Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Avstraliya oqimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarbiy Avstraliya oqimi - Hind okeanidagi sovuq yuza oqim. Gʻarbiy Shamollar oqimining Avstraliya gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinidagi shim. tarmogʻi. Janubdan shimolga yoʻnalgan. Suvining temperaturasi qishda 15—19° dan yozda 21—26° gacha. Tezligi yoz oylarida 0,9—1,8 km/soat, qishda sekinlashadi. Janubiy yarim sharning tropiklarida Janubiy passat oqimiga aylanadi.