Gʻarbiy shamollar oqimi
Qiyofa
Gʻarbiy shamollar oqimi -Janubiy yarim shardagi yuza oqim, gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan. taxminan 40° va 55° janubiy kengliklar oraligʻida Atlantika, Hind va Tinch okeanlarni kesib oʻtib, Yer sharini aylanib chiqadi. Uzunligi 30 ming km, eni 1000 km chamasida. Suvining temperaturasi shimoliy qismida 12—15° dan janubida 1—2° gacha oʻzgaradi. Yuza qatlamidagi tezligi 0,4—0,9 km/soat, chuqur qismida 0,4 km/soatgacha. Gʻarbiy shamollar oqimio.dan Atlantika okeanida Bengaliya oqimi, Hind okeanida Gʻarbiy Avstraliya, Tinch okeanda Peru oqimlari ajralib chiqadi. Gʻarbiy shamollar oqimi zonasida tez-tez kuchli boʻronlar boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |