Kontent qismiga oʻtish

Gʻazo sektori

Koordinatalari: 31°27′0″N 34°24′0″E / 31.45000°N 34.40000°E / 31.45000; 34.40000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gʻazo mintaqasidan yoʻnaltirildi)
Gʻazo sektori

قطاع غزّة
Hudud
Gʻazo sektori
Bayroq
31°27′0″N 34°24′0″E / 31.45000°N 34.40000°E / 31.45000; 34.40000
Mamlakat Falastin
Hukumat
 • Prezident Mahmud Abbos
Asos solingan 1949-yil
Maydon 365 km2 (141 kv mi)
Rasmiy til(lar)i Arab tili
Aholisi
 (2022-yil)
2,375,259[1]
Zichligi 6507 kishi/km2
Milliy tarkib Falastinliklar
Konfessiyaviy tarkib
Etnoxoronim Gʻazolik, gʻazzalik
Falastinlik
Vaqt mintaqasi UTC+2 (Falastin standart vaqti)
Yozda: UTC+3 (Falastin yozgi vaqti)
Telefon kodi +970

Gʻazo sektori yoki Gʻazza sektori[izoh 1] (arabcha: قِطَاعُ غَزَّةَ [qɪˈtˤɑːʕ ˈɣazza], ivritcha: רצועת עזה [retsu‘at ‘aza]) – Oʻrta Yer dengizi sohilidagi hudud, yuridik jihatdan qisman tan olingan Falastin arab davlatining ikki qismidan biri hisoblanadi (Iordan daryosining Gʻarbiy sohili bilan birga). Sektor sharqda va shimolda Isroil bilan chegaradosh boʻlib, nazorat punktlariga ega boʻlgan toʻsiqlar bilan ajratilgan. Janubi-gʻarbda quruqlik orqali Misr bilan chegaradosh boʻlib, beton devor bilan ajratilgan. Gʻazo sektorining uzunligi taxminan 40 km ga teng km, kengligi – 6 dan 12 km gacha. Umumiy maydoni – taxminan 360 km²[2]. Poytaxti – Gʻazza shahri.

BMTning Falastinni arab va yahudiy davlatlariga boʻlish rejasiga (1947) muvofiq sektor arab davlatini yaratish uchun ajratilgan hududning bir qismi edi. BMT qaroridan keyin boshlangan 1948-1949-yillardagi arab-isroil urushi davrida Isroil davlati tashkil topib bordi, arab davlati esa tuzilmadi; sektor esa 1948-yildan 1967-yilgacha Misr nazorati ostida edi. Olti kunlik urush natijalari boʻyicha 1967-yildan 2005-yilgacha sektor Isroil nazorati ostida boʻldi. Falastin ozodlik tashkiloti va Isroil oʻrtasida imzolangan Oslo kelishuviga (1993) koʻra, Isroil vaqtincha[3] Gʻazoning havo hududini va baʼzi quruqlik chegaralarini, shuningdek, hududiy suvlarni harbiy nazorat qiladi (qolgani esa Misr nazorati ostida boʻladi). Oslo kelishuvlari natijasida Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi baza negizida Falastin Milliy Maʼmuriyati (FMM) tashkil etilgan.

2005-yil avgust oyida „ Bir tomonlama ajralish rejasi“ni amalga oshirish davomida Isroil sektordan qoʻshinlarini olib chiqib, oʻzining aholi punktlarini yoʻq qildi.

2007-yil iyul oyida islomiy HAMAS tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan toʻntarish natijasida FMMning davlat muassasalar, xavfsizlik kuchlari, keyinchalik esa butun sektor ham HAMAS nazoratiga oʻtdi.

Hududga 15 kishidan iborat Majlis-ash-Shoro boshchilik qiladi.

Gʻazo sektori aholisining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini 1947-1949-yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroilni tark etgan qochqinlar[4] va ularning avlodlari tashkil etadi. 2014-yildagi rasmiy hisob-kitoblarga koʻra, Gʻazo sektorida 1,76 mln dan koʻproq kishi istiqomat qiladi[5], AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil iyul oyi uchun Gʻazo sektori aholisi – 1 918 221 kishi[2]. Aholi zichligi mos ravishda 4890 dan 5328 odam/km².

BMT Bosh kotibi vakilining soʻzlariga koʻra: „Gʻazo sektorining [Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududining] rasmiy maqomi faqat BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin“. BMTning yana bir vakili, Isroil qoʻshinlari chiqib ketganidan keyin ham BMT Gʻazo sektorini Isroil tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblashda davom etishini bildirdi. Bu bayonotlar oldidan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Isroil evakuatsiyasidan keyin, bu savolga javob berish uchun vakolati yoqligini bildirib, Gʻazo sektorining maqomi haqida fikr bildirishdan saqlandi. Qoʻshma Shtatlarning Gʻazo maqomi boʻyicha pozitsiyasi noaniqligicha qolmoqda; AQSh Davlat departamenti veb-saytida 2009-yil uchun Gʻazo sektori bosib olingan hudud sifatida belgilangan[6]. Baʼzi siyosatshunoslar tomonidan Gʻazo sektorining maqomi shartli, nominal ishlatiladi[7].

XVI asr oʻrtalarigacha boʻlgan qadimiy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻazza shahri Misr manbalarida miloddan avvalgi XV asrdan boshlab tilga olinadi (Tutmos III hukmronligining 22 yili yilnomalari). Miloddan avvalgi XII asrda shahar filistimliklar tomonidan bosib olindi va Ashkelon, Ashdod, Ekron va Gat shaharlari bilan birga Pentapolis tashkil etildi. Bu yerda Dagonning butparastlik ibodatxonasi joylashgan edi[8].

Miloddan avvalgi 332-yilda Gʻazo Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi va asta-sekin ellinlashib bordi. Diadoxlar oʻrnini rimliklar, keyin esa Vizantiya imperatorlari egallaydi.

328-yilda Buyuk Antoniyning shogirdi Ilarion Gʻazoda mahalliy aholi orasida nasroniylikni muvaffaqiyatli targʻib qilgan monastirga asos soldi, shu tufayli 334-yilda Mayum knyazligi deb nomlangan butun Gʻazo sektori aholisi nasroniy boʻlgan mamlakat sifatida hurmatga sazovor boʻldi[9]. Bu esa Gʻazoda yepiskop lavozimining tashkil etilishiga yoʻl ochdi; ulardan eng mashhuri Gʻazolik Porfiriydir. Uning davrida Gʻazoda Marna xudosining butparastlik harami ham bor edi[10].

1150-yilda Gʻazo qirol Bolduin III buyrugʻi bilan harbiy yurishlar amalga oshirgan tampliyerlar mulkiga aylandi. Va oʻsha vaqtda Gʻazoda Gadr qal’asi quriladi[11]. Gʻazoni keyinchalik ayyubiylar, misrlik mamluklar va usmoniylar ketma-ket boshqargan.

Gʻazo Usmonlilar imperiyasi tarkibida (1516–1917)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1517-yilda Gʻazo sulton Salim I boshchiligida usmonli-turklari tomonidan bosib olindi. 400-yil davomida u Yevropaning janubi-sharqiy qismi, Kichik Osiyo va Yaqin Sharq, Misr va Shimoliy Afrikaning katta qismini qamrab olgan ulkan Usmonli imperiyasining bir qismi boʻlib qoldi.

1798-yilda Gʻazo Napoleon tomonidan bosib olindi.

1832-yilda Gʻazo hududi Misr noibi Muhammad Alining oʻgʻli va harbiy qoʻmondoni Ibrohim posho tomonidan bosib olindi. Gʻazo shimoliy chegarasi Sidongacha yetib borgan birlashgan Falastin viloyati tarkibiga kirdi. Mamlakatda 8 yil (1832–1840) hukmronlik qilgan misrliklar baʼzi yevropacha islohotlar oʻtkazdilar, bu esa arablarning qarshilik koʻrsatishiga va mamlakatning aksariyat shaharlarida keyinchalik kuch bilan bostirilgan qoʻzgʻolonlarga sabab boʻldi. Misrliklar hukmronligi davrida Injil geografiyasi va arxeologiyasi sohasida keng koʻlamli tadqiqotlar olib borildi.

Gʻazo 1841-yilda Turkiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri boshqaruviga qaytdi va 1917-yilda Birinchi Jahon urushida magʻlubiyatga uchragunga qadar turk nazorati ostida qoldi.

Gʻazo Britaniya imperiyasi tarkibida (1917–1947)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yil 7-noyabrda Gʻazo uchun jang boʻlib oʻtdi, bu jangda ingliz armiyasi (general Edmund Allenbi) turklarni magʻlub etib, ularni Falastin hududidan quvib chiqardi[12]. Gʻazo vassal Falastin hududiga kiritildi. Britaniya vassalligiga qadar Falastinning yahudiy va musulmon aholisi oʻrtasida ochiq qurolli toʻqnashuvlar kuzatilmagan. 1882-yilda Rosh-Pinada bir arabning yahudiy tomonidan oʻldirilishidan boshlab[13], arablar va yahudiylar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar tobora koʻproq odamlar qurbon boʻladigan yakunlarlarga ega boʻldi[14].

1929-yilda arablar tomonidan sodir etilgan bosqinlar natijasida Gʻazoda yashovchi yahudiylar shaharni tark etishga majbur boʻldi. Falastin boʻylab bosqinlar paytida 135 yahudiy oʻldirilgan. Qadim zamonlardan beri yahudiylar jamoasi bu yerlarda yashab kelganiga qaramasdan, arablarni tinchlantirish uchun inglizlar ularning bosimiga had bergan holda, yahudiylarga shaharga joylashishni taqiqladi[15][16].

Falastin yahudiylari nemislarga va ularning uchinchi frontdagi (Afrika, Yaqin Sharq va boshqalar) ittifoqchilariga qarshi harbiy harakatlarda inglizlarni qoʻllab-quvvatladilar. Arab-Falastin qurolli tuzilmalari esa inglizlarning ochiq yon berishiga qaramay, natsistlar bloki mamlakatlari tomonida jang qildilar[17][18].

1948–1959-yillarda Falastin hukumati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yilgi Falastin urushi va aniqrogʻi 1948-yilgi Arab-Isroil urushi paytida oʻn minglab falastinlik qochqinlar Gʻazo sektoriga yoʻl oldi[19]. Urushning oxiriga kelib, Majburiy Falastin arab aholisining 25% Gʻazoda edi, garchi u yerning atigi 1% ni tashkil qilgan boʻlsa ham[20]. Oʻsha yili UNRWA (Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi ) turli qochqinlar dasturlarini boshqarish uchun tashkil etildi[21].

1948-yil 22-sentyabrda Arab-Isroil urushi tugashi arafasida Arab Ligasi tomonidan Misr tomonidan bosib olingan Gʻazo shahrida Butun Falastin hukumati eʼlon qilindi. Bu qisman Arab Ligasining Transiordaniyaning Falastindagi taʼsirini cheklashga urinishi sifatida ishlab chiqilgan. Butun Falastin hukumatini Arab Ligasining oʻsha paytdagi yetti aʼzosidan oltitasi: Misr, Suriya, Livan, Iroq, Saudiya Arabistoni va Yaman tezda tan oldi, lekin Transjordaniya tomonidan emas[22]. Buni Arab Ligasidan tashqari hech bir davlat tan olmagan.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shimoliy Gʻazo viloyati (markazi – Jabaliya) – 270 245 kishi
  • Gʻazo viloyati – 496 410 kishi
  • Deyr al-Balah viloyati – 205 534 kishi
  • Xon-Yunis viloyati – 270 979 kishi
  • Rafah viloyati – 173 371 kishi[23].
  • Abasan
  • Bayt-Xanun
  • Gʻazza
  • Dayr al-Balah‎
  • Rafah ‎
  • Xon-Yunis
  • Jebaliya‎

Gʻazo sektorida 2 million 375 mingga yaqin falastinlik istiqomat qiladi. Ularning aksariyat qismi 1948-yil yuz bergan Isroil-Falastin urushi vaqtida Isroildan qochgan yoki haydalganlardir. 1967-yilga kelib aholi soni 1948-yilga nisbatan 5 baravar koʻpaygan. 1970-yildan beri Gʻazo sektorida 25 ta Isroil binosi qurilgan, biroq ular 2005-yilning avgustida buzib tashlangan. Mintaqada yashovchi aholining 99% dan ortigʻi falastinlik musulmonlar va 0,7% falastinlik nasroniylardir[24].

  1. Aksar oʻzbekcha manbalarda Gʻazo sektori deb yozilgan, ammo Gʻazo mintaqasi, Gʻazza sektori hamda Gʻazza mintaqasi variantlari ham uchraydi.
  1. „مليونان و375 ألف نسمة عدد سكان قطاع غزة مع نهاية 2022“. arabic.news.cn. 2023-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
  2. 2,0 2,1 CIA — The World Factbook, 2014-06-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-22 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 4 (yordam)
  3. Declaration of Principles On Interim Self-Government Arrangements
  4. Palestinian Refugees: An Overview
  5. State of Palestine, Population Palestinian Central Bureau of Statistics
  6. Is Gaza 'occupied' territory? (CNN, January 6, 2009)
  7. Юрий ЛЕВЫКИН. „Мирный план Путина не принесёт Украине мира“. utro.ru (04 сентября, 02:17).
  8. Pyat sarskix gorodov
  9. Sostoyanie Ierusalimskoy Tserkvi k nachalu IV veka. Missionerstvo
  10. Jitie Porfiriya Gazskogo
  11. Balduin III Korol Ierusalima
  12. 90 let spustya: Turki xotyat vernutsya v Gazu
  13. The Jerusalem Post, Rosh Pina – Historic Rosh Pina
  14. Benni Morris, Righteous Victims: A History of the Zionist-Arab Conflict, 1881–1999, New York, 2001. ISBN 978-0-679-74475-7.  Str. 42, 54.
  15. A Brief History of the Gaza Settlements
  16. Mi uxodili iz Gazi i vozvraщalis obratno, Yuval Arnon-Oxana, 2006-01-05
  17. Xadji-Murat Ibragimbeyli. „Osobiy shtab F“: arabskie naemniki na Vostochnom fronte, 2011-05-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-22
  18. Islamskiy proekt Tretego reyxa
  19. Farrell, Stephen; Farrell, Stephen. „Israel-Gaza war: a timeline of the conflict's history“ (en). Reuters (2023-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  20. Filiu 2014, s. 71-72.
  21. Filiu 2014, s. 76.
  22. „All-Palestine Government, by Shlaim, Avi“. Answers.com. 2014-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-yanvar.
  23. Governorates of Palestine
  24. „مليونان و375 ألف نسمة عدد سكان قطاع غزة مع نهاية 2022“. arabic.news.cn. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.