Kontent qismiga oʻtish

Gʻafur Abdumajidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gʻafur Abdumajidov (1928.28.06 Samarqand) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987). Yuridik fanlari doktori (1983), professor (1985). Toshkent yuridik institutini bitirgan. Respublika prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchi (1951-yildan), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri (1961-66). Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika kafedrasi mudiri (1974-yildan). 1991-95 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari, 1995-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi. Abdumajidovning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotining muammolariga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan. „Oʻzbekiston davlat va huquq tarixi“, „Jinoyat huquqi“ va boshqa darsliklar hammuallifi. "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan (1995).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil