Gʻafurjon Tojiboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻafurjon Tojiboyev

Gʻafurjon Tojiboyev
Tavalludi 1956-yil
Taʼlimi Toshkent Davlat dorilfununi
Kasbi Muxbir
Faoliyat yillari 1978—1983-yillar

Gʻafurjon Tojiboyev – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻafurjon Tojiboyev 1956-yilda tugʻilgan. 1978—1983-yillarda Toshkent Davlat dorilfununining oʻzbek filologiyasi kulliyotida tahsil olgan. „Toʻra-qoʻrgʻon shevasi“ mavzusidagi diplom ishini himoya qilgach, aspiranturaga yoʻllanma oladi. U 1983-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituda ishlay boshlaydi. 1988—1992-yillarda institutning kunduzgi aspiranturasida oʻqiydi. Shu yil sentyabridan Toshkent Davlat dorilfununining oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi boʻlib faoliyat olib boradi. Gʻafurjon Tojiboyev Oʻzbek tili tarixidan dars bergan. U Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, professor Azim Hojiyev rahbarligida „Abdulla Qodiriy romanlarining tili“ mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yozib tugatgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sodiq, Sayhun. To‘raqo‘rg‘onnoma. Andijon nashtiyoti, 1992-yil — 255 bet.