Kontent qismiga oʻtish

Gʻalabaning 30-yilligi bogʻi (Donets)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gʻalabaning 30 yilligi bogʻi Ulugʻ Vatan urushi faxriylari tomonidan 1975-yil 5-aprelda Ukraina SSR, Donetsk shahrining Kalininskiy tumanida tashkil etilgan. 1996-yilda mazkur bogʻ shahar kengashi tomonidan „Pionerlar saroyidagi maydon“ deb qayta nomlandi. Qayta taʼmirlashdan soʻng maydon 2013-yil 23-avgustda rasman ochilgan. Qayta rekonstruksiya qilingan maydonning hududi 7180 m². Bogʻ hududida xiyobon, sport va bolalar maydonchalari, shuningdek, shahardagi birinchi velosiped yoʻlakchasi ham mavjud.

Shuningdek, hududda rus va ukrain haykaltaroshlarining qadimgi slavyan urf-odatlari — „Bereginya“, „Leda va oqqush“, „Stepnyanka“ va Qadimgi Yunonistonning motivlari — „Gerakl“, „Otda harakatlayotgan Ritsarlar“ hamda „Odissey“ mavzularida oʻziga xos uslibda ishlangan haykallar tasvirlangan.

Shevchenko bulvaridan parkning ikki tarafdan kirish eshigi oldida donetsklik haykaltarosh Georgiy Beroning — „Oila“ va „Tilaklar daraxti“ kompozitsiyasi oʻrnatilgan.