Gʻanijon Abdurahmonov
Gʻanijon Abdurahmonovich Abdurahmonov (1925.3.12, Fargʻona — 2016.25.4, Toshkent) — tilshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), filologiya fanlari doktori (1960), professor (1966). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida sektor mudiri (1958—66). Fargʻona pedagogika instituti rektori (1966—71), Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri (1971-78), Toshkent chet tillar institutining rektori I (1978-83). Toshkent pedagogika instituti I rektori (1983-88), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi (1990—91), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Tilshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi (1991—97). A ningasosiy ilmiy ishlari hozirgi zamon oʻzbek adabiy tili-dagi qoʻshma ran sintaksisi asoslari, milliy tillarning taraqqiyoti masalalariga bagʻishlangan. Bir kancha darslik va qoʻllanmalar tuzgan: "Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi", 1973; "Qadimgi turkiy til", 1982; "Oʻzbek tili", 1993; "Ona tili", 1995; "Oʻzbek tili va adabi-yoti", 1995.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |