Kontent qismiga oʻtish

Mordin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mordin — Turkiyaning janubidagi oʻrta ayerlarga oid kalʼa. 13-asr 20-yillarida M. mustaqil boʻlib, uning hokimi Nosiriddin Ortuk, Arslon Mansur (1201—39). M. va Mayofarikinda hukm surgan ortuqiylar sulolasiga mansub edi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Amir Temur 1394-yil 3-yanvarda M.ga kelib, uning hokimi Sulton Aliga kishi yuborib, "Biz Misr va Shom sori mutavajjih boʻlduk. Sen bizning soʻngimizda bot kelgaysen!", degan. M. hokimi axdu shartigʻa vafo qilmay, "muxolifat tariqasi andin zohir boʻldi". Sohibqiron 1394-yil 29-yanvarda M.ga yurish qilib, uni qamal qilgan, 1394-yil 16-aprelda 2-marta qamal qilgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, "Mordinga yetib, shaharni oʻrtada olib oʻlturdilar... sohibqiron bila shahzodalar va beklar otlanib naqqora va nafir chaldirub, qalʼagʻa muta-vajjih boʻldilar. Urush solib barchadin burun gʻoʻlning kishisi qalqonlar boshlarigʻa tortib yuridilar. Va cherik toʻrt yonidin suron solib, bari bir yoʻla hamla qilib, qalʼagʻa yetishib, shotular qoʻyub, qalʼa ustiga chiqib, anda turgʻon muxoliflarni surdilar, shahargʻa kirib shaharni oldilar". Shu asnoda Ulugʻbek tavallud topgani haqidagi xushxabar kelishi munosabati bilan sohibqiron M. aholisiga omonlik bergan. Koʻniya sultonligi va Japoliddin Manguberdi M.ni oʻz tomonlariga ogʻdirish uchun koʻp harakat qilishgan. Nihoyat M. hokimi Jaloliddin tobeligiga oʻtgan.

  • Sharafiddin Ali Yazdiy, 3afarnoma, T., 1997.

Faxriddin Hasanov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil