Kontent qismiga oʻtish

Mehmed I

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mehmed I (Chalabiy) (1387-1421) -usmonlilar sulolasita mansub turk sultoni (1413—21). Boyazid I Yildirimning oʻgʻli. 1413-yil sultonlik tojini akasi Musodan tortib olgan. M. saltanat chegaralarini mustahkamlash, qalʼa, inshootlar, masjidlar barpo etishga alohida eʼtibor bergan. 1416-yil M. venetsiyaliklar bilan boʻlgan urushda Dardanellga yaqin joydagi dengiz jangida magʻlubiyatga uchragan. 25 ta harbiy kemadan iborat turk flotiliyasi venetsiyaliklarga oʻlja boʻlgan. M. Venetsiya bilan sulh tuzishga majbur boʻladi. M.ning qiyin ahvolga tushganidan foydalangan shayx Badruddin boshliq dehqonlar sultonga qarshi qoʻzgolon koʻtarganlar. Boyazid posho boshchiligidagi sulton qoʻshini qoʻzgʻolonchilarni tormor etadi. Shayx Badruddin osib oʻldiriladi. 1420-yil M. Anqara jangidan soʻng Izmit qoʻltigʻi yaqinidagi vizantiyaliklar tasarrufiga kirgan shaharlarni qaytarib olgan.

  • Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963; Petrosyan Yu. A., Osmanskaya imperiya. Mogushestvo i gibel, M., 1990.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil