Nikolay I
Nikolay I (Nikolay Pavlovich Romanov) (1796.25.6, Sarskoye Selo, hozirgi Pushkin shahri — 1855.18.2, Peterburg) — Rossiya imperatori (1825—55). Pavel I ning 3-oʻgʻli. Dekabristlar qoʻzgʻolonini bostirgan (1825). Nikolay I davrida markazlashgan davlat byurokratik apparati kuchaytirilgan, 3-boʻlim (inqilobiy harakatga qarshi kurashish uchun siyosiy politsiya) barpo etilgan; Rossiya imperiyasi qonunlar majmuasi tuzilgan, yangi senzura ustavlari joriy qilingan (1826, 1828). 1837-yil Rossiyada birinchi marta Tsarskoye Seloda temir yoʻl harakati ochilgan. Nikolay I ichki siyosatining asosiy maqsadi — samoderjaviye-krepostnoylik tuzumining mustahkamligini saqlash edi. 1830—1831 yillardagi Polsha qoʻzgʻoloni; 1848—1849 yillardagi Vengriya inqilobini qonga botirgan. Muqaddas ittifoqning tamoyillariga qaytishi Nikolay I tashqi siyosatining muhim tomoni boʻlgan. Nikolay I davrida Rossiya Kavkaz (1817—1864), Rossiya—Eron (1826—1828), Rossiya—Turkiya (1828-1829), Qrim (185356) urushlarini olib borgan. Xiva xonligini bosib olish maqsadida Perovskiy eks-peditsiyasini joʻnatgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |