Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“
Im Westen nichts Neues
Rejissyor(lar) Edvard Berger
Prodyuser(lar) Malta Gruner, Daniel Dreyfus, Edvard Berger
Ssenariynavis(lar) Edvard Berger, Lesli Paterson, Ian Stokell
Qaysi asarga
asoslangan
All Quiet on the Western Front by Erich Maria Remarque
Rollarda Feliks Kammerer, Albrecht Shuch, Daniel Brühl
Bastakor(lar) Volker Bertelmann
Kinematografiya James Friend
Muharrir(lar) Sven Budelmann
Chiqarilgan sanasi 2022 yil 12 sentyabr ( TIFF ) 2022-yil 28-oktabr (Netflix)
Davomiyligi 147 minut[1]
Mamlakat Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Til nemischa
Byudjeti US$20 million[2]

"Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq" (nemischa: Im Westen nichts Neues, asl. „Nothing New in the West“) – Erix Mariya Remarkning 1929 -yildagi xuddi shu nomli romaniga asoslangan film boʻlib, 2022-yilda Germaniya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan urush qoralangan epik janrdagi filmlardan biri. Ushbu filmning 1930- va 1979-yillardagi versiyalari ham mavjud boʻlib, ushbu film Remarkning „Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“ kitobi asosida suratga olingan uchinchi film. Film Edvard Berger bilan hamkorlikda yozilgan va u film rejissyori va prodyuseri boʻlgan. Bosh rollarni esa Felix Kammerer, Albrecht Schuch, Daniel Brühl, Sebastian Hülk, Aaron Hilmer, Edin Hasanovic, and Devid Striesow ijro etgan.

Birinchi jahon urushi davri yoritilgan film Paul Bäumer ismli idealist yosh nemis askarining hayotini tasvirlaydi. Doʻstlari bilan Germaniya armiyasiga qoʻshilganidan soʻng yosh Bäumer urush haqiqatlari bilan yuzlashadi va omon qolish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qiladi. Urush qahramon boʻlish haqidagi dastlabki umidlari puchga chiqadi. Filmda urushni tugatish boʻyicha olib borilgan sulh muzokaralari mavjud sahnalar ham mavjud boʻlib, ushbu urush bilan birga olib borilgan parallel hikoya kitobda mavjud emas.

„Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“ kinofilmi premyerasi Toronto International Film Festivalda 2022-yil 12-sentyabrda boʻlib oʻtdi va shu yilning 28-kuni esa Neftlix tomonidan translatsiya qilindi[3]. Film ohang, kinematografiya, grim, sahnalar, Volker Bertelmannning musiqiy notalari, Bergerning rejissyorlik mahorati va urushga qarshi targʻibotning mavjudligi bilan tomoshabinlar tomonidan maqtovlarga loyiq koʻrilib, ijobiy qarshi olindi[4], biroq film Remarkning asariga mosligi borasida tanqidchilar fikri bir biriga qarshi[5]. Film 14ta yetakchi nominatsiyani 76th British Academy Film Awardsda (yettita gʻoliblik, ulardan biri Best Film) va 9ta 95th Academy Awardsda, ulardan biri Best Picture. Bundan tashqari quyidagi toʻrt mukofotni ham qabul qilib oldi: Best International Feature, Best Cinematography, Best Original Score, hamda Best Production Design. „Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq“ filmi Fanny and Alexander (1982), Crouching Tiger, Hidden Dragon (2000), and Parasite (2019) filmlari bilan birgalikda Oskar tarixida eng koʻp mukofotlangan film sifatida tan olingan[6]. Film 2023-yili German Film Awardning 12ta nominatsiyasiga nomzod sifatida koʻrsatilib[7], uning 8tasini qoʻlga kiritgan. Qoʻshimchasiga esa Silver Award for Best Picture mukofoti bilan taqdirlangan[8].

1917-yilda Birinchi jahon urushidan uch yil oʻtgach, 17 yoshli Paul Bäumer doʻstlari Albert Kropp, Franz Müller, and Ludwig Behmlar bilan birgalikda nemis imperatorlik armiyasiga joʻnab ketdi. Ular maktab direktorining vatanparvarlik ruhidagi nutqini tinglaydilar va oʻzlari bilmagan holda jangda halok boʻlgan askarlarning kiyimlarini oladilar. Ular Shimoliy Fransiyadagi La Malmaison yaqiniga joylashtirilganlaridan soʻng, keksa askar Stanislaus „Kat“ Katczinsky bilan doʻstlashadilar. Ularning urush haqidagi havoyi qarashlari Gʻarbiy frontda okopda boʻlgan urushlar haqiqati bilan buziladi va ulardan biri boʻlgan Ludwig birinchi kechada artilleriya qoʻshinlari tomonidan oʻldiriladi.

1918-yil 7-noyabrda Germaniya Davlat kotibi Matthias Erzberger ortib borayotgan yoʻqotishlardan charchab, Germaniya Oliy qoʻmondonligi bilan uchrashib, ularni ittifoqchi kuchlar bilan sulh muzokaralarini boshlashga koʻndiradi. Ayni paytda, Paul va Kat fermadan gʻoz oʻgʻirlab, Albert, Franz va oʻzi bilan birga Champagne provinsiyasida katta boʻlgan Tjaden Stackfleet bilan birga vaqt oʻtkazishadi. Savodsiz Kat Paulni xotinidan kelgan maktubni oʻqishga majbur qiladi. Kat tinchlik davridagi jamiyatga qayta qoʻshila olmasligidan xavotirlanib yashaydi. Franz esa mahalliy fransuz ayoli bilan tunab, roʻmolini esdalik sifatida olib keladi. Bularning barchasi parallel tarzda amalga oshadi.

9-noyabr kuni Erzberger va nemis delegatsiyasi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borish uchun Compiègne oʻrmoniga ketayotgan poyezdga chiqishadi. Aynan oʻsha kuni esa Paul va uning doʻstlari oʻz boʻlinmasini mustahkamlash uchun yuborilgan 60 nafar bedarak yoʻqolgan askarni topish va ular niqoblarini yechgandan keyin gazdan oʻldirilganligini aniqlash uchun missiyaga boradilar . Sulh muzokaralariga qarshi chiqqan general Fridrix fransuz askarlarining qoʻshimcha kuchi kelishidan oldin hujum qilishni buyuradi. Oʻsha kechada Erzberger delegatsiyasi Compiègne oʻrmoniga yetib boradi va Paulning polki esa fransuz chegara chizigʻiga hujum qilishga tayyorgarlik koʻrish uchun frontga yuboriladi.

10-noyabr kuni Ittifoqchilarning Oliy qoʻmondoni Ferdinand Foch nemislarga Ittifoqchilarning muzokarasiz shartlarini qabul qilish uchun 72 soat vaqt beradi. Shu bilan birga, nemislar uyushtirgan hujumi natijasida jangdan soʻng fransuz front chizigʻini egallaydi, ammo fransuzlar nemis mudofaasini yengish uchun Saint-Chamond tanklaridan foydalanishadi va qoʻshma qurolli qarshi hujum bilan nemis askarlari yoʻq qilinadi. Kino qahramonlaridan biri Franz guruhdan ajralib chiqib, Albert esa oʻt oʻchirgich bilan yondirilganda taslim boʻlganini bildirish uchun harakat qilyotgan vaqtda vafot etadi. Fransuz askari bilan hech kim yoʻq kraterga qamalib qolgan Paul uni pichoqlaydi va uning sekin oʻlimini kuzatadi, pushaymon boʻlib, jasadidan kechirim soʻraydi.

Erzberger Kaiser Wilhelm II's taxtdan voz kechishi bilib oladi va feldmarshal Paul fon Hindenburgdan ittifoqchilarning shartlarini qabul qilish boʻyicha koʻrsatmalar oladi. Bu vaqtda Paul oʻz boʻlinmasiga qaytib, askarlarning urushning yakunlanyotganini nishonlayotganliklarini koʻradi. Yarador Tjadenni topib, unga Franzning sharfini beradi. Bu Franzning oʻldirilganligini koʻrsatardi. Paul va Kat unga ovqat olib kelishadi, lekin Tjaden jarohatlangan oyogʻi amputatsiya qilinishini bilib, bunaqa yashashdan koʻra, sanchqini tomogʻiga urib, oʻzini oʻldirishni afzal koʻradi.

11-noyabr kuni Erzberger delegatsiyasi soat 11:00 da kuchga kiradigan sulh shartnomasini imzoladi . Oʻt ochishni toʻxtatish haqida bilishgach, Paul va Kat oxirgi marta fermadan gʻoz oʻgʻirlashdi, ammo Kat fermerning qasoskor oʻgʻli tomonidan otib oʻldiriladi va kasalxonaga yetib borguncha vafot etadi. Urushni hech boʻlmaganda nemis gʻalabasi bilan yakunlamoqchi boʻlgan general Fridrix ertalab soat 10:45 da hujum boshlashni buyuradi. Paul bir necha fransuz askarlari oʻldiradi va soat 11:00 dan bir necha soniya oldin boshqa bir fransuz askarining orqadan nayza sanchishi oqibatida yaralanadi. Soʻngra xandaqlarga qoqilib, urushning yakunidan hayratlanib, jarohatdan vafot etadi.

Koʻp oʻtmay Paul jangda qutqargan, yangi kelgan nemis askari uning loyga botgan jasadini topadi va oʻlik askarlarning identifikatori boʻlgan itlarning yorligʻini emas, aksincha uning boʻynida boʻlgan Franzning sharfini oladi. Natijada, Paulning oʻlimi qayd etilmay qoladi.

Filmning ikki yulduzi Albrecht Schuch va Daniel Brühl.
  1. All Quiet on the Western Front. Toronto International Film Festival. 2022-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  2. Rodek, Hanns-Georg „Die erste Verfilmung störte Goebbels mit Stinkbomben und weißen Mäusen“. https://www.welt.de/. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
  3. Ramchandran, Naman „Netflix's All Quiet on the Western Front Shoot Underway in Prague, New Cast Members Join“. variety.com. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
  4. Schuetze, Christopher F.. „In a German All Quiet on the Western Front, History Has a Starring Role“. New York Times (2022-yil 28-oktyabr). 2022-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-oktyabr.
  5. Oltermann, Filipp „"German critics pan Oscar-nominated All Quiet on the Western Front"“. theguardian.com. The Guardian. Qaraldi: 26-iyul 2024-yil.
  6. „2023 | Oscars.org | Academy of Motion Picture Arts and Sciences“. oscars.org. 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-yanvar.
  7. „Die Nominierungen 2023“. deutscher-filmpreis.de. Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  8. „Die Preisträger:innen 2023“. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  9. „First Look Photos and Cast Revealed for Netflix's German Film All Quiet on the Western Front. Nerds & Beyond (2021-yil 4-may). 2021-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-dekabr.