Salim III
Salim III (1761.24.12 1808.28.6) — Turkiya sultoni (1789—1807). Mamlakatni parchalanishdan saqlash uchun islohotlar oʻtkazgan. Uning topshirigʻiga binoan, "Nizomi jadid" ("Yangi nizom") ishlab chiqilgan va qisman amalga oshirilgan. 1792—96 yillarda Salim harbiy majburiyatlarini ado etishdan bosh tortgan iqtodorlarning yerlarini tortib olish va qoʻshinlarning yevropacha yangi korpusini vujudga keltirish haqida farmon chiqargan. Harbiy muhandislar oʻquv yurti ochilgan, yangi harbiy flot tuzilgan. Mulkdorlar va ulamolarning aksariyati, shuningdek, yanicharlar bu islohotlarga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Yanicharlar gʻalayonlari boshlanganda S. III oʻz maslakdoshlarini faol quvvatlashda ojizlik qilgan. Natijada 1807-yil 28-mayda S. III taxtdan agʻdarilgan va bir yildan soʻng saroy toʻdasi yollagan qotillar tomonidan oʻldirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Miller A.F., Краткая история Турции, M., 1948;
- Novichev A.D., История Турции (17921839), M., 1968.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |