Gʻoʻza kuyasi
Gʻoʻza kuyasi, pushtirang qurt — oʻyiq-qanotli kuyalar oilasiga mansub kapalak. Paxta ekiladigan koʻpgina ma:>1lakatlarda tarqalgan; Oʻzbekistonda tashqi karantin obʼyekti hisoblanadi. Qanotlari yoyilganda 12–15 mm; oldingi qanotlari bir oz uzunchoq, qoramtir dogʻli och jigarrang, yuqori qismi toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, ochroq tusli koʻndalang yoʻllari bor; orqa qanoti kulrang, keng hoshiyali. Tuxumi choʻziqovalsimon, oppoq, boʻylama yoʻllari yoki toʻrsimon naqshi bor. Urgʻochisi 500 tacha tuxum qoʻyadi. Qurti och sargʻish, 12– 15 mm; boshi va koʻkrak qalqoni sariq. koʻkrak va qorin boʻgʻimlarining usti toʻq pushti rangda. Tanasining ichki qismi pushti rang. Gʻum-bagi qizgʻish jigarrang boʻlib. tuklar bilan qoplangan. Gʻoʻza kuyasining qur-tlari 70 dan ortiq turdagi, asosan gulxayridoshlarga mansub oʻsimliklarni zararlaydi. Qurtlari gʻoʻzaning shona, gul va koʻsaklari bilan oziqlanadi. Gʻoʻza kuyasi tushganda paxta hosili 60—80% kamayadi.
Kurash choralari: karantin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |