Kontent qismiga oʻtish

Salim I Yovuz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salim I
Usmonlilar imperiyasining 9-sultoni, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 1512
Hukmronligining tugashi: 1520
Oʻtmishdosh: Boyazid II
Voris:Sulaymon I
Tugʻilgan sanasi: 10-oktyabr 1470-yil
Tugʻilgan joyi:Amasiya, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:22-sentyabr 1520-yil(1520-09-22)
(49 yoshda)
Vafot joyi:Edirne, Usmonlilar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi:Oysha Hafiza Sulton
Oysha Hotun
Shirin Hotun
Nilufar Hotun

Salim I Yovuz (turkcha: I. Selim; 10-oktabr, 1470 — 22-sentabr, 1520[1]) — Usmonli turk imperiyasi sultoni Sulton Boyazid IIning oʻgʻli. 1512-yilning qishida yanicharlar yordamida otasidan taxtni tortib olgan. Salimning buyrugʻiga muvofiq, uning aka-ukalari, jiyanlari qatl etilgan. Shialikka qarshi kurash shiori ostida 1513-yil uning hukmiga binoan, saltanatda yashovchi 40—45 ming atrofidagi shialar qatl qilinadi. Bunday qirgʻindan asosiy maqsad Eron shohiga qarshi qilinishi rejalashtirilayotgan yurish oldidan Eron bilan chegaradosh viloyatlarni shialardan tozalash edi. Shoh Ismoil I Safaviy va sulton oʻrtasida Choldiron vodiysida 1514-yilning 23-avgustda sodir boʻlgan jangda har biri taxminan 120 ming askardan iborat 2 qoʻshin toʻqnashadi. Oʻt sochar qurol, yaʼni toʻp, zambarak va miltiqlar bilan qurollangan turk armiyasi Ismoil I qoʻshinini butunlay yakson etadi. Jang maydonida shohning 50 ming askari nobud boʻladi, qarorgohi toʻlaligicha turklar qoʻliga asir tushadi. Shoh poytaxti Tabrizda bir necha kun qoʻnim topgan Salim I ulkan oʻlja bilan Istanbulga ravona boʻladi. Shundan soʻng Salim I Janubi-Sharqiy Anadoʻlu hamda Kurdistonni zabt etadi, Diyorbakir, Moʻsul, Mordin sh.lari unga taslim boʻladi. Oz fursat oʻtmasdan Salim I Misr mamluklari tomon yoʻlga chiqadi. 1516-yilning 24-avgustda Marj Dobik maydonida turklarning turli kalibrdagi toʻplariga bardosh berolmagan mamluklarning 60 ming kishilik armiyasi tormor etiladi. Ushbu jangdan soʻng Halab, Aynteba (Ayntob) singari qator Shom sh.lari Salim I ga boʻysundiriladi. 1516-yilning 28-avgustda Halabda juma namozida Salim I ga „Ikki muqaddas masjid xodimi“ faxriy unvoni beriladi. Mana shu kundan eʼtiboran Usmonli sultonlar xalifa deb nomlana boshlagan. 1516-yilning sentyabrda Salim I butun Suriya hududini deyarli qarshiliksiz qoʻlga kiritadi, noyabr oxirida turk armiyasi Falastinni taslim etadi. 1516-yilning 25 dekabrda mamluklarning yangi sultoni Tumanboy qoʻshinlari Sinon Yusuf posho qoʻmondonligidagi turklar tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Bir oy oʻtgandan soʻng Ridoniyada boʻlgan hal qiluvchi jang Tumanboyning uzilkesil magʻlubiyati bilan yakunlanadi va sulton Salim I Qohiraga kiradi. Salim I qoʻliga tushgan soʻnggi mamluklar sultoni Tumanboy 1517-yilning 13-aprelda osib oʻldiriladi. 1521—22 yillarda Suriya va Misr Usmoniylar saltanatining bir kismiga, yaʼni oʻlkasiga aylantiriladi. 1516-yil Shim. Afrikaning yirik porti hisoblangan Jazoir va uning atrofidagi yerlar turklar tasarrufiga kiritiladi. Natijada turklarga tegishli yurtlar qatoridan Bolqon, Jan. Sharqiy Anadoʻlu, Arabiston hamda Shim. Afrika yerlari oʻrin oladi. Vengriya chegaralari hamda Adriatika dengizidan Fors koʻrfazigacha boʻlgan hududlardan oʻtuvchi savdo yoʻllari bevosita turklar nazoratiga kiradi. 1519-yil jaloliylar qoʻzgʻolonini bostirgan. Misrda mamluklar davlatining tugatilishi, Eronning sezilarli darajada kuchsizlanishi, sulton Salim I oʻz nigohini takror Yevropaga qaratish imkonini berdi. 1520-yil Salim I yangi bosqinchilik yurishlariga (Rodos va Hindistonga) tayyorgarlik chogʻida 49 yoshida vafot etadi.

Selim Yovuzning Oysha Hafsa Sultondan tashqari yana 4 ta asosiy xotini boʻlgan. Shazoda Uvaysning onasi esa haramdagi yomon hatti-harakatlari uchun saroydan haydalgan. Keyinchalik u boshqa bir erkakka turmushga chiqariladi va bola koʼradi. Soʻngra bola aslida Selim Yovuzdan boʻlganligi aniq boʻladi. Selim l Shahzoda Uvaysni oʻzi tarbiya qiladi. Sulton Selim Yovuzning 8 ta ogʻli va 10 ta qizi boʻlgan.3 tasi 1514-yilda qatl qilingan.3 tasi (Oysha Hafsaning oʻgʻillari)yoshligida kasallikdan vafot etgan.1 tasi Sulton Sulaymon keyinchalik 1520-yilda Selim Yovuzdan keyingi Sulton boʻladi. Shahzoda Uvays esa Sulaymon tomonidan Yaman Gubernatori boʻladi.

Oysha Hotun (1476-1538)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shahzoda Solih (1489-1499)
  • Kamershoh Sulton (1499-1503)
  • Honim Sulton (1501-1547)

Oysha Hafsa Sulton (1478-1534)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shahzoda Orhan (1491-1494)
  • Sulton Sulaymon (1494-1566)
  • Hafiza Sulton (1495-1538)
  • Hadicha Sulton (1496-1543)
  • Beyhan Sulton (1497-1559)
  • Shahzoda Muso (1497-1505)
  • Shahzoda Korkut (1498-1511)
  • Shoh Sulton (1498-1572)
  • Fatma Sulton (1500-1573)
  • Shahzoda Mahmut (1495-1514)
  • Shahzoda Murod (1497-1514)

Nilufar Hotun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Gavharhon Sulton (1494-1567)
  • Shahzoda Abdulloh (1498-1514)
  • Yenishoh Sulton (1503-1569)
  • Shahzada Sulton (1493-1544)
  • Shahzoda Uvays (1514-1547)

Bazi oʻgʻillar va qizlarning tugʻilgan sanasi va qaysi ayoldan ekanligi chalkash ekanligi va nomalum.

  • Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogushestvo i gibel, M., 1990; Ivanov N. A., Osmanskoye zavoyevaniye arabskix stran (1516—74), M., 1384; Kniga zakonov sultana Selima I, M., 1969.
  • Dadaboyev, Hamidulla. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000