaga qiziqish ortgan. Ptolemeyning mashhur „Almagest“ asarida (2-asr) olamning geotsentrik sistemasi bayon etildi. Sharqda astrologiya keng tarqalgan. Diafantning „Arifmetika“ (taxminan 3-asr), 3—4-asrlarda Papp Aleksandriyskiyning „Matematika toʻplami“ asarlari mashhur boʻlgan. Ilmiytexnika adabiyotlari, asosan, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, harbiy texnikaga bagishlandi. Miloddan avvalgi 1-asr oxirida Vitruviyning „Arxitektura haqida 10 kitob“ asari shuhrat qozondi. Harbiy texnika sohasidagi boy tajriba: lager va qalʼalar qurish masalalari adabiyotlarda yoritildi. Tibbiyot bilan bogʻliq ravishda botanika rivoj topdi. Dioskoridning 600 dorivor oʻsimlik haqidagi bayoni oʻrta asrlarda ham keng foydalaniddi. Vrach, anatom, fiziolog Galen butun Yevropada tibbiyot rivojida katta rol oʻynadi. Ilmiy adabiyotlar qiziqarli qilib badiiy yozilganligi bilan ham diqqatga sazovor. R. davlatining hududiy oʻsishi miloddan avvalgi 3—1-asrlarda geografiya bilimlari taraqqiyotiga imkon berdi. Imperator Avgust davrida jahonning katta geografik haritasi ishlandi. Miloddan avvalgi 37 yilda 1jamoatkutubxonasi tashkil qilindi, imperiyaning oxirgi asrida ularning soni 28 taga yetdi.

Qadimgi Rim. Tsitseron Katilinani qoralamoqda. Sezare Maccari surati

Huquq fani. Qadimgi R.da miloddan avvalgi 3-asr va milodiy 3-asrlarda huquq keng rivoj topib, qonunlar yaratishda yuristlar katta rol oʻynadilar. 1—3-asrlarda turli ijtimoiy tabaqalarning qarashlarini aks ettirgan 2 huquq maktabi — respublika tuzumi tarafdorlari bilan prinsipat tarafdorlari oʻrtasida kurash davom etdi, bu noahillik sud ishlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Avgustdan boshlab imperatorlar yirik yuristlarni hal qiluvchi ovozga ega qilib, yuridik konsultatsiyalarni ularga topshirdilar. Imperator xizmatida boʻlgan bu yuristlar oʻz navbatida imperatorlarning cheksiz huquklarini himoya qildilar (yana qarang Rim huquqi).

Tarix fani rivoji yilningmuhim voqealari tavsiflangan annallardan boshlanadi. Miloddan avvalgi taxminan 130-yilda annallar 80 kitobdan iborat boʻlib „Katta annallar“ nomi bilan tayyorlangan. Ilk tarixchilar annalchilar deb atalgan. Dastlabki yetuk tarixchi Polibiy (miloddan avvalgi 2-asr) Yunoniston, Makedoniya, Kichik Osiyo, Suriya, Karfagen va Rimning 40 kitobdan iborat tarixini yaratdi. Tit Liviyning „Rim tarixi“, Yuliy Sezarning Galliya urushlari, fuqarolar urushi haqidagi kitoblari, Sallyustiy, Korneliy Nepot (miloddan avvalgi 1-asr) kabi sarkardalarning koʻp sonli biografik asarlari maʼlum. Imperiya davrida Korneliy Tatsit (1—2-asr boshlari) badiiydidaktik ruhdagi „Annallar“ va „Tarix“ (Avgustning vafotidan Domitsianning vafotigacha, 14 yildan 96 yilgacha boʻlgan voqealar) nomli asarlarini yaratdi. 2-asr boshlarida tarixiybiografik janr rivojlandi. Plutarx, imperator Adrianning kotibi boʻlgan Svetoniylar atoqli kishilarning biografiyalarini yaratdilar. Yunon tarixchilaridan Appian (2-asrning 2-yarmi) Rimdagi fuqarolar urushi tarixini, Dion Kassiy kad. davrlardan 229 yilgacha boʻlgan Rim tarixini yaratdilar. Antik davrning soʻnggi yirik tarixchisi Ammian Marsellin (4-asr) imperator Yulian davri tarixiga oid asarlari bilan mashhur. Imperiyaning soʻnggi davrida xristian tarixchiligi vujudga keldi.

Rimning eng qad. namunalari (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) saqlanmagan. Keyingi maʼlumotlarga qaraganda u davrlarda sheʼriyat (ibodat, nikoh qoʻshiqlari, marsiyalar) asosiy oʻrin egallagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxirlaridan Rimlirikasining ilk asarlari maydonga keldi. Shu davrlarda yaratilgan asarlardan Plavt va Terentiy komediyalari toʻla saqlangan. Sitseron faoliyati Rim adabiyoti uslubining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Lukretsiy, Katull muhabbat va doʻstlik mavzularidagi sheʼrlari bilan tanildilar. Imperiyaning ravnaqi va inqirozi davri (1—3-asr)da Rim madaniyati Yunon madaniyati bilan parallel, lekin mustaqil rivojlandi. Bu davrda Ovidiy „Muhabbat ilmi“, „Metamorfozalar“ kabi oʻlmas asarlari bilan Rim adabiyoti rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Adabiyot yangi uslublar bilan boyidi. 4—5-asrlarda xristian adabiyoti rivojlandi.

Teatr sanʼatining vujudga kelishi hosil bayramlari tantanalari bilan bogʻliq. Miloddan avvalgi taxminan 33 yillarda xalq hajviy tomoshalari vujudga kelgan. Bunday tomoshalar — atellanalar koʻpincha 4 doimiy personajdan iborat boʻlib, dastlabki paytlarda niqob kiygan yoshlar, keyinchalik professional artistlar ijrosida namoyish qilingan. Miloddan avvalgi 240 yillarda yunon originallari asosida ilk dramalar, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Miloddan avvalgi 2—1-asr boshlarida kuyi tabaqalarga mansub Rim fuqarolarining hayoti aks ettirilgan tomoshalar koʻrsatila boshladi. Ilk tosh teatr binosi miloddan avvalgi 55—52 yillarda kuriddi. Artistlar ozod qilinganlar va qullardan iborat boʻlib, truppalarga uyushgan. Erkaklar ayol rollarini ham bajarishgan. Respublikaning soʻnggi asrida tragik aktyor Ezop va komik aktyor Rossiy shuhrat qozongan. 1—2-asrlarda raqslar sahnalashtirildi, siyosiy voqealarga oid tomoshalar ham koʻrsatila boshladi. Asta-sekin maishiy kichik kurinishlar murakkab syujetli spektakllarga aylana bordi. Sirklarda tomoshalar, amfiteatrlarda gladiatorlarning janglari bilan bir katorda ovchilarning hayvonlar bilan olishuvlari, ommaviy ov lavhalari, dengiz janglari va boshqa ham koʻrsatila boshladi. Imperiya davrida badiiy dramalar oʻrniga qon toʻkiladigan tomoshalarga ishtiyoq kuchaydi. R. teatri, ayniqsa, dramaturgiyasi jahon teatri va dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Ellinizm madaniyati taʼsirida rivojlangan Rim musiqasida tantanavor (galaba bilan bogʻliq), toʻy, ziyofat, diniymarosim qoʻshiqlari boʻlgan. Imperiya davrida poytaxtga koʻp mamlakatlardan ijrochilar (yunon, suriya va bobillik sozandalar, aleksandriyalik ashulachi, andalusiyalik raqqosalar va hokazo) toʻplangan. Rimda puflama sozlardan tibiya (lot. avlos), buksina, tuba va boshqa, torli sozlardan kifara, arfa tipidagi psalterium trigonon (uchburchak arfa), sambika, lira turlaridan barbitos, pektis, magadis, urma sozlardan kimvol va boshqa, shuningdek, gidravlos boʻlgan. Qad. Rim cholgʻu musiqasi rivojida teatr janri — pantomima muhim rol oʻynagan. Sirk va teatr aktyorlari katta xor ansambllari, orkestrlar joʻrligida chiqishgan. Harbiy legionlarning puflama sozlar orkestrlari boʻlgan. Shoir, ashulachi va sozandalar musobaqalari oʻtkazilgan.

