Kontent qismiga oʻtish

Gʻazalkent vino kombinati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gʻazalkent vino kombinati — vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, araq, likyoraraq mahsulotlari ishlab chiqaradi. "Oʻzmevasab-zavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibida. 1953-yil "Yangi yoʻl" arteli (1930) qoshida vino zavodi sifatida tashkil qilingan. 1981-yildan mustaqil vino zavodi. (1956—81 yillarda "Toshkentvino" kombinati filiali). 1986-yilda zavod Gʻazalkent ijara-tajriba oziq-ovqat kombinatiga aylantirildi. 1997-yilda kombinat negizida "Konvin" Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi tashkil topdi. Gʻazalkent vino kombinati jarayonida markali oq va qizil vinolar tayyorlashda yangi ikki bosqichli bijgʻitish texnologi-yasidan foydalaniladi. Korxonada "Oqtosh", "Sijjak", "Oʻzbekiston portveyni", "Navroʻz", "Xumson", "Kagor", "Aleatiko" vinolari, "Chat-qol", "Chimyon", "Prins", "Slavnaya", "Istoki Chatkala", "Gold Star" araqlari va "Oʻzbekiston", "Xumor", "Ar-senal", "Gornyak", "Konvin", "Elegiya" likyor-araq mahsulotlari tayyorlanadi. 2004-yilda 1,3 ming dal vino va 179,7 ming dal araqlikyor mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mahsulotlari chet ellarga (Yaponiya, AQSH, Fransiya) eksport qilinadi.