Kontent qismiga oʻtish

Göksu Üçtaş Şanlı

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Göksu Üçtaş Şanlı
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 30-avgust 1990-yil (1990-08-30) (34 yosh)
Şahinbey munisipaliteti, Gaziantep viloyati, Turkiya
Boʻyi 158 sm
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Badiiy gimnastika

Göksu Üçtaş Şanlı (1990-yil 30-avgust; Şahinbey munisipaliteti, Gaziantep viloyati, Turkiya) — turkiyalik sobiq badiiy gimnastikachi.  2012-yildagi Londonda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki bilan Turkiya tarixidagi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan birinchi badiiy gimnastikachiga aylangan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Üçtaş 1990-yilda Şahinbey munisipalitetida tugʻilgan. Besh yoshida gimnastika bilan shugʻullana boshlagan. 2008-yilda Bolu Abant İzzet Baysal universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetida tahsil ola boshlagan[1]. Üçtaş 2013-yilda Özgür Şanlı bilan turmush qurgan. 2015-yilda qiz farzandli (ismi Lina) boʻlishgan[2].

2006-yildan kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok eta boshlagan. 2006-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Shu tariqa, badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan ilk turkiyalik sportchiga aylangan[1].

2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi kerak edi. Ammo boʻynidan olgan ogʻir jarohati (bu jarohat sportchiik faoliyatini yakunlashga ham sabab boʻlishi mumkin edi) sababli olimpiadada ishtirok eta olmagan.

2009-yilda Italiyaning Pescara shahrida oʻtkazilgan Oʻrta yer dengiz oʻyinlarida ishtirok etgan. Tayanib sakrash bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2009-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Saralash bahslarida 38-oʻrinni egallab, finalga bosqichiga chiqa olmagan.

2010-yilda Doʻhadagi jahon chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Ostravadagi jahon chempionatida esa pol (gilam)da bajariladigan mashqlarda oltin va tayanib sakrash yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2011-yilda Bolu viloyatidagi Bolu Abant İzzet Baysal universitetining jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan.

2013-yilning boshida Üçtaş uzoq vaqtdan beri tuzalmayotgan jarohati sababli badiiy gimnastikadagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. 2013-yil 14-avgustda Izmirda Özgün Şanlı bilan turmush qurgan. 2015-yilda qiz farzand dunyoga keltirgan.

Uchtas Şanli farzand dunyoga keltirganidan 11 oy oʻtgach, sportga qaytib, Mersin Challenge Cup musobaqasida ishtirok etgan. Mazkur musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].

2023-yil 25-aprel kuni Üçtaş Şanlı sportdagi faoliyatini yakunlaganligini maʼlum qilgan[4].