Rim tasviriy va amaliy bezak sanʼati antik badiiy madaniyatning soʻnggi, yakunlovchi davri hisoblanadi. R.da arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatida realizm kuchaydi, ularda Yunoniston sanʼatidagidek afsona (mif)lar emas, tarixiy shaxslar, voqealar koʻproqaks ettirildi. R. sanʼatining qad. davrida Etruriya sanʼatining taʼsiri kuchli boʻldi. Puni urushlari va oxirgi respublika davri (miloddan avvalgi 31-asrlar) sanʼatida Buyuk Yunoniston (Janubiy Italiya) va rimliklar istilo qilgan sharqiy yunon shaharlari sanʼati bilan uygʻunlikda rivoj topdi. Binolar ulugʻvor qurildi, turar joylar tabiatga yaqinlashtirilib barpo qilina boshladi (ayniqsa, shahardan tashqaridagi villalar), miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab betondan foydalanildi, bu binolarni arzon va tez qurishga, shakllari turlituman boʻlishiga imkon berdi. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda tomoshaxonalar, teatrlar takomillashtirildi, tomoshabinlar oʻtiradigan joylar galereya, zinapoyalar bilan sahnadan, tomosha koʻrsatiladigan maydonidan ajratildi.

Tasviriy sanʼatda miloddan avvalgi 3—1-asrlarda portret haykal rivoj topdi, shaharlar rasmiy kishilar va qahramonlarning haykallari bilan bezatildi. Respublika davrida tarixiy mavzularda relyeflar koʻp ishlandi, monumental bezak rassomligi, mozaika, qimmatbaho toshlarni badiiy ishlash sanʼati yuksaldi. Qadimgi Rim meʼmorligining yuksak ravnaqi imperiya gullabyashnagan davrga toʻgʻri keladi. Binolarning monumentalligiga (arkalar, toqli, gumbazli binolar) ahamiyat berildi, imoratlar haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati asarlari bilan jozibadorlashtirildi. Arxitektura imperator shaxsiyatini ulugʻlashga va imperiya qudratini koʻzkoʻz qilishga xizmat qildi.

(Rimda Avgust forumi, miloddan avvalgi 1-asr oxiri va milodiy 1-asr boshlari). 1-asr oʻrtalarida saroylar oʻta hashamdor qilib qurildi. Ulkan gumbazli Panteon kabi ulugʻvor binolar, yirik amfiteatrlar bunyod etildi. Imperatorlardan Trayan davrida haykallarda qahramonlik koʻproq ifodalangan boʻlsa, Adrian va Antoniy hukmronligi yillarida obrazlarda psixologik teranlik koʻzga tashlandi. Bezak rassomligida yengil naqshlar, kichik syujetli rasmlar ishlashga koʻproq ahamiyat berildi (63 yilgacha), keyin murakkab arxitektura kompozitsiyalari koʻproq aks ettirildi. 2-asrdan oqqora tosh mozaikasi keng tarqaddi. Imperiya davrida amaliy bezak sanʼatida metallni badiiy ishlash, qizil sirli sopol idish va buyumlar, shisha buyumlar tayyorlash avj oldi. Imperiya tushkunlikka uchragan davr (3—4-asrlar)da viloyatlarda yangi forumlar, yirik ibodatxonalar koʻplab qurildi. Qadimgi Rim anʼanalari Rim qurilishlarida rivojlantirildi. Haykaltaroshlikda shartlilik keng oʻrin ola boshladi. 3—4asrlarda miniatyura (yupqa zar qogʻozga ishlab 2 qavat shisha orasiga oʻrnatiladigan) portretlar ishlash, xristian afsonalari aks ettirilgan syujetli relyeflar bilan bezatilgan marmar sarkofaglar tayyorlash sanʼati rivoj topdi.

  • Sergeyenko M., Jizn Drevnego Rima, M. — L., 1964; Utchenko S. L., Krizis i padeniye Rimskoy respubliki, M., 1965; Sokolov G., Iskusstvo Drevnego Rima, M., 1971; Alimuhamedov A., Antik adabiyoʻt tarixi, T., 1975. Muhammadjon Rahimov, Abduxalil Mavrulov[1].
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil