Gʻalaba yodgorligi (Anqara)
Gʻalaba yodgorligi | |
---|---|
Zafer Anıtı | |
Yodgorlikning old tomondan koʻrinishi (2021) | |
Eski nomlari | Yeni Gün Anıtı |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Yodgorlik |
Manzili | Ulus Meydanı, Altındağ, Anqara |
Koordinatalar | 39°33′47″N 32°30′42″E / 39.5630°N 32.5117°E |
Qurilishi boshlangan | 1925 |
Qurilishi tugagan | 1927 |
Texnik holati | |
Material | Bronza, andezit va marmar |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Heinrich Krippel |
Gʻalaba yodgorligi (Anqara) |
Gʻalaba yodgorligi – Anqaraning Altındağ tumanidagi Ulus Maydonida joylashgan. Onadoʻlida boʻlib oʻtgan Turkiya Mustaqillik urushi xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1927-yilda qurilgan yodgorlik.
Ushbu yodgorlik avstriyalik haykaltarosh Heinrich Krippel tomonidan ishlangan. 1925-yilda Yeni Gün gazetasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan xalqaro tanlov paytida foydalanishga topshirilgan. Ochilish marosimi 1927-yil 24-noyabrda boʻlib oʻtgan.
Poydevori marmardan iborat boʻlgan haykalda Mustafo Kamol Otaturk Sakarya nomli oti ustida tasvirlangan. Orqa tomonida yelkasida toʻp (qurol) koʻtargan ayol va old tomonda ikki askar tasvirini koʻrish mumkin.
Gʻalaba yodgorligi atrofdagi boshqa inshootlar bilan birga nafaqat shaharning, balki butun mamlakatning ramzlaridan biriga aylangan. Ushbu yodgorlik Turkiya Respublikasi tarixiga aloqador ilmiy ishlarga eng koʻp bora mavzu boʻlgan asarlardan biri hisoblnadi[1].