Kontent qismiga oʻtish

Gʻani Rasulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻani Tursunovich Rasulov (1935.20.3 — Toshkent —1990.1.4) — ssenariychi, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston televideniyesida muharrir (1957— 60), bosh muharrir (1969—70), "Uzbektelefilm" sutudiyasi badiiy rahbari (1970—78), Adabiydramatik eshittirishlar tahririyati bosh muharriri (197881), 1981-yildan "Uzbektelefilm" bosh muharriri va badiiy rahbari. "Kuyla, Sanobar", "Toshkent", "Notanish Buxoro" kabi hujjatli filmlar, "Uz zu kun shamol" televizion badiiy filmiga ssenariy yozgan. 100 dan ortiq badiiy filmlarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek, "Suvda qalqqan lola", "Oq laylaklar uchib keldi" hikoyalar toʻplami muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil