Kontent qismiga oʻtish

Abdulmajid I

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulmajid I
عبد المجید اول
Tughra of Abdülmecid I.JPG
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 2-iyul 1839
Hukmronligining tugashi: 2-iyun 1861
Oʻtmishdosh: Mahmud II
Voris:Abdulaziz I
Tugʻilgan sanasi: 23-aprel 1823-yil
Tugʻilgan joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi [1][2]
Vafot sanasi:25-iyun 1861-yil(1861-06-25)
(38 yoshda)
Vafot joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Abdulmajid I (usmonli turkcha: عبد المجید اول ʿAbdü'l-Mecîd-i evvel; 23/25 Aprel 1823 – 25 Iyun 1861) – Usmonlilar imperiyasining 31-podshohi[3]. Hukmronlik davrida mamlakatda millatchilik kayfiyatlari avj olgan[4].

Misr poshosi Muhammad Alini tinchlantirgan. Gʻarb madaniyatidan maftun boʻlgan. Otasi boshlagan islohotlarni (Tanzimat) davom ettirdi. Uning davrida musulmon boʻlmaganlarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi, davlat madhiyasi va bayrogʻi qabul qilindi, qonunchilik Napoleon kodeksiga muvofiq qayta tuzildi va texnologik yaxshilanishlar yuz berdi (temir yoʻl va telegraf paydo boʻldi).

Reshid Mustafo poshoning maslahati bilan 1839-yil 3-noyabrda mashhur Xatti Sharifni chiqardi va bu hujjat bilan barcha Usmonli fuqarolariga teng himoya qilishni vaʼda qildi.

Abdulmajid I hukmronligi davrida amalga oshirilgan islohotlar bir-biriga zid edi.

1840-yillarda Sulton Irlandiyadagi ocharchilik paytida, Britaniya hukumatining xohishiga qarshi borib, irlandlarga pul va non bilan yordam berdi.

1850-yilda Angliya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Usmonli imperiyasi 1848-yilgi inqilobning Polsha qoʻzgʻolonchilarini Avstriya va Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi, buning uchun Avstriya 1852-yilda Usmonlilarni Chernogoriyadan quvib chiqardi.

Quddusdagi pravoslavlar va katoliklar oʻrtasida muqaddas joylar haqida nizo kelib chiqdi. Imperatorlar Nikolay I va Napoleon III cherkovlar oʻrtasidagi kelishmovchilikka aralashdilar. Oʻsib borayotgan qarama-qarshilik diplomatik turgʻunlikka olib keldi. 1853-yil 4-oktyabrda Turkiya Angliya va Fransiya koʻmagidan foydalanib, Rossiyaga urush eʼlon qildi[5]. Shunday qilib, Qrim urushi boshlandi. Imperiyaning ittifoqchilari Angliya va Fransiya edi. Urush ruslarning biroz zaiflashishi bilan yakunlandi. 1860-yillarning boshidan boshlab ular Qora dengizdagi dengiz floti va qal’alarini asta-sekin tikladilar. 1870-yildan keyin ularga nisbatan qoʻyilgan cheklovlarga rioya qilishni toʻxtatdilar. 1856-yil Parij tinchligi imzolandi. Usmonli imperiyasi urush natijasida unga erishgan arzimagan foyda evaziga oʻz ittifoqchilariga Usmonlilarning siyosiy tizimi bilan yaxshi bogʻliq boʻlmagan Xatt-i Humoyunga (1856-yil 18-fevral) yangi islohotlar qoʻshishga vaʼda berishga majbur boʻldi.

1856-yil 30-martdagi Parij shartnomasi davlatga nafaqat tashqi, balki ichki tinchlikni ham vaʼda qilgan. Shartnoma nasroniylarni ham, musulmonlarni qoniqtirmagandi. Bosniya, Bolgariya va Albaniyada tartibsizliklar boʻldi, Damashq va Livanda nasroniylarni qirgʻin qilish boshlandi. Urush natijasida yetkazilgan iqtisodiy yoʻqotishlar portni chetdan qarz olishga majbur qildi. Istanbulda xorijiy kuchlarning taʼsiri kuchaydi[6].

1858-yilda Sulton xazinasining bankrotligi eʼlon qilindi. U mamlakatni boshqarish ishlariga qiziqishini yoʻqotdi va tobora saroyda yolgʻizlikda oʻtkazdi. Koʻngilxushlik va mastlik uning sogʻligʻiga putur yetkazdi[7].

Sulton Abdulmajid 1861-yil 25-iyunda sil kasalligidan vafot etdi. 8 qiz va 6 oʻgʻil qoldi. Usmonli qonunlariga koʻra uning oʻrniga akasi Abdulaziz oʻtirdi.

Usmonli imperiyasining soʻnggi toʻrt sultoni – Murod V, Abdulhamid II, Mehmed V va Mehmed VI – Abdulmajidning oʻgʻillari edi.

  1. Hoiberg, Dale H., ed (2010). "Abdulmecid I". Encyclopædia Britannica. I: A-ak Bayes (15th nashri). Chicago, IL: Encyclopædia Britannica Inc.. 22 b. ISBN 978-1-59339-837-8. 
  2. There are sources that state his birth date as the 23rd of April
  3. Chambers Biographical Dictionary, ISBN 0-550-18022-2, page 3
  4. Husain, Faisal (October 2014). „In the Bellies of the Marshes: Water and Power in the Countryside of Ottoman Baghdad“. Environmental History.
  5. Trubeskoy A. Krimskaya voyna. – M., 2010. – S. 162
  6. . 
  7. Rijov. K. V. Ensiklopediya spravochnik „Velichayshie monarxi mira“.- 2007 g.