Mahmud II
Qiyofa
Mahmud II (1784.20.7-1839.1.7, Istanbul) — Turkiya sultoni (1808—39). Markazlashgan imperiya tuzish maqsadida bir necha islohotlar oʻtkazgan. 1826-yil yanicharlar polkini tarqatib, muntazam armiya tuzish toʻgʻrisida farmon chiqargan, yangi maʼmuriy birliklar tuzgan, harbiylar tizimini bekor qilib, yevropacha usulda ichki, tashqi ishlar va moliya vazirliklarini joriy qilgan. Bu islohotlar Usmonli turk imperiyasining tanazzulga yuz tutishining asosiy sabablarini bartaraf qila olmagan. Mahmud Misr poshosi Muhammad Ali bilan boʻlgan urushlar (1831 — 33 va 1839)da yengilgan. Buyuk Britaniya va Fransiyaning mahmuddan savdo bitimlari (1838) boʻyicha olgan imtiyozlari Turkiyani Yevropa davlatlari taʼsiriga tushishini tezlashtirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |