Gʻayrat Abdiyev
Gʻayrat Abdiev | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2020-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-may 1983-yil Urgut tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Kasbi | tarix oʻqituvchisi |
Maʼlumoti | Samarqand davlat universiteti |
Gʻayrat Ergashevich Abdiev (tugʻ. 24-may 1983-yil, Urgut tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi va tarix oʻqituvchisi. 2020-yil yanvar oyidan buyon Samarqand viloyatining 70-sonli Urgut saylov okrugidan 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[1].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻayrat Abdiyev 1983-yil 24-mayda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2014-yilda Samarqand davlat universitetini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
2004-yildan Urgut tumanidagi „Gʻijduvon“ fermer xoʻjaligi fermeri. 2005-2006-yillarda Urgut viloyati 2-sonli umumtaʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi. 2006-2009-yillarda Samarqand shahridagi 75-umumtaʼlim maktabida tarix fani oʻqituvchisi. 2009-2011-yillarda Qarshi shahridagi 38-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi.
2011-2015-yillarda Samarqand shahridagi 49-sonli umumtaʼlim maktabi tarix fani oʻqituvchisi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2015-2017-yillarda Samarqand shahridagi 41-umumtaʼlim maktabi direktori.
2017-2018-yillarda Samarqand viloyati IIB maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari taʼlim boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi.
2018-yildan — Urgut viloyati taʼlim boshqarmasi boshligʻi. 2020-yil yanvar oyidan buyon Samarqand viloyatining 70-sonli Urgut saylov okrugidan 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi[2]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1603476343
- ↑ https://lex.uz/docs/5293148
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.