Kontent qismiga oʻtish

Gʻira-shira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻira-shira — erta tong yoki shomda narsalar aniq koʻrinmaydigan ("gʻira-shira koʻrinadigan") payt. Quyosh chiqishidan bir oz oldinroq yoki quyosh botishidan bir oz keyinroq yuz beradi. Gʻira-shahri optik hodisa hisoblanadi. Havo ochiq paytlarda Gʻira-shahri paytida osmon gumbazi chetida bilinar bilinmas shafaq paydo boʻladi va kuchsizgina nur sochadi. Gʻira-shahrining davomiyligi joyning geografik kengligiga bogʻliq: ekvatorga yaqinlashgan sari Gʻira-shahri vaqti qisqarib boradi.

Amaliy maqsadlar uchun Gʻira-shahri 3 davrga boʻlingan: fuqaro, navigatsiya va astronomiya Gʻira-shahriligi davrlari. Fuqaro Gʻira-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 7° dan oshmaydi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan baʼzi ishlarni bajarish (masalan, kitob oʻqish) mumkin. Navigatsiya Gʻira-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 12° gacha boʻladi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan hech narsa qilib boʻlmaydi. Astronomiya Gʻira-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 18° gachani tashkil qiladi. Bunday paytda yer yuziga butunlay qorongʻilik tushib, Gʻira-shahrilik xiyol bilinib turadi. Meteorlar va vulkanik hodisalar bilan bogʻliq baʼzi oʻzgarishlar tufayli atmosferaning yuqori qatlamlarida yuz berib turadigan xiralashish yoki yorugʻlashish tufayli Gʻira-shahrining yuqorida aytilgan xususiyatlari bir oz oʻzgarishi mumkin